O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/75
Sana04.03.2022
Hajmi3,68 Mb.
#482233
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Bog'liq
Muzeyshunoslik

Fenis qasridagi mebellar muzeyi
Italiyaning shimoliy qismida Valle d ’Osta san’atshunoslik provin- 
siyasi, sayyohlar orasidagi mashhur chang‘i kurorti, d ’Osta provinsi- 
yasi markazidan uncha uzoqda bo‘lmagan joyda Fenis qasri joylash­
gan. Bir asr oldin hokimiyat xususiy mulkchilikdan sotib olib, uzoq 
muddatli restavratsiyalardan so‘ng 1936-yil bu yerda ajoyib m e­
bellar va interyerlar muzeyi ochildi. 0 ‘rta asming yorqin namu- 
nasi bo‘lgan qasr o ‘zining vazifasi bo‘yicha ishlatilmagan - harbiy 
yoki himoya maqsadida foydalanilgan. Lekin hozirgi vaqtda uning 
ko'rinishi yaxshi saqlanib qolingan. Uning qurilishi to ‘g ‘risidagi 
aniq m a’lumotlar bizgacha yetib kelmagan. Fenis qasri provinsiyan- 
mg janubi-g‘arbidagi Sen Jyulen tog‘lari etagida, hamma tomondan 
o'ralgan yerda joylashgan.
Fenis qasri to ‘g ‘risidagi birinchi yozma m a’lumotlar 13 yuz yillik 
sanalari yozilgan qo‘lyozmalarda uchraydi. 0 ‘shanda qasr Vikonta 
d ’Osta oilasiga qarashli bo‘lgan. 1242-yildan boshlab qasr Shallan


oilasining u y -jo y mulki bo‘lgan, lekin afsuski, 1230-yilgacha Eymon 
de Shallan qasrga egalik qila boshlagan yillargacha qasr to ‘g ‘risida 
m a’lumot yo‘q. Deyarli 100 yil, 1330-yildan to 1426-yilgacha, avval 
Eymon, so‘ngra o ‘g ‘li Bonifitsiy 1 tomonidan boshqarilgan yillar qasr 
uchun eng muhim davr b o ig an .
Qasmi modemizatsiya qilish Eymon tomonidan 1340-yilda bosh- 
lanib, Bonifatsiy tomonidan davom ettirilgan. Afsuski, Eymon- 
ning nevaralari va evaralari ham XIV asrga olib chiqilgan qasming 
m e’moriy statusini saqlab qola olishmadi. XV asrda Fenis qasrining 
qayta qurish rejasi ishlab chiqilgan b o iib , ko‘p sonli taxt talashuvlari 
yoki qasr egalarining tasodifiy o iim lari tufayli amalga oshmagan.
Shallan oilasi XVII asr oxirigacha qasrga egalik qilishgan. Oxirgi
10 yilliklar ichida qasrda hech qanday restavratsiya va xonalami qay­
ta qurilish ishlari olib borilmagan. Qurilish ishlari doim qilinmasdi, 
agar bajarilgan taqdirda ham yuzaki oqlab qo‘yish bo ig an. Qasr de- 
vorlari nafaqat o ‘zining sekin-asta yemirib borilishidan tashqari, qasr 
xo‘jayinlarining ham oiim larig a guvoh b oig an .
1716-yil Salyuche-Pezana oilasi qasrni 90 ming livrga sotib olib, 
unga egalik huquqini kiritdi. Q asr 20 yil bo‘shab yotgani sababli, 
uning pollari yorilib, shiftlari qulab tushadigan k o ‘rinishga keldi. 
XVIII asr davom ida qasrni x o ‘jalik binosi sifatida foydalanilishi- 
ning hayratlanarli joyi y o ‘q. Birinchi qavatni o g ilx o n a va otxona 
qilindi, ikkinchi qavatdan esa om borxona sifatida foydalana bosh- 
lashdi. Ana shunday h o ‘rlangan holda, qasrdan to 1895-yilning 
sentabr oyida Italiya elchisi Jo zef Rosse egalik qilgunicha, salkam 
ikki yuz yil foydalanildi.
Elchi Fenis qasrining yangi x o ‘jayini sifatida atigi bir kun faoliyat 
ko‘rsatdi, ertasiga qasmi hokimiyatga sotib yubordi. Ana shu kun- 
dan foydalanib qasming muzey sifatidagi faoliyati boshlandi. Uzoq 
muddatli restavratsiya va rekonstmksiyalardan so‘ng, qasr hududida 
mebellar va interyerlar muzeyi ochildi. Bunda kelgan tomshabinlarga 
turli tarixiy davrlardagi uy-joy holati, mebellari taqdim etilgan.
Qasrning arxitektura k o ‘rinishi beshburchakli b o iib , har bir 
burchagida doira shakldagi m inoralar joylashgan, janubi-shar-


qiy va janubdagi minoralar qolganlaridan farqli ravishda kvadrat 
ko‘rinishida. Qasrning, Donjon, bosh minorasini parapet aylanasi 
bilan birlashgan qo‘riqchi minoralar ikki qavatli devori bilan hi- 
moya qiladi. Ilgari qasrga x a v ftu g ‘ilgandapanjarabilan to ‘siladigan 
kvadrat minora orqali kirilar edi.
Qasrning birinchi qavatida tom oshabin parad zali, omborxona, 
oshxona, mashqlar uchun zal va Shallan oilasi q o i ostidagilaridan 
oladigan soliqlarni yig ‘ish uchun m o‘ljallangan xonalarni ko‘rish 
mumkin. Ikkinchi qavatida esa uy kapellasini va kichkinagina qa- 
bul-xonani hamda qasr egalarining shaxsiy Vikontlar xonasi deb ata- 
luvchi xonalarni ko‘rish mumkin. Qasrning ichki devori y og‘ochli, 
terrasali, yarim aylana zinapoya bilan ishlangan. Fenis qasrining de- 
vorlaridagi freskalar asosiy e ’tiborni tortadi. Tarixchi tekshiruvchi- 
lar bu freskalam i 1425— 1430-yillarga oid deb hisoblashadi. Ishlar 
Jakerio rassom tomonidan ishlangan -m ashhur rassom Djakomo 
Jakerio san’at maktabida ta ’lim olgan shogirdlarni shunday nom bi­
lan atashar edi.
Freska sahnalari qahramon Georgiy Pobedanossaning ilonni 
oid iray o tg an jasoratiga, shuningdek, qo‘llarida nasihat va aforizm- 
lari eski fransuz tilida yozilgan qadimiy manuskriptlari bilan turgan 
turli payg‘ambar va donishmandlarga bag1 ishlangan38.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish