O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

siyosat  yuritishi 

kerak.  Masalan,  merosxo'r  hukmdor  tomonidan  boshqarilgan 

mamlakatni  zabt  etganidan  so‘ng  unda  ajdodlar  tomonidan  joriy 

etilgan  an’analarni  buzmaslik  va  asta-sekinlik  bilan  bu  an’analarni

99



yangi  vaziyatga  moslashtirib  borish  maqsadga  muvofiq.  Aralash 

davlat  taxtini  saqlab  qolish  uchun  esa  ikki  xil  ehtiyotkorlik 

chorasini  ko‘rib  qo'ygan  afzal:  birinchidan,  awalgi  hukmdor- 

ning  avlodini  yo‘qotib  yuborish  payida  bo‘lish,  ikkinchidan,  awalgi 

qonun  va  o‘lponlarni  saqlab  qolish  —  shunday  qilinsa,  egallab 

olingan  yerlar  tez  orada  bosqinchi  vataniga  qo'shilib  ketadi.

N. Makiavelli  barcha  davlatlarning  poydevorini  yaxshi  qonun- 

lar-u,  yaxshi  lashkar  tashkil  etadi,  deb  ta ’kidlaydi.  Shu  bois 

istiloga  qadar  o‘z  qonunlariga  ega  bo'lgan  shahar  va  davlatlarni 

boshqarish  masalalariga  alohida  e’tibor  beradi.  Bunday  davlatlar­

ni,  mutafakkirning  fikriga  ko‘ra,  uch  yo‘l  bilan  bo‘ysundirish 

mumkin.  Birinchisi  —  uni  yakson  qilib  tashlash;  ikkinchisi  — 

unga  ko‘chib  o‘tish  kerak;  uchinchisi  —  shu  mamlakat  fuqaro- 

lariga  o‘z  qonunlari  asosida  yashashga  ruxsat  berib,  ularga  soliq 

solish,  boshqaruvni  esa  mamlakat  tinchligiga  kafil  bo‘la  oladigan 

shaxslarning  kichik  bir  guruhiga  topshirish  darkor.

Mutafakkir  g‘ayrat-shijoat  va  shaxsiy  jasorat  bilan  qo‘lga  ki- 

ritilgan  mamlakatlarni  saqlab  qolish  uchun  hukmdor  bundan 

keyin  ham  o ‘z  jasoratiga  tayanishi  zarurligini,  o‘zgalar  quroli 

bilan  qo‘lga  kiritilgan  mamlakatni  tobelikda  tutish  uchun  esa 

kuch  va  ayyorlik  bilan  ish  olib  borishi,  xalq  muhabbatini 

qozonishi,  zarar  yetkazishi  mumkin  bo'lgan  shaxslarni  chet- 

lashtirishi,  do‘stlar  orttirishi  lozimligini  uqtiradi.

Bir  qarashda  N .Makiavelli  bir-biriga  zid  bo‘lgan  mulohaza- 

lami  bayon  qilgandek  tuyuladi.  Aslida  mutafakkirning  asl  maqsa- 

di,  orzusi  xalq  turmushini  farovonlashtiradigan  qudratli  markaz­

lashgan  davlat  barpo  etishdan  iborat  ekanligini  unutmasligimiz 

darkor.  Shu  boisdan  u  xalq  davlat  hokimiyatining  yakka-yu 

yagona  manbai  ekanligini  tan  oladi.  Uning  manfaatlarini  ifo- 

dalagan  ulamolar  bilan  do‘stlashishni  ma’qul  topadi.  Biroq 

respublika  barpo  qilish  jarayonining  ma’lum  bir  bosqichida  ezgu 

maqsad  yo‘lida  ayrim  g‘ayriaxloqiy  tadbirlami  amalga  oshirish 

«ilojsiz  chora»  ekanligini  ta’kidlaydi.

N .Makiavelli  g'ayriaxloqiy  tadbirlarning  ham  cheki-chega- 

rasi,  me’yori  borligini  ko‘rsatib  o‘tadi.  Muallif  yovuzlik  bilan 

qo‘lga  kiritilgan  taxtni  saqlab  qolish  amrimahol  ekanligini  yaxshi 

tushunadi.  Shu  boisdan  u  davlatni  qo‘lga  olgan  kishi  kim- 

gadir  ozor  yetkazmoqchi  bo‘lsa,  uni  har  kuni  takrorlab  yur- 

masdan,  bir  yo‘la  bir  bora  qilishi  lozim,  deya  ta’kidlaydi.

100



Kimki  soddadillik  qilib,  boshqacha  ish  tutsa,  uning  o‘z  sham- 

shirini  qiniga  solishga  hech  qachon  vaqti  bo‘lmaydi  va  har 

kuni  yangidan-yangi  dilsiyohliklarga  uchrayotgan  fuqarolarning 

yordamiga  ham  umid  bog‘lay  olmaydi.  Yaxshilikni  esa,  deydi 

mutafakkir,  oz-ozdan,  muntazam  qilgan  ma’qul,  toki  uning 

qadriga  yetishsin.

N.Makiavelli  har  qanday  davlatpanoh  dasturilawalda  xalqqa 

va  faqat  xalqqa  tayanishi  zarurligini  qayta-qayta  uqtiradi.  Xalq 

maqsadi  a’yonlarnikiga  qaraganda  insofli,  adolatli  bo‘ladi: 

a ’yonlarning  istagi  xalqqa  zulm  qilish,  xalq  esa  zulm  ko‘rishni 

istamaydi,  deydi.  Xalq  qo'llagan  davlatpanoh  mushkul  vaziyatda 

ham  unga  murojaat  qila  oladi,  undan  yordam  kutishga  haqli, 

aks  holda  vaqt-soati  kelib,  mushkul  vaziyat  tug‘ilganida  xalq  uni 

ag‘darib  tashlaydi.  Xalqi  jabr  ko‘rmagan  hukmdor  hamlaga 

duchor  bo'lmaydi,  xalqi  yuz  o'girgan  hukmdor  esa  taxtda  uzoq 

tura  olmaydi.

Xalq  ishonchini  qozonish  uchun  davlatpanoh  yaxshi  masla- 

hatchilar  tanlay  bilishi  shart.  Donishmand  shoh  buyuk  aql  so- 

hiblarini  o‘ziga  maslahatchi  qilib  oladi,  ularning  fikriga  quloq 

tutadi.  Shuningdek,  hukmdor  har  bir  maslahatchisining  masla- 

hatlariga  alohida  e’tibor  bermog‘i  lozim,  aks  holda  o‘z  sa’y- 

harakatlarining  befoyda  ekanligini  ko'rgan  maslahatchilar  unga 

yordam  qo'lini  cho'zmay  qo'yadilar.  Yaxshi  maslahatchilarga  quloq 

tuta  bilish  hukmdor  donishmandligining  belgisidir.  Chunki, 

N.Makiavelli  fikricha,  yaxshi  maslahatlar  bo‘lgani  tufayli  do­

nishmand  shohlar  vujudga  kelmaydi,  aksincha,  donishmand 

shohlar  bo‘lgani  tufayli  yaxshi  maslahatlar  vujudga  keladi.

«Davlatpanoh»  asaridan  qoladigan  asosiy  taassurot  shundan 

iboratki,  Nikkolo  Makiavelli  Italiyaning  asl  farzandi,  chin  va- 

tanparvari  edi.  0 ‘z  yurtining  tanazzulga  uchraganidan,  xalqning 

behad  kulfatlaridan  qattiq  tashvishlangan  mutafakkir  yurt 

farovonligi  va  istiqlolini  ta’minlash  yo'llarini  izlaydi.  Uning 

fikricha,  endi  cherkov  hokimiyatiga,  katolitsizmga  tayanib  xalqni 

xalos  qilib  bo‘lmaydi.  Cherkov  noiblari  behad  ochko‘zliklari, 

manfaatparastliklari  tufayli  mamlakatni  xarob  qildilar.  Cherkov 

tashkil  etgan  barcha  siyosiy  va  ijtimoiy  institutlar  inqirozga  yuz 

tutdi.  Shu  boisdan  millat  ravnaqini  ta ’minlashning  yagona  yo‘li 

qudratli  markazlashgan  davlat  barpo  etishdir,  deb  hisoblaydi 

mutafakkir.  Buning  uchun  esa  zamonasi  uchun  xarakterli  bo'lgan

101



barcha  e’tiborli,  hatto  ayrim  hollarda  g‘ayriaxloqiy  siyosiy  prin- 

siplardan  ham  foydalanishni  taklif  etadi.

Renessans  davri  Yevropa  madaniyati,  xususan,  ijtimoiy-fal- 

safiy  fikrlar  taraqqiyotiga  munosib  hissa  qo‘shgan  allomalardan 

biri,  yirik  fransuz  siyosiy  arbobi,  faylasuf  va  sotsiologi  Jan 

Bodendir1.

Mashhur  italyan  faylasufi  N.  Makiavelli  Italiyada  respublika 

barpo  etish  uchun  hokimiyatni  yagona  monarx  qo‘lida  mujas- 

samlashtirish  zarur,  degan  xulosaga  kelgan  bo‘lsa,  J.Boden  yagona 

monarx  qo'lida  jamlangan  hokimiyatdan  jamiyat  manfaatlari  yo‘lida 

foydalanish  muammolari  haqida  bosh  qotirdi.  Xuddi  shuning 

uchun  ham  o ‘zining  ijtimoiy  faoliyatini  doimo  fan  yutuqlari 

bilan  qo‘shib  olib  bordi.

Jan  Boden  «Respublika  haqida  olti  kitob»  asarida  monar- 

xiyadan  qolgan  merosni  cheklash  g‘oyasini  bayon  etadi.  Chu­

nonchi,  monarxiyani  xalq  yoki  uning  vakillari  roziligini  olmas- 

dan  turib,  fuqarolarga  turli  soliqlar  solish  kabi  huquqlardan 

mahrum  qiluvchi  qonunlar  yaratish  zarur,  deb  hisoblaydi. 

Shuningdek,  davlat  mustaqillikka  erishgach,  uning  suverenitetini 

bo‘lish  mumkin  emasligi  g‘oyasiga  asoslanib,  Boden  hokimi­

yatni  taqsimlashga  qarshi  chiqadi.  Monarxlarga  hokimiyat  Xudo 

tomonidan  beriladi,  degan  aqidaga  mutlaqo  qarshi  turadi.  Xalq 

monarxlarni  emas,  balki  har  qanday  zulmkorni  o'ldirish  hu- 

quqiga  ega  ekanligini  tan  oladi.  Lekin  monarx  o‘z  xatti-harakat- 

larida  qonunga  asoslansa,  zolim  esa  o‘zboshimchalikka,  qonun- 

sizlikka  suyanadi.  Bodenning  tushuntirishicha,  har  qanday  siyo­

siy  to ‘ntarishning  asosida  tengsizlik  yotadi.

Boden  din  va  cherkov  ulamolari  tomonidan  dahriylikda  ayb- 

landi.  Chunki  u  Cherberi  tomonidan  1624-yilda  yozilgan  «Ha- 

qiqat  to ‘g‘risida»  nomli  asarda  bayon  qilingan  dinga,  cherkovga 

qarshi  g‘oyalarni  har  tomonlama  ma’qullar  edi.  Dinning  vujudga 

kelishi,  uning  tabiiy-ilmiy  asoslari  to‘g‘risidagi  qarashlarini  Boden 

o‘zining  «Yetti  kishi  muloqoti»  nomli  asarida  bayon  qilgan.


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish