O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Бруно  Ж .  О  героическом  энтузиазме.  М .,  1953,  54-bet



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Бруно  Ж .  О  героическом  энтузиазме.  М .,  1953,  54-bet.

95


yati  va  genezisini  xristian  dini  aqidalariga  asoslanib  emas,  balki 

inson  manfaatlari  va  ehtiyojlari,  insoniy  haq-huquqlariga  asos­

lanib  talqin  qila  boshladilar.

Renessans  davri  Yevropa  faylasuflari,  huquqshunoslari  har 

tomonlama  ulug‘lagan  markazlashgan  qudratli  davlat  qurish 

g‘oyasining  antropotsentrik  xususiyatini  ilg‘ab  olmoq  uchun  ushbu 

g‘oyaning  shakllanish  jarayoni  haqida  tasawurga  ega  bo‘lish  darkor. 

Birinchidan,  ushbu  g‘oya  VIII—XIV  asrlarda  jahon  ijtimoiy-fal- 

safiy  fikrlar  taraqqiyotining  hosilasi  ekanligi  e’tibordan  chetda 

qolmasligi  kerak.  Darhaqiqat,  markazlashgan  davlat  qurish  g'oyasi 

bir  kunda  yoki  bir  mamlakatda  paydo  bo‘lgani  yo‘q.  Chunon­

chi,  uning  kurtaklari  Eron  va  Turonda  sosoniylar  hukmronlik 

qilgan  kezlardayoq  vujudga  kelgan  edi.  Muhammad  payg‘ambar, 

undan  so‘ng  esa  xalifalar:  Abu  Bakr,  Umar,  Usmon  va  Alilar 

sosoniylarning  markazlashgan  davlat  qurish  g‘oyasi  va  tajribasini 

o‘zlashtirib,  tarqoq,  ko‘chmanchi  va  qoloq  arab  qabilalarini 

yagona  davlatga  birlashtirdilar.  Bulling  natijasi  o‘laroq,  musul- 

mon  madaniyati  misli  ko‘rilmagan  muvaffaqiyatlarga  erishdi.

Eramizning  711 -yilida  arablarning  Ispaniyani  ishg‘ol  etishi 

bilan  markazlashgan  qudratli  davlat  qurish  g'oyasi  Yevropaga 

kirib  keldi  va  Rim  imperiyasi  halokatidan  so‘ng  inqirozga  yuz 

tutgan  Yevropaning  rivojlanishiga  zamin  hozirladi.  Oradan  bir 

asrdan  ko‘proq  fursat  o‘tgach,  mazkur  g‘oya  asosida  birlash- 

tirilgan  arab  Ispaniyasi  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  rivojlanishga 

erishdi,  aholi  turmush  darajasi  yuksaldi.  Markazlashgan  qudratli 

davlat  qurish  g‘oyasi  eng  e’tiborli  ijtimoiy  nazariyaga  aylandi. 

Ushbu  nazariya  nafaqat  Ispaniyaga,  balki  unga  qo‘shni  bo'lgan 

mamlakatlar,  xususan,  Italiya  va  Fransiyada  ham  obro‘  qozoni- 

shi  tabiiy  bir  hoi  edi.

Ikkinchidan,  markazlashgan  qudratli  davlat  qurish  g‘oyasi 

Italiya  va  Fransiya  uchun  ijtimoiy  —  falsafiy  fikrlar  taraqqiyo­

tining  xotimasi,  o‘z  navbatida,  jamiyatda  vujudga  kelgan  inqi- 

rozni  bartaraf  etishning  o‘ziga  xos  muhim  nazariyasi  bo‘ldi.  Arab- 

lar  sharofati  bilan  Sharqdan  G ‘arbga  eksport  qilingan  markaz­

lashgan  qudratli  davlat  qurish  g‘oyasi  Yevropani  ishg‘ol  eta- 

yotgan  bir  paytda  Italiya  bir-biriga  bo'ysunmaydigan,  ko‘p  hol- 

larda  bir-biriga  dushman  bo'lgan  shaharlardan  iborat  edi.  Aho- 

lining  turli  qatlamlari  markazlashgan  davlat  Ьафо  etish  orqali 

tarqoqlikka  barham  berish  mumkinligini  tobora  tushunib  yetmo-

96



qda  edilar.  Eramizning  XIII  asriga  kelib,  markazlashgan  davlat 

qurish  sa’y-harakatlari  keskin  tus  oldi.  «Aholi,  —  deb  yozadi 

taniqli  o‘zbek  olimasi  F.  Sulaymonova,  —  ikki  guruhga:  gvelflar 

(Rim  papasi  qo‘l  ostida  milliy  birlashuvning  tarafdorlari)  va 

gibellinlarga  (German  imperatori  tobeligida  feodal  birlashuv  taraf­

dorlari)  bo‘linib,  ular  o‘rtasida  keskin  kurash  ketadi»1.

E ’tiborli  tomoni  shundaki,  XIV  asrda  gvelflarning  gibellinlar 

ustidan  g‘alaba  qozonishi  ham  ushbu  kurashga  nuqta  qo‘ya  olma- 

di.  Oxir-oqibatda  gvelflarning  o‘zi  imperator  va  papa  tarafdorla- 

riga  bo'linib  ketdilar.  Buning  sababi  shundaki,  hali  Italiyada 

markazlashgan  qudratli  davlatning  mohiyati,  uning  tuzilishi, 

asosiy  institutlari  va  ularning  funksiyalari  haqidagi  yagona  g‘oya 

shakllanmagan  edi.  Jamiyatdagi  ixtiloflami  bartaraf  etadigan  va 

millat  ravnaqini  ta ’minlaydigan  qudratli  umumdavlat  g‘oyasini 

shakllantirishga  ehtiyoj  endigina  shakllanayotgan  edi,  xolos.

Markazlashgan  qudratli  davlat  qurish  g‘oyasi  fuqarolaming 

haq-huquqlari  to ‘g‘risidagi  tasawuri  bilan  bevosita  bog‘liq.  Xud­

di  shuning  uchun  ham  Renessans  davri  ijtimoiy  falsafiy  fikr- 

mulohazalarning  shakllanishida  o ‘sha  davr  mutafakkirlari  yarat- 

gan  huquq  to‘g‘risidagi  tasawurlarning  ahamiyati  beqiyosdir.

Renessansgacha  bo'lgan  davrda  «huquq»  tushunchasi  mohi- 

yatan  ikki  xil  yondashuv  asosida  talqin  qilinardi.  Zotan,  bir 

tomondan,  u  Xudo  irodasining  ifodasi  bo‘lgani  uchun  zaru- 

riylik,  mutlaqlik  va  abadiylik  xarakteriga  ega,  deb  ta’riflangan 

bo‘lsa  (bunday  yondashuv  o‘rta  asrlarda  norma  hisoblangan), 

ikkinchi  tom ondan,  huquq  kishilar  orasidagi  kelishuvning 

mahsuli  bo‘lib,  o'zgaruvchan  va  nisbiy  xarakterga  ega,  deb 

hisoblangan  (bunday  yondashuv  esa  qadimgi  zamon  mutafak­

kirlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan).  Biroq  «huquq»  tushuncha- 

sini  talqin  etishda  uchinchi  yondashuv  ham  mavjud.  Unga  ko‘ra, 

huquq  insoniylikning  namoyon  bolishidir,  lekin  u  zaruriy 

xarakterga  ega,  chunki  uning  mohiyati  inson  tabiati  bilan  bog‘liq. 

Xullas,  «tabiiy  huquq»  tushunchasi  qadimgi  yunon  stoiklari  va 

o‘rta  asr  sxolostlari  (jumladan,  Foma  Akvinskiy)  tomonidan 

ham  shakllantirilgandi.  Lekin  yangi  davr  arafasiga  kelib,  ya’ni 

Renessans  davrida  bu  tushuncha  har  tomonlama  rivojlantirildi.

Shunday  qilib,  Renessans  davri  Yevropa  falsafasi  mar-


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish