Lekin shaharlar timsoli jud a tez o ‘zgara bordi va 1914-yilda
Daniyadagi Orxus shahrida birinchi an’anaviy shahar madaniyatiga
bag‘ishlangan “Eski shahar” ochiq osmon ostidagi muzeyi ochildi.
Keyingi yillarda bu yerda 50 dan oshiq obyektlar paydo bo‘ldi —
ikki va uch qavatli uylar, hunarmand ustaxonalari, savdo binolari,
katta bo‘lmagan hududda bozor bilan birgalikda tosh ayollar qurildi.
Muzeyda XVIII-XIX asrdagi Daniya shahar
qurilishini tasvirlovchi
surat yaratildi. Unda dorixonachi va rassom uyi, kemasozlik ustaxona-
si, oynakchi, bochka ustaxonasi, XVIII asrdagi maktab, 1817-yildagi
teatr ko‘rinishi tasvirlangan. Shu usulga muvofiq ravishda uylar in-
teryerlari, ustaxonalarda esa badiiy hunarmandchilikka bag‘ishlangan
tematik ko‘rgazmalar yaratildi.
U m um iy tem atik m uzeylar bilan bir qatorda, shahar va qishloq
m adaniyatidan xabar beruvchi maxsus m uzeylar paydo b o ‘la
boshladi. U larning b a’zilari x o ‘jalikning alohida jabhalariga
b ag ‘ishlangan edi - cho‘ponchilik,
tom orqa, uy hayvonlarini boq-
ish. Boshqalari esa qishloq yoki shahar hunarm andchiligini ifo-
dalagan. M asalan: 1937-yilda Finlyandiya shahri Turkudagi m ash
hur muzey. Bu
“in situ”
muzeyi 1770 — 1820-yillarda qurilgan
kom pleks binolar ichida joylashgan. Bunda 30 dan ortiq ustachilik
interyerlari nam oyish etilgan67.
Texnika yodgorliklari va ko‘chmas arxeologik obyektlarga asos-
langan muzeylar yaratila boshladi. Qiziqarli va g ‘ayrioddiy
ochiq
osmon ostidagi muzey 1983-yilda Buyuk Britaniyada — Irvina shah
rida Shotland dengiz muzeyi ochildi. 0 ‘tmishda bu ulkan port vaqtlar
o ‘tib kemasozlik va dengiz savdosi markazi maqomini yo‘qotdi. Bu
muzeyga aylangan portda XVII asr oxiridan XX asr boshigacha ingliz
dengizchilik va dengiz savdosi rivojini tasvirlovchi langari tashlangan
uzun va ulkan kemalar va qayiqlar eksponati, kemalaming arqonlari,
asbob-anjomlarini bir paytda bir butun umumiy holda ko‘rsatuvchi
eksponatlar yaratilgan.
XX
asming ikkinchi yarmiga kelib, ochiq osmon ostidagi muzey
lar shiddat bilan rivojlanayotgan muzeylar guruhiga aylandi. Yevropa
chegaralarini oshib o ‘tib, bu guruhdagi muzeylar AQSH, Kanada,
Osiyo va Afrikaning alohida mamlakatlariga keng tarqalib rivoj top-
di. Biroq 1990-yillaming m a’lumotiga ko‘ra, bu muzeylaming ko‘p
qismi, ya’ni 2000 dan ortig‘i hali hamon Yevropa mamlakatlarida
jamlangan edi. Har bir mamlakatda ochiq
osmon ostidagi muzeylar-
ni yaratish g ‘oyalarini amalga oshirish mahalliy sharoitlar va ilmiy
muammolaming yechimiga bog‘liq.
Rossiyada ochiq osmon ostidagi muzeylami ochilishi 1950-yillar-
da boshlandi va 1990-yildagi hisob — kitoblarga ko‘ra, 100 ta muzey
tashkil etildi. Shunga ko‘ra, milliy madaniyatni butunlay ko‘rsatuvchi
yoki uning alohida qismlarini tasvirlovchi: hunarmandchilik, kasb-
korlik, xo‘jalikning turli jabhalarini ko‘rsatuvchi regional muzey
lar keng tarqaldi. Masalan, 1973-yilda Kichik Korella qishlog‘idagi
yog‘och m e’morchiligi va xalq san’atini tasvirlovchi Arxangelskiy
muzeyi juda mashhur bo‘lgan. Bunda Rossiyaning shimoliy oltita
regioni hayoti va turmush tarzini
bir paytda umumlashtirgan, 140
gektardan iborat muzeyda shu hududda joylashgan yashash uylari,
xo‘jalik inshootlari, cherkov, qo‘ng‘iroqxonalar, budxonalardan ibo
rat bo‘lgan.
Onejskiy k o ‘li sohili bilan uning atrofida yotuvchi orollar bilan
qo‘shni boMgan Kiji orolida 1969-yilda tarixiy-m e’morchilik va
etnografik “KIJI” deb nomlangan qo‘riqxona muzeyi Rossiya xalqi
madaniyatini yoritishdagi qadrli va muhim rol egallagan. Muzey
Karelining turli hududlaridan keltirilgan xalq yog‘och m e’morchiligi
g ao id 70 dan ortiq yodgorliklami o ‘z ichiga oladi. Ularga 1714-yilda-
gi g ‘aroyib yog‘ochda ishlangan qavat-qavat piramida shaklidagi 22
ta boshli
Preobrajenskaya cherkovi; XVIII asr o ‘rtalaridagi 4 qavatli
budlar ham kiradi. Muzeyning m e’morchilik va etnografik ekspoz-
itsiyalari ruslar va karellar qishlog‘i va o ‘sha aholining hayot tarzini,
ular siymosini yaqqol ko‘rsatib beradi. Bu cherkovda budlar, cherkov
shiftlarida “osmon”, xalq cholg‘u asboblari, xo‘jalik buyumlari,
xalq
kiyimlari, kashtado‘zlik namunalari, naqqoshliklar tasvirlan-
gan. Ochiq osmon ostidagi muzeylar tarm og‘idagi yana bir inshoot
1961 -yilda ochilgan Qora dengizdagi Ellin mustamlakasining eng
shimoliy nuqtasidagi qadimiy grek shahri hududida
Do'stlaringiz bilan baham: