Hakam qarori
Har qanday o`yin holatida faqat bosh hakam yakuniy qaror chiqara oladi.
Agar hakam yordamchilari bilan maslahatlashib noto`g`ri qaror qabul qilganini tan olsa, unda faqat o`yin to`xtatilgan vaziyatda o`z qarorini o`zgartirishi mumkin.
XALQARO KENGASH QARORI
Qaror 1.
Hakam (shu bilan birga, vaziyatga qarab hakam yordamchilari yoki to`rtinchi hakam) quyidagi holatlarda javobgarlikdan soqit qilinadi:
Jamoa futbolchilari, rasmiy vakillar yoki muxlislar tomonidan olingan har qanday jarohatlardan;
Har kimning mulkiga zarar yetishidan;
Hakam tomonidan o`yin doirasida qabul qilingan har qanday qaror natijasida xususiy shaxslar, klub, kompaniya, assotsiatsiya yoki boshqa tashkilotlarda yuzaga kelgan boshqa yo`qotishlardagi javobgarliklardan.
Hakam quyidagi holatlarda javobgar:
Maydon va unga qo`shimcha asbob – uskunalar borasidagi hakam qarori, ob
– havo sharoiti o`yin o`tkazishga to`sqinlik qilish – qilmasligi;
Ob – havo sharoitidan kelib chiqib o`yinni bekor qilishda;
Maydonga qo`shimcha asbob – uskunalarning yaroqsizligi borasidagi hakam qarori, jumladan, darvoza ustunlari va to`sinlari, burchak bayroqlari shuningdek, to`plar talabga javob bermasa;
Muxlislarning maydonga tushib ketganda yoki muxlislar bilan bog`liq vaziyatlardagi o`yinni to`xtatish yoki to`xtatmaslik borasidagi hakam qarori;
Futbolchi jarohat olgan vaqtda tibbiy yordam ko`rsatish uchun o`yinni
to`xtatish yoki to`xtatmaslik borasidagi hakam qarori;
Futbolchi jarohat olgan vaqtda tibbiy yordam ko`rsatish uchun uni maydondan tashqariga olib chiqish yoki chiqmasligi borasidagi hakam qarori;
Futbolchining o`zida yoki libosida ba`zi predmetlarni osishga ruxsat berish yoki ruxsat bermaslik borasidagi hakam qarori;
Ba`zi shaxslarni, jumladan, jamoa rahbarlarini, maydon ishchilarini, qo`riqlash xizmati xodimlarini, fotomuxbirlarni yoki boshqa Ommaviy axborot vositalari vakillarini maydonning yaqiniga yo`latish yoki yo`latmaslik borasidagi hakam qarori;
Qolgan barcha qarorlarda, ya`ni futbol qoidalariga yoki o`zining vazifasi doirasi asosida, FIFA nizomlariga, qit`a konfederatsiya, milliy assotsiatsiyalar va proffesional liga reglamentlariga asosan qabul qilingan qarorlarda hakam javobgardir.
Qaror 2.
Agar musobaqa yoki turnirning har bir o`yiniga to`rtinchi hakam tayinlansa, unda uning huquq va majburiyatlari Xalqaro kengash tomonidan tasdiqlangan instruksiyaga mos kelishi lozim.
Qaror 3.
O`yin bilan bog`liq bo`lgan faktlar, ya`ni to`p darvozaga kiritilganmi yoki yo`qmi va o`yin natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |