O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

qilingan.

103


bilan  ajralib  turadi.  Hayvondan  farqli  o'laroq,  u  aqlga  ega  bo'lgani 

tufayli  o‘zining  ana  shunday  ehtiyojlarini  anglab  yetadi  va  ularni 

r o ‘y o b g a  

chiqarishga  intiladi.  Дпа  shu  aql,  shuningdek,  tilga  olin­

gan  ehtiyojlarni  qondirish  zaruriyati  insonlarni  ma’lum  umumiy 

prinsiplarga  amal  qilishga,  ular  asosida  faoliyat  ko'rsatishga 

undaydi.  Urush  esa  kishilar  tabiatida  qadim-qadimdan  saqlanib 

qolgan  hayvoniylikning  namoyon  bo‘lishidir.

Mutafakkir  inson  huquqlarini  uning  ehtiyojlari  bilan  bog'lar 

ekan,  bu  yerda  ham  «ikki  yoqlama  haqiqat»  mavjudligi  haqida 

fikr  yuritadi.  Zotan,  huquq  ilohiy  va  insoniy  xarakterga  ega 

bo‘lishi  mumkin.  Ushbu  xulosa  huquq  tabiatini  faqat  Xudo  nomi 

bilan  bog‘lab  tushuntirgan,  «huquq»  tushunchasiga  cherkov  mo- 

nopoliyasini  shakllantirgan  Renessans  davri  uchun  katta  yangilik 

edi.  Buning  bilan  G.  Grotsiy  inson  taqdirining  muqarrar  emas- 

ligi,  uning  ozodligi  o‘z  qo‘lida  ekanligi  haqidagi  g‘oyalarning 

shakllanishiga  zamin  yaratdi.

Buyuk  golland  huquqshunosi  insoniy  huquqni  fuqaroviy  va 

tabiiy  huquqqa  bo'ladi.  Fuqaroviy  huquq  konkret-tarixiy  xarak­

terga  ega  bo'lib,  siyosiy  vaziyat  bilan  bog'liq.  Shu  bois  jami- 

yatdagi  ijtimoiy  tuzumning  o'zgara  borishi  bilan  u  ham  o‘zgarib 

turadi.  Tabiiy  huquq  esa  insonning  tabiatidan,  tabiiy  ehtiyojlari- 

dan  kelib  chiqadi.  Shu  sababli,  mutafakkirning  mulohazalariga 

ko‘ra,  tabiiy  huquq  muammolari  bilan  jamiyat  rivojlanishi  ten- 

densiyalarini  tahlil  qiluvchi  tarix  emas,  inson  mohiyatini  har 

tomonlama  o'rganuvchi  falsafa  shug‘ullanmog‘i  darkor.

Shuning  bilan  birga  kishilaming  tabiiy  ehtiyojlarini  qondirish 

jamiyat  taraqqiyoti  bilan  chambarchas  bog‘liq  ekanligini  ham 

unutmasligimiz  lozim.  Boshqacha  aytganda,  tabiiy  huquq  nafaqat 

inson  tabiati  bilan,  balki  ijtimoiylik  bilan  ham  bog‘liqdir.  Kishi­

lar  o‘z  ehtiyojlarini  qondirish,  huquqlarini  himoyalash  maqsa- 

dida  o'zaro  kelishib  olishga  majbur  bo‘ladilarki,  bu  kelishuvning 

nihoyasida  davlat  instituti  vujudga  keladi.  Binobarin,  davlatning 

asosiy  vazifasi  inson  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  shart-sharoit 

yaratish,  uning  huquqlarini  himoyalashdan  iboratdir.

Shunday  qilib,  inson  huquqlari  absolut  haqiqatdir.  Haqiqat 

esa,  G.Grotsiyning  fikriga  muvofiq,  isbotlanmog‘i  darkor.  M u­

tafakkir  har  qanday  haqiqatni  aql  nuqtayi  nazaridan  isbotlash 

zarurligini  ta ’kidlaydi  (umuman,  aqlga  va  faqat  aqlga  murojaat 

etish,  ya’ni  ratsionalistik  dunyoqarash  G.Grotsiy  ijodining  me-



104


todologik  asosini  tashkil  etadi).  Chunki  aql  umumtanqidiy  va 

umumqadriyat  ahamiyatiga  ega.  Jamiyatda  vujudga  kelgan  har 

qanday  ijtimoiy-huquqiy  ixtilofni  aql  yordamida  bartaraf  etish 

mumkin.  Bunday  faoliyatni  ikki  xil  yo‘l  bilan  amalga  oshirish 

mumkin.  Birinchidan,  vujudga  kelgan  vaziyat,  hodisa  mohiya- 

tining  aqlga  muvofiqligini  aniqlash  zarur.  Ikkinchidan  esa,  vu­

judga  kelgan  vaziyat  yoki  voqeaning  o‘zga  rivojlangan  mam- 

lakatlar  tarixida  qay  tarzda  sodir  bo'lgani  va  qay  tarzda  bartaraf 

etilganini  o‘rganmoq  zarur.

Kishilar  o‘rtasidagi  kelishuv  pirovard  natijada  davlatning  yu- 

zaga  kelishiga  sabab  bo‘lgani  kabi,  turli  davlatlar  o‘rtasidagi 

kelishuv  oqibatida  xalqaro  hamjamiyat  shakllanadi.  G. Grotsiy 

bu  voqeani  zaruriyat,  qonuniylik  sifatida  tahlil  etadi.  Uning  fikriga 

muvofiq,  XVII  asr  taraqqiyoti  Yevropada  ana  shunday  xalqaro 

hamjamiyatning  vujudga  kelishiga  zamin  hozirlagan.  Ushbu  fikrini 

asoslashda  u  katolik  cherkovi  ma’qullagan  pozitsiyadan  chekin- 

magan  holda  protestantlarning  mulohazalari  hamda  tajribalaridan 

ham  foydalanishga  intildi.  Shu  sababli  uning  ushbu  muammolar- 

ga  bag‘ishlangan  «Dahriylarga  qarshi  asl  xristiancha  taqvodorlik» 

asari  1627-yilda  «Ta’qiq  etilgan  kitoblar  indeksi»ga  kiritildi.  Biroq 

cherkov  inkvizitsiyasi  buyuk  faylasuf  va  siyosatshunos  Gugo  Grot­

siy  asarlarining  avlodlarga  qadar  yetib  kelishiga  qarshilik  qila 

olmadi.  Gugo  Grotsiy  avlodlar  xotirasida  tabiiy  huquq  nazari- 

yasining  asoschisi  sifatida  saqlanib  qoldi.

Renessans  davri  Yevropa  faylasuflari  ta ’kidlaganlaridek, 

markazlashgan  qudratli  davlat  barpo  etish  yordamida  jamiyatda 

mavjud  bo‘lgan  muammolarni  to‘la  bartaraf  etish  mumkin  emas. 

Ayniqsa,  inson  xulq-atvorida,  xatti-harakatidagi  ma’naviy  qash- 

shoqlikni  markazlashgan  davlat  yordamida  tugatib  bo'lmaydi. 

Odamlar  ongi  va  faoliyatidan  bunday  nodonliklami  surib  chiqa- 

rish  uchun  xristian  dinining  axloqiy  mohiyatini  ochib  berish, 

insonparvarlik  harakatini  har  tomonlama  rivojlantirish  zarur, 

degan  xulosaga  keldilar.

XV  asr  so‘nggida  Oksford  universitetida  Jon  Kolet  (1467— 

1519-y.)  to ‘garagining  tashkil  etilishi  Angliyada  insonparvarlik 

harakatining  yanada  avj  olishiga  sabab  bo'ldi.  Ushbu  to'garakda 

Florensiya  platoniklarining  asarlari  tahlil  qilinar,  Tavrot  va  Injil 

matnlari  xususida  musohabalar  uyushtirilar  edi.  To'garak  qat- 

nashchilari  ijtimoiy  tenglikka  asoslangan  xristiancha  gumanizm

105



g‘oyalarini  katta  qiziqish  bilan  o'rganar  edilar.  Ular  orasida 

Erazm  Rotterdamskiy1  gumanizm  g'oyalariga  sadoqati  bilan  alo- 

hida  ajralib  turar  edi.

XVI  asrning  boshlariga  kelib,  Erazm  Rotterdamskiy  butun 

Yevropada  avj  olgan  insonparvarlik  harakatining  yo'lboshchisi 

darajasiga  ko'tarildi.  Uning  obro‘-e’tibori  shu  qadr  qudratli  ediki, 

Muqaddas  Rim  imperiyasi  imperatori  va  Ispaniya  qiroli  Karl  V, 

uning  raqibi  Fransiya  qiroli  Fransisk  I,  Angliya  qiroli  Genrix 

VIII,  Rim  papalari  uning  nazariga  tushishga  intilardilar.  Hatto 

Rim  papasi  Pavel  III  Erazm  Rotterdamskiyga  kardinallik  man- 

tiyasini  ham  taklif  etgandi.

Erazm  Rotterdamskiy  o ‘z  ijtimoiy-falsafiy  qarashlarini  1501— 

1503-yillarda  yozilgan  «Xristian  jangchisi  uchun  qo‘llanma»  nomli 

asarida  izhor  etgandi.  0 ‘z  ta ’limotini  u  «Iso  falsafasi»,  deb 

ataydi.  Albatta,  bu  termin  Erazmga  qadar  ham  qo‘llanilgan, 

biroq  u  «Iso  falsafasi»  tushunchasiga  yangicha  mazmun  ato  etdi. 

Erazm  Rotterdamskiyning  mulohazalariga  qaraganda,  Iso  falsa- 

fasida  o‘z  ifodasini  topgan  xristian  madaniyati  qadimgi  yunon- 

lar  va  rimliklarning  majusiy  madaniyatidan  quwat  oladi.  Italyan 

gumanistlaridan  farqli  o ‘Iaroq,  qudratli  intellektual  salohiyatga 

ega  bo‘lgan  Erazm  o'zining  gumanistik  qarashlarini  ajoyib  va 

inkor  etib  bo‘lmaydigan  dalillar  asosida  bayon  qiladi.  Xristian 

madaniyatini  qadimgi  zamon  madaniyatining  hosilasi  sifatida 

talqin  etgan  Erazm  Suqrotni  Iso  qatoriga  qo‘yadi.

Erazm  Rotterdamskiy  o‘z  ta’limotida  xristian  dinining  axlo- 

qiy  mazmunini  kengroq  yoritishga  va  uning  dogmatik  tomonini 

inkor  etishga  intiladi.  Xristian  jangchisining  mijozi  axloqiy 

mazmun  bilan  to‘lib  toshgan.  Uning  e’tiqodi  hamisha  aqlidan 

ustun  turadi.  Aytaylik,  u  ruhning  o‘lmasligini  aql  bilan  ilg‘ab, 

tushunib  ololmasada,  unga  qat’iy  ishonadi.  Ana  shu  ishonch  uni 

turli  gunohlardan  saqlanishga  undaydi.  Insonning  mijozi  axloqiy 

mazmun  bilan  to ‘lib-toshgan  ekan,  xristian  g‘oyalari  har  bir




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish