Mustaqillikni saqlab, avaylash – istiqlolga erishgan xalq va millatning uni saqlab qolish sohasidagi asosiy vazifasi.
Mustaqillikni himoya qilish – istiqlolni asrab-avaylash borasidagi faoliyatning tarkibiy qismi bo‘lib, bu yo‘lda faol, omilkor harakat qilishni, vatan, xalq xizmatiga shay bo‘lishni anglatuvchi tushuncha.
Mustaqillikni mustahkamlash – istiqlolga erishgan har bir xalq, millatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalardagi asosiy vazifalardan biri: davlatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishdagi bosh tamoyillar qatoriga kiradigan faoliyatni anglatuvchi tushuncha.
Milliy siyosat – ushbu so‘z birikmasi, odatda, ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchisi – muayyan milliy davlat amalga oshirilshan umumiy siyosat. Ma’lumki, davlat asosan, milliy negizida shakllanadi masalan Fransiya – fransuzlar asosiy millatni va aholining ko‘pchiligini tashkil qilgan davlat. “Milliy siyoat” so‘z birikmasining ikkinchi ma’nosi shundan iboratki, ko‘pchilik davlatlarda, ayniqsa mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDX) mansub mamlakatlarda millatlar aro munosabatlarga tegishli siyosat ma’nosini bildiradi. Hozirgi kunda o‘zbeklar O‘zbekiston aholisining deyarli 4/5 qismini tashkil qiladi.
Millatlararo totuvlik – bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosi.
Muxolifat – (arabcha “muxolift” – kelishmovchilik, teskarilashish, qarama-qarshilik, ziddiyat) davlat, Prezident, hukumat yki siyosiy hamda ijtimoiy tashkilotlarning rasmiy siyosatiga, hukumron qarashlarga mos bo‘lmagan nuqtai-nazar, e’tiqod, maslak, yo‘l. Muholifat uch xil bo‘lishi mumkin: a) parlament dosirasida; b) parlamentdan tashqarida, v) siyosiy partiyalar ichida. Ichki partiyaviy muholifat muayyan partiya rahbariyatining rasmiy siyosatiga qarshi chiquvchi kishilar guruhidan iborat. Parlament muxolifatiqonun chiqaruvchi organga aylangan, ammo unda ozchilikni tashkil etgan deputatlar va partiya fraksiyalari hisoblanadi.
Mentalitet – (lotincha “mens” – aql, idrok) – jamiyat, millat, birlik yoki alohida shaxsning alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, mam’naviy salohiyati, ularning xayot qonunlarini taxlil etish kuchi, muxim ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati, jamiyat, millat yoki shaxsning mintaliteti uning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusmlari, urf-odatlari, diniy e’tiqod va irimlarini ham qamrab oladi.
Ma’naviyat – xalqimiz asrlar davomida e’zozlab kelgan uch buyuk qadriyatlardan asosiysi. Unda shaxs, millat o‘z taraqqiyoti davomida to‘plagan bilim va ma’nolar majmui o‘z ifodasini topadi.
Millat – (arabcha “millat” – xalq) – kishilarning yagona holda so‘zlashishi, yaxlit hududda isteqomad qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.
Milliy ruhiyat – millatning ichki holati, kechinmalari, his tuyg‘ulari, ma’naviy dunyosi, o‘y-fikrlari, maqsad va maslaklari, hamda qadriyatlari bilan bog‘liq mulohazalar majmusidir. Yer yuzidagi har bir millat o‘ziga xos irodasi, his-tuyg‘u, did, hulq, fe’l-atvori, ko‘ngil, qalb, yurak sirlari olamiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |