O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ekologiya va hayot xavfsizligi kafedrasi


Gormonlar funksiyasi va ularni moddalar almashinuvidagi o’zaro bog’liqligi



Download 9,5 Mb.
bet23/64
Sana02.04.2022
Hajmi9,5 Mb.
#525026
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
Yoshlar fiziologiyas

8. Gormonlar funksiyasi va ularni moddalar almashinuvidagi o’zaro bog’liqligi
Organizmda har bir gormonning o’ziga xos funksiyasi bo’lib, quyida ularning eng asosiyalari bilan tanishib chiqamiz: Adrenokortikotrop gormon (AKTG), bu gormon buyrak usti bezi po’stloq qavati funksiyasining boshqarilishida ishtirok etadi va tuzilishiga ta’sir ko’rsatadi. Gipofiz olib tashlansa, buyrak usti bezining po’stloq qavati, ayniqsa, to’rli va tutamli zonalari atrofiyaga uchraydi. Biroq shunda ham buyrak usti bezining po’stloq qavati organizm uchun yetarli miqdorda gormon ishlab chiqarishi mumkin. Organizmga kortikosteroidlar yuborilganda qanday o’zgarishlar kuzatilsa, AKTG yuborilganda ham xuddi shunga o’xshash o’zgarishlar kuzatiladi. AKTG yuborilganida periferik qonda eozinofil va limfositlar sonining kamayib ketishi bu gormon ta’sirining xaraterli tomonidir. Bundan tashqari, AKTG buyrak kanalchalaridan natriy xlor ionlari va suvning reabsorbsiyasiga, shuningdek, yog’ va aminokislotalardan qandning hosil bo’lishiga, organizmdan azotning chiqarilishiga ta’sir ko’rsatadi. Tireotrop gormon (TTG).
Bu gormon qalqonsimon bezning faoliyatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham gipofizi olib tashlangan hayvonlarning qalqonsimon bezi atrofiyalanib, yodni almashtirishi va tiroksinni sintezlashi susayadi. Organizmga tireotrop gormon yuborilganda xuddi tiroksin yuborilganidek o’zgarishlar kuzatiladi. Gipofiz bilan qalqonsimon bez funksional jihatdan bir-biriga mahkam bog’liq, shu hol organizmda yaxlit gipofiztireod kopmleks mavjud deb aytishga asos bo’ladi.
Ko’pchilik endokrinologlar gipofizda tireotrop gormonning ta’siri jihatdan bir-biridan farq qiladigan bir necha fraksiyasi hosil bo’ladi, deb hisoblaydilar. Ganadotrop gormonlar.
Bu gormonlar ham gipofizning oldingi qismida hosil bo’lib, jinsiy bezlarning funksiyalariga ta’sir qiladi, gonadotrop gormonlarning uch xili bor: A) follikulalarning yetilishini tezlashtiruvchi; B) interstisial hujayralarning yetilishini tezlashtiruvchi gormon; V) lyuteinotrop gormon.
Follikulalarning yetilishini tezlashtiruvchi gormon erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlarining epiteliylarini rivojlantiradi. Interstisial hujayralarning yetilishini tezlashtiruvchi gormon esa follikulalarning yetilishini isterogen gormonlarining ajralishini, sariq tana hosil bo’lishini, progesteron, testosteron gormonlarining ishlanib chiqishini kuchaytiradi. Lyuteintrop gormon (prolan B) - sariq tanadan progesteron gormoni ishlanib chiqishini tezlashtiradi. Bu gormon sut bezining rivojlanib yetilishiga laktasiyaga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham ayrim mualliflar bu gormonni prolaktin gormoni bilan bir deb qaraydilar. Gipofizning oraliq qismi donali va donasiz bazofil hujayralardan tashkil topgan bo’lib faqat bitta gormon - melanofor (intermedin) ishlab chiqaradi. Bu gormon ham asosan baliqlarda, suvda va quruqlikda yashovchilarda, sudralib yuruvchilarda, pigment almashinuvini boshqaradi. Bu gormon terida tashqi muhitning ba’zi noqulay sharoitlaridan, xususan, quyosh nurlaridan himoya qiladigan rang paydo bo’lishini ta’minlaydi. Organizmga intermedin yuborilishi - terining qorayishiga sabab bo’ladi. Kuchli yorug’likning ta’siridan intermedinning hosil bo’lishi tormozlanadi. Natijada - bir oz oqaradi kechalari bu gormonning hosil bo’lishi tezlashadi. Shu bilan birgalikda bo’g’ozlik davrida ham intermedin ko’proq hosil bo’lib turadi. Gipofizning keyingi qismida ko’pgina neyrogliol hujayralar ham bor. Bezning bu qismi o’zidan uch xil gormon vazopressin, oksitosin va oktididenrevin ishlab chiqaradi. Teozir gipofiz keyingi qismining gormonlari bevosita gipofizning o’zida hosil bo’lmasdan gipotalamusning superooptik va paraventikulyar yadrolarida hosil bo’lib suprooptik gipofizar yo’l orqali gipofizga chiqariladi deb xisoblanadi.
Vazopressin. Buyrak va miya arteriyalarini aytmaganda organizmdagi boshqa hamma qon tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi.
Antidiuretin. Buyrak kanalchalaridan suvning reabsorbsiyasini kuchaytirib sutkalik siydik miqdori (diurez)ning kamayishiga sabab bo’ladi. Antidiuretin oqsil ta’sirotlari tufayli ko’p ajraladi. Qattiq og’riq vaqtida siydik chiqmay qolishi (og’riq annuriyasi) ham shunga bog’liq. Antidiuretin gormonining yetarli darajada ajralmasligi natijasida qandsiz diabet kasalligi kuzatiladi. Masalan bu paytda itlar sutkasiga 80 litrgacha suv ichib shuncha ajratishi mumkin. Ayrim mualliflar vazopressin va antidiuretin gormonlarini turli funksiyalarini bajaruvchi bir xildagi gormon deb xisoblaydilar.

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish