Himoya vositalari (shitki)
Himoya vositasi getra bilan to`liq berkitilgan bo`lishi,
Rezina, plastmassa yoki shunga o`xshash xom-ashyodan tayyorlangan bo`lishi,
Yuqori darajadagi himoyani ta`minlashi kerak.
Darvozabon kiyimi
Darvozabon kiyimi rangi maydondagi o`yinchilardan, bosh hakam va bosh hakam yordamchilari kiyimi rangidan ajralib turishi kerak.
4.10-rasm
Qoida buzarliklar, jarimalar
Har qanday 4 – qoida buzilganda:
O`yinni to`xtatish shart emas,
Bosh hakam qoidani buzgan o`yinchiga kiyimi haqida e`tiroz bildirishi,
Agar qoidabuzar o`z kiyimini to`g`irlab olmagan bo`lsa, to`p maydonni tark etganda u o`z kiyimini to`g`irlash uchun maydonni tark etishi zarur,
Kiyimini to`g`irlab olish uchun maydonni tark etgan o`yinchi faqat bosh hakam ruxsat bergandan so`nggina maydonga tushishi mumkin,
Maydonga qaytishdan oldin hakam o`yinchining kiyimini ko`zdan kechirishi lozim,
To`p maydondan chiqib ketgan vaqtda kiyimini to`g`irlab olish uchun maydonni tark etgan o`yinchiga maydonga tushishga ruxsat beriladi.
Agar 4 – qoidalar asosida maydondan chetlatilgan futbolchi bosh hakamning ruxsatisiz maydonga qaytsa, unda qoidabuzar sariq kartochka bilan ogohlantirilishi kerak.
O`yinni davom ettirish
Agar o`yinni bosh hakam qoidabuzarni ogohlantirish uchun to`xtatgan bo`lsa, unda:
O`yin raqib jamoa tomonidan erkin to`p tepish orqali uchrashuv to`xtatilgan joydan davom ettiriladi.
5-QOIDA: Bosh hakam
Har bir o`yinni futbol qonun qoidalari asosida boshqarish uchun hakamlar tayinlanadi.
4.11-rasm
Huquq va majburiyatlari Hakam:
Uchrashuvda qonun-qoidalarni nazorat qilish;
Uchrashuvni yon hakamlar va 4 – hakam bilan birgalikda nazorat qilish;
2 – qoida talablariga asosan to`pni nazorat qilish;
4 – qoida talablariga asosan o`yinchilarning kiyimlarini nazorat qilish;
Uchrashuvni qayd etib borish;
Har qanday qoida buzilishlarda uchrashuvni to`xtatish, uzib qo`yish yoki butunlay to`xtatish o`yindagi bosh hakam qarashiga bog`liq;
Bosh hakam uchrashuvni har qanday tashqi muhitning aralashuvida to`xtatishi yoki butunlay tugatishi mumkin;
Bosh hakam fikriga ko`ra maydondagi o`yinchi qattiq jarohat olganda yoki o`yinchilarni maydondan evakuvatsiya qilish zarur bo`lganda uchrashuvni vaqtinchalik yoki butunlay to`xtatishi mumkin;
Bosh hakam fikriga ko`ra o`yinchi yengil jarohat olganda to`p maydondan chiqib ketmaguncha uchrashuv davom ettiriladi;
Har qanday o`yinchining jarohatidan qon chiqsa, ushbu o`yinchini maydon tashqarisiga chiqishini ta`minlash hamda ushbu o`yinchi maydonga qaytayotganda qon oqishi to`xtaganiga ishonch hosil qilgandan so`nggina unga ruxsat berishi;
O`yin qoidasini buzgan jamoa darvozasi tomon hujum bo`layotgan bo`lsa o`yinni to`xtatish zarur emas, hujum tugagandan so`ng yoki to`p maydondan tashqariga chiqqanda qoidabuzarni ogohlantirish zarur;
Qoidabuzar yoki ogohlantirilgan o`yinchi yana bir bor qoidani buzsa, o`yinchi shu zahoti qattiq ogohlantirilish bilan jazolanishi kerak;
Agar uchrashuvda qoida buzilsa, hakam to`p maydonni tark etgandan so`ng qoidabuzarni albatta ogohlantirishi zarur;
Jamoalardagi o`zini tuta olmayotgan rasmiy vakillarga nisbatan maydondan, zahira o`rindig`idan chetlatishi yoki ularga jazo qo`llashi mumkin;
Bosh hakam yo`l qo`yilgan qoidabuzarlikni ko`rmay qolgan vaziyatlarda uning yordamchisi yetkazgan ma`lumotlar asosida jazo qo`llashi mumkin;
Maydonga futbolchilardan boshqalarni tushirmaslikni nazorat qilish;
O`yin to`xtatilganda davom ettirish;
O`yin bayonnomasi (bayonnomaga uchrashuv atrofida, uchrashuv boshlanishiga qadar, uchrashuv davomida, uchrashuvdan so`ng bo`lib o`tgan barcha voqealarni yozma ravishda)ni to`ldirish va uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |