G ‘arbiy Yevropa cherkovlaridagi to ‘plamlarda
antik davr ustala-
rining ijodiga mansub badiiy hunarmandchilik buyumlari sidqidildan
asralgan, o ‘rta asr ustalari ulaming nusxalarini tayyorlashga layoqatli
emas edi. 0 ‘rta asrlarda ularga nisbatan haqiqiy qiziqish mavjud edi,
shu sababli ular bizgacha yetib kelgan.
Ibodatxonalardagi to ‘plam larda g ‘ayrioddiy m a’danlar, fil tish-
lari, palma shoxlari, tuyaqush tuxumlari va dunyo tabiatining boshqa
namunalari uchrardi. U lam i M uqaddas Yerdan “esdalik” sifatida
asosan ziyoratchilar olib kelishgandi. Cherkovlar va rohibxonalar
tarixiy arboblarga tegishli b o ‘lgan xotira ashyolarini ham asrardi.
M asalan, m a’lumki, Kiyevdagi
Muqaddas Sofiya ibodatxonasida, u
1202-yilda qipchoqlar tom onidan talangunga qadar, birinchi knyaz-
larning liboslari saqlanardi. Pskov yaqinidagi Pechora rohibxona-
sidagi rizaxona rus shohlari Ivan IV va Boris Godunovlar shaxsan
kundalik ishlatgan xotira ashyolaridan iborat to ‘plam bilan ajralib
turardi. Reyms shahridagi kafedral sobor tarixiy yodgorliklam ing
katta xazinasiga ega edi, bu yerda fransuz qirollarining toj. regali-
yalari saqlanardi.
Cherkovlardagi
xazinalarga
ko‘pincha
daydib
yuruvchi
xudojo'ylar tashrif buyurardi. Chunki ziyoratga borib turish o ‘rta
asrlar madaniyatiga xos xususiyat edi. G ‘arb
cherkovi mahalliy va
xorijiy ziyoratgohlarga “qalbni tuzatish uchun” borib turishni shart
qilib qo‘ygandi, XIII asrdan esa G ‘arbiy Yevropadagi dunyoviy sud-
lar ham jinoyatchilam i kafforat sifatida ziyoratga borishga hukm qila
boshladi. Yuqori martabali shaxslar uchun imtiyozlar berishga y o ‘l
qo‘yilardi: ular o ‘z o ‘rinlariga xizmatchini yoki yollangan shaxsni yu-
borishlari mumkin edi.
Sharqiy Yevropada, jum ladan, qadimgi Rusda ziyoratga borish
odati nasroniylik qabul qilingan birinchi
asrlardayoq urfga kirgan
edi. Rus xudojo'ylari nafaqat o ‘z Vatanlaridagi “muqaddas joylar-
ga” tashrif buyurishardi, balki Falastinga, Afonga, M o‘jizakor av-
liyo N ikolayning qoq murdasi saqlanayotgan Italiyaning Bari shah-
riga ziyoratga borishardi.
Tantanali ibodat kunlarida alohida e ’tiborga molik tabarruk ashyo-
lar sajda qilish uchun namoyishga qo‘yilardi, xazinalardagi qimmatli
diniy buyumlar ibodat marosimida ishlatilardi. San’at ahli qavm-ning
ongi va tuyg‘ulariga katta ta’sir ko‘rsatardi. Ular yaratgan tasviriy
timsoldan cherkov, shak-shubhasiz, badiiy ta’bni emas,
balki nas-
roniylik diyonatini tarbiyalash vositasi sifatida foydalanardi.
Tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlarining mafkuraviy va di-
daktik funksiyasi uzoq vaqt ulaming estetik qiymatidan ustunlik qildi.
Shunga qaramasdan, ibodatxonalar baribir xudojo‘y odamlarda este
tik tuyg‘uning rivojlanishiga yordam berdi. Chunki diniy idishlar va
interyerni bezatib turuvchi san’at asarlari, shak-shubhasiz, davming
badiiy qarashlarini ifodalar edi.
Ibodatxonaning go‘zalligi va ichki pardozning uyg‘unligini qalb-
dan o ‘tkazgan kishi ayni vaqtda “dunyoning tuzilishini” anglardi,
chunki o ‘rta asrlar ibodatxonalarining arxitekturasi
va tasviriy shakl-
lari “savodsizlar uchun o ‘ziga xos bibliya” edi.
Gap shundaki, ramzlar bilan fikrlash o ‘rta asrlar mentalligining
o ‘ziga xos qirralaridan biri edi. G ‘arb nasroniylik cherkovining ota-
laridan biri Avgustin Blajenniy (354-430) dunyo belgi-ram zlardan
va narsalardan iborat deb ta ’lim bergan edi. “Narsalar” - bu insonni
o ‘rab turuvchi moddiy predmetlardir, ammo
ular ayni vaqtda boshqa
g‘ayritabiiy va muqaddas narsalami aks ettiruvchi belgilar hisobla-
nadi. 0 ‘rta asrlardagi tushunchalarga ko‘ra, fikrlash - bu narsalaming
pinhoniy sirini topish demakdir.
Ramziy fikrlash falsafani, teologiyani, tarixiy voqealami bayon
qilishni va umuman, kelajak haqida fikrlashni ajratib turadi. Simvo-
lika diniy va dunyoviy marosimlarga singib ketdi. Tabiat va san’atda,
ayniqsa arxitekturada ramzlaming katta makoni ko‘rindi. Rang, y o i,
shakl oliy ruhiy kategoriyalami anglatar
va badiiy timsollaming mu-
rakkab simvolikasini tashkil qilardi.
Ibodatxonaning har bir m e’moriy detali chuqur ramziy m a’noga
yo‘g ‘rilgan edi. U olamning tuzilishi haqida, samoviy tartib haqida
tasavvur uyg‘otishi kerak edi. Soboming o ‘zi koinot, “Tangrining
uyi”, gumbazlari esa osmon qubbasi, peshtoqi “samo darvozasi” sifa
tida qabul qilinardi.
Ibodatxonada nasroniylik bilimlarining barcha tizimi mujassam-
lashgandi, undagi haykaltaroshlik va rang-tasvir shukuhi inson o ‘z
kundalik hayotida amal qilishi kerak bo‘lgan qarashlar va tushuncha-
lami o ‘ziga qamrab olgandi. Shu bilan birga, ayrim haykallar, ikona-
lar, kartinalar ularni o‘rab turgan muhit-makon bilan bog‘liq
b o iib ,
ularni alohida holda tasavvur qilib bo‘lmasdi, aks holda ular chuqur
ramziy m a’noni yo‘qotib qo‘yardi.
Muayyan konsepsiya asosida yaratilgan, m a’lum kodlashtiril-
gan axborotni tashuvchi hamda inson ongi va tuyg‘ulariga ta’sir
ko‘rsatuvchi bunday ibodatxonadagi makoniy-predmetli muhitni ay
rim tadqiqotchilar muzey ekspozitsiyasining ilk ko‘rinishi (“prafor-
masi”) deb hisoblashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: