o’z-o’ziga xizmat qilish,
topshiriqni bajarish, yakka tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo’l mehnati
bo’yicha mashg’ulotlar, jamoa mehnati.
O’z-o’ziga xizmat, topshiriqni bajarish,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlang’ich shakli
hisoblanadi.
O ’z-o’ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shakli sifatida yosh guruhlarida
tashkil etiladi. U kun tartibidagi uyqu va sayrdan oldin va keying! jarayonlar;
ovqatlanish, kiyinish va echinish, kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy bog’liqdir.
(Bu mavzu «Jismoniy tarbiya» bobida batafsilroq yoritilgan.)
YOsh guruhlarida topshiriqdan foydalaniladi; u yakka tartibda va guruhiy
bo’lishi mumkin. Kichkina guruhlarda bulalarga uncha murakkab bo’lmagan va qisqa
muddatli topshiriqiar beriladi; «O’yinchoqni, kitobni, stuini olib kel, o’rniga olib
borib qo’y, tushki ovqat uchun stol ustiga qoshiqiami qo’yib chiq». Bunday
topshiriqlarni ayrim bolalar guruhdan tashqari joylarda ham bajarishlari mumkin.
O ’rta va katta guruhlardagi bolalarga beriladigan topshiriqiar ancha murakkab
bo’lib, ular endi xonadan tashqarida bajarishga mo’ljallangan va ikkinchi bir kishiga
murojaat qilish bilan bog’langan bo’Iadi, masalan, boshqa guruhning tarbiyachisiga,
enagaga, shifokorga, hamshiraga murojat qilish va hokazo.
Bu guruhlarda topshiriqiar 2-3 boladan tashkil topgan kichik guruhlar tomonidan
bajarilishi mumkin (o’yinchoqiarni yig’ishtirish, gullarga suv qo’yish, to’kilgan
barglarni terib, tegishli joyga olib borib tashlash kabi).
89
Maktabga
tayyorlov
guruhida
beriladigan
topshiriqiar
yana
ham
murakkablashadi. Bunday topshiriqiar endi javobgarlik va boshqa kishilarga
mehribonlarcha munosabatda bo'lish xissini shakllanlirish bilan bog’liq bo’lishi
mumkin: kichkina guruh bolalarini sayrga chiqishdan oldin, uyqudan keyin
kiyinishiga yordam berish; ularning slolini tushlik ovqalga layyorlab berish. enagaga
toza sochiqiarni osishga, toza choyshablarni olib kelishga yordamlashish va hokazo.
I'opshiriq uzoq vaqt bajarilishi mumkin. Masalan. ma lum bir gul yoki bir
qancha gullar bir halta davomida parvarish qilinishi yoki bu ish yanada uzoqrok
cho’zilishi mumkin (biror o’simlikni ekish va o’slirish).
Tarbiyachi bolalarning topshiriqni bajarishlariga rahbarlik qilish bilan ham
axloqiy, ham mehnal tarbiyasining muhim tomonlarini amalga oshiradi, mehnatda
qalnashish istagini, o ’rtoqlariga g'amho'rlik va e'tibor bilan qarash ruhini singdiradi.
bolalarni tcngdoshlari va katlalar bilan o’zaro xushmuomala bo'lishga odatlantiradi,
lopshirilgan ishda burch \a javobgarlikni sezish xissini, natijaga crishishda
sabollilikni larbiyalaydi.
Navbalchilik - bu jamoa uchun mo’ljallangan mchnat I'aoliyalining shakli bo'lib.
u majburiy tartibda bajariladi. Bolalarning navbatchiligi ikkinchi kichik guruhda yil
oxiridan (oshxonada) boshlanadi.
Oshxonada
ll'kichik guruh
Mashg'ulolga
layyorlaiiish
bo’vichao'rta
lab ial burchagida
katta guruh
Barcha bolalarning mehnatda doimiy ishtirok clishlarini ta'minlash uchun
navbatchilikning
xilma-xil
lurlari
uyushtiriladi:
oshxonada
(hamma
yosh
guruhlarida). mashg’ulolga tayyorlanishda (o’rta guruhdan boshlab), o’simlik va
hayvonlarni parvarish qilishda (katta va maktabga tayyorlov guruhlarida).
Ikkinchi kichik guruhdagi bolalar oshxonada navbalchilik qiladi. Birdaniga 4-5
bola navbalchilik qilishi mumkin, har bir bola 1-2 stolni bezaladi. Katta va tayyorlov
guruhlarida bolalarning vazifalari kengayadi. Nonushta va tushlik ovqatga, kech
tushki va kechki ovqatga dasturxon tuzatish, ovqatlanib bo’lingandan keyin idish-
tovoqni ovqat tarkatiladigan stolga yig’ishtirish, stollar ustini tozalab olish, enagaga
choy idishlarini yuvishda yordam berish shular jumlasidandir. Bu yoshdagi bolalar
ikkitadan navbalchilik qilishadi, ammo har bir bolaning ish xajmlari ko'payadi.
Mashg'ulollarga tayyorgarlik bo’yicha navbalchilik qilish o’rta guruhda-bolalar
oshxonada navbalchilik qilishni bilib olganlaridan keyin kiritiladi. Bu navbatchilar
slol va stullarni, mashg’ulolga kcrakli materiallarni, qo’llanmalarni mashg’ulolga
tayyorlaydilar va xonani lartibga soladilar.
Katta guruhdan boshlab bolalar tabiat burchagida navbalchilik qila boshlaydilar.
Navbatchilikning bu turi ham larbiyaviy, ham la'limiy ahamiyatga ega.
90
Navbatchilikning bu turida ham bolalar ikkitadan layinlanadi: biri o'simliklarni
parvarish qilsa, ikkinchisi jonivorlarga qaraydi. Ulardan qaysi biri bo'sh qolsa
ikkinchisiga yordam beradi.
Navbatchilikning hamma luri yaxshi tashkil etilganda foydali bo’ladi.
Navbatchilikni boshlashdan oldin «Biz navbatchilik qilamiz» degan mavzuda
mashg'ulol
o'tkazish
mumkin.
Masalan.
tabiat
burchagida
navbatchilikni
boshlashdan oldin tarbiyachi mashg'ulot o’tkazib, bolalarni tabiat burchagida nimalar
borligi. o’simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilish xaqida suhbal o tkazadi.
Tarbiyachi tabiat burchagida yashovchilarni har kuni va to’gTi boqish, o'simliklarni
sug’orish va yuvish, qurigan shoxcha barglarini qirqish kabilarga diqqatni jalb etadi,
ish usullarni tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarni o ’simlik va hayvonlarni kuzatishga, o’zgarishlarni aniqlab
borishga. burchakdagi o simlik va hayvonlarga g’amxo’rlik bilan munosabatda
bo'lishga, ularda yuz beradigan o zgarishlami ko’ra bilish va ular to g risida so’zlab
bcrishga o’rgatadi. Yozda navbatchilarga ertalab gulpushtalarni sug’orish, guldasta
tuzash, gul solingan guldonlar suvini almashtirish topshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari hayvonlarga ovqat berish vaqtini, miqdorini,
ovqatni mustaqil tayyorlashni, kataklarni tozalashni bilishlari kerak.
Navbatchilarning vazifasi va bajargan ishining sifati nazorat qilib boriladi.
Bunday nazoratda bolajarning o’zlari qatnashsalar yana ham yaxshi bo’ladi.
Ba'zan navbatchilarning ish natijalari bolalaming uyga ketar oldidan muhokama
qilina^i. Tarbiyachi bolalarga; bugun navbatchilar o’z vaqtida keldimi? Ular hamma
ishni qilishdimi? Nonushtaga, tushlik ovqatga stol to’g’ri tuzatildimi? Navbatchilar
hamma narsani vaqtida bajarib, o’ynashga ham ulgurdilarmi? Kim yaxshiroq va
chiroyli bajardi? -kabi savollar beradi va ular ishini baholaydi. Navbatchilar har kuni
almashtirib turiladi, bu har bir bolaning navbatchilikning har xil turlarida
qatnashishiga va turli mehnat malakalarini egallab olishiga imkon yaratadi.
Navbatchilik ishlari bolalaming ^og’lig’iga zarar etkazmaydigan (suyuq
ovqatlarni, choyni bolalar tarqatmaydilar, og’ir narsalarni bolalar ko’tarmaydilar va
hokazo) qilib tashkil etilishi kerak. Navbatchilik uchun hamma kerakli jihozlar
bo’lishi lozim, bolalar ulardan mustaqil, ehtiyotlik bilan foydalanishga, ishdan keyin
joyiga yig’ishtirib qo’yishga o’rgatiladi.
Ayniqsa, navbatchilarni guruhlashga e'tibor berish juda muhimdir; passiv
bolalarni faolroqiari bilan, navbatchilikni endi boshlagan bolalarni tajribali bolalar
bilan birga tayinlash kerak. Lekin bunda faol bolalaming passiv bolalar ishni
bajarishlariga yo’l qo’ymaslik darkor. Navbatchilarni tanlash va tayinlash har xil
bo’lishi mumkin; bolalaming xohishiga qarab stollar bo’yicha, ro’yxat bo’yicha,
sekin-asta navbatchilik galini bolar o’zlari esiab qoladilar va shu tartib bilan borishini
nazorat qilib boradilar.
Navbatchilarning borligi boshqa bolalar hamma ishdan ozod bo’lishini
bildirmaydi, ovqatni eb bo’lgan har bir bola o’zining idishini stoini ustiga tahlab
qo’yadi, salfetkani ham ma'lum joyga qo’yishadi, stol ustidagi urvoqiarni maxsus
cho’tka bilan idishga yig’ib olishadi. Mashg’ulotdan keyin ham shu xol takrorlanadi;
har bir bola o ’zining qalamini qalamdonga solib qo’yadi, o ’z mo’yqalamlarini yuvib,
qiyqimlarni yig’ishtirib qo’yishadi va h.k. Eng muhimi - bolalarda o ’zaro mexr-
91
muhabbatni tarbiyalash, bir-biridan qo’lidan kelgan yordamini ayamaslikka o’rgatish
kerak. Bulaming hammasiga tarbiyachi rahbarlik qiladi.
Bolalarning mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllaridan yana biri qo’l mehnati
bo'yicha mashg’ulotdir. Bilim va malaka birinchi marta berilayotgan bo’Isa va
tiishuntirish hamda barcha bolalarga yaqqol, ko’rgazmali qilib ko’rsatishni talab
etgan xollarda ana shunday mashg'ulotlar o ’tkaziladi.
Bolalarning jamoa mehnati dastlabki jamoachilik asoslarini shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida birgalikda harakat qilish, o'zaro yordam,
shu bilan birga mehnat taqsimoti ham mujassamlashgan bo’ladi. Bunda mehnat
yutuqlaridan birgalikda quvonadilar, ish yaxshi chiqmasa birgalikda qayg’uradilar.
Mehnatda bolalarning birlashishlari tarbiyaviy vazifaga qarab har xil shakida
bo’ladi. «YOnma-yon mehnat»da hamma bolalar bitta ishni bajaradilar, ammo har
bittasi o’sha umumiy ishning birqismini bajaradi (bittasi mo'yqalamlarni yig’ishtirdi,
boshqasi bo’yoqlarni va h.k.). Ishning bunday tashkil etilishi bolalarni mehnat
malakalariga o’rgatishda ham, ularning ishini nazorat qilib turishda ham o’ng’aylik
tug’diradi.
«Umumiy mehnat»da har bir bola o!z ishini bajaradi, ammo oxirida hamma
qatnashuvchilar mehnati umumlashtiriladi (har bir bola hamirdan uzib olib pechene
yasaydi va u bitta idishga solib pishirishga qo’yiladi, pishgandan keyin bitta idishga
solib bolalar mehmon qilinadi). YOki hamma bolalar guruh xonasini yig’ishtirishadi
- har bir bola biron ishni bajaradi, yig’ishtirib bo’lingach, natija bitta qilib
yakunlanadi (hamma yaxshi ishladi, shuning uchun guruh xonasi toza, saranjom-
sarishta, chiroyli bo’lib koldi).
»
Birgalikdagi mehnat qo’yidagicha tashkil etilishi mumkin: masalan, itonani
yig’ishtirishda bolalarning bittasi o’yinchoqlarni yuvadi, ikkinchisi artadi, uchinchisi
o’yinchoq tokchasini tozalaydi va unga o’yinchoqlami teradi. YOki tabiatdagi
mehnatda bittasi tuvaklarga qum va tuproqiarni soladi, ikkinchisi unig’ yoki
ko’chatni o’tkazadi, uchinchisi Joyiga olib borib qo’yadi. Bu erda bolalarning ish
harakatida o’zaro mutanosiblik bo’lishi, ya'ni har bir bola bir xilda chaqqonlik bilan
harakat qilishi kerak, buning natijasida ma'Ium mehnat munosabatlari yuzaga keladi.
Bunday vaziyatda taibiyachining bolalar o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatishga
qaratilgan bevosita rahbarligi zarur.
Bunday rahbarlik, ma'Ium izchillikda amalga oshiriladi.
Tarbiyachi bolalarga bir necha kishilar birgalikda biron ishni bajarayotganligini,
uiarning ishi bir-biriga bevosita bog’liqligini, ulardan har bii i umuiiiiy ishning biron
qismini bajarayotganini, ish qanday izchillik bilan amalga oshirilayotganini
tushuntiradi (buning uchun tushuntirish, xikoya qilib berish, bolalar badiiy
adbiyotidan foydalanadi).
Bolalarning kichkina guruhi bilan ularning birgalikdagi mehnatini tashkil etish.
Bunday mehnat ertalab, sayr paytlarida tashkil etiladi.
Bolalarning mehnat t'aoliyatini rejalashtirganda tarbiyachi uni mehnat Jarayonida
amalga oshiriladigan tarbiyaviy vazifalariga kura belgilaydi.
Bolalar bog’chasida mehnat tarbiyasining shart-sharoitlari. Bolalar bog’chasida
mehnat tarbiyasining vazifasi va mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
kerakli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bolalar mehnati uchun Joy va vaqt, gigienik
92
shart-sharoil yaratilmog'i lozim. ozodalik. toza havo. kerakli darajadagi yorug'lik,
mehnatning bolalar imkoniyatiga muvofiq bo'lishi, mehnat vaqtini bolalar yoshiga
qarab to’g'ri belgilash (kichik yoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katla guruh bolalar!
uchun 15-20 daqiqa), bolalar harakatlarini almashtirib lurishni ham e'tiborga olish
kerak.
Mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydigan qilib rejalashtirilishi lozim. U
ma’lum izchillik bilan amalga oshirib borilishi kerak.
Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga etarli mikdorda kerakli qurollar,
asboblar bo'lishi, ular bolalarning yoshiga, imkoniyatiga mos kelishi, o'zlari mustaqil
foydalanadigan qilib joylashtirilishi kerak. Navbatchilar uchun fartuklar, qalpoqcha.
qo'lqopcha, idish yuvish uchun klyonkadan fartuklar zarur. Ovqat tayyorlash uchun
kichiqroq pichoqlar, tarelkalar. o’qlovchalar, hamir qorish uchun tog’arachalar.
shakichalar kerak boMadi. Xonani tozalash uchun toza latta, kichikroq tog'aracha.
stoldan urvoqlarni yig'ib olish, polni supirish uchun cho'tkalar, a.xlatni yig'ib olish
uchun xokandozlar kerak. Kir yuvish uchun tog'ara. chelalakchalar, kichkina dazmol
taxtasi, kiyim tozalash uchun cho'tka. supurgi, tikish uchun tugmachalar solingan
quticha, ip, nina, mato parchalari, o'yinchoqlarni yasash va singanlarini.
buzilganlarini tuzatish uchun maxsus stol yoki taxtacha, bolg'achalar, mixlar, qisqich,
yaxshi randalangan taxtachalar, karton, ip, arqon, tashlandiq materiallar, gugurt
qutilari, konfet, atir qutichalari, ipdan bo’shagan g’altaklar va hokazolar zarur. Guruh
xonasidagi tabiat burchagida, MTM xovlisidagi polizda, gulzorda ishlash uchun
belkutak. xaskash, supirgi, kichkina zambilchalar, chelakchalar, leyka, savatchalar
kerJk bo’ladi. Barcha buyum ishlatib bo’lingandan key in tozalab joyiga qo’yiladi.
Bolalarga to’g’ri mehnat tarbiyasi berishda kattalarning bir-biri bilan o’zaro
dustona munosabat bilan hamkorlikda ishlashlari ijobiy natija beradi.
Mehnat tarbiyasi masalalari MTMning yillik rejasida aks ettiriladi va
tarbiyachilarga mehnat tarbiyasini to’g’ri rejalashtirish va amalga oshirilishida
yordam beradi.
MTMda mehnat tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va unga rahbarlik qilish yosh
avlodni har tomonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |