Inson to‘g‘risidagi flkr-mulohazalar, qadimgi zamonning eng
oxirgi falsafiy ta’limotlaridan biri — neoplatonizmda ham uchraydi.
Neopiatonizm milodning III—IV asrlarida nafaqat Yevropa, balki
Osiyo, Afrika mamlakatlarida ham keng tarqaldi. Uning asoschisi
qadimgi yunon faylasufi Plotin (205—275-yillar) edi.
Plotinning fikriga ko‘ra, olamda sodir bo‘ladigan barcha
o‘zgarishlar, o‘ta sezgir, o‘ta g‘ayritabiiy, aqldan tashqarida tu-
ruvchi, anglab bo‘lmas prinsip asosida ro‘y beradi. Butun bor-
liqning turli-tuman shakllari o‘sha aqlga sig‘maydigan prinsip
bilan bog‘liq. Xuddi shu prinsip — absolut borliqdir. Absolyut
borliqning sirini esa, hech kim, hech qachon bila olmaydi.
Chunki u bilib bo‘lmas borliq — Xudodir. Uning izmidan
tashqarida turgan hech narsa yo‘q. Uning o‘ziga o‘xshash nar-
saning o‘zi yo‘q.
Plotin imon-e’tiqodli kishilarning katta avlodini shakllanti-
rishni orzu qiladi. Im on-e’tiqodli kishilarni qaror toptirishning
asosiy sharti — ularni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdir, deb
tushunadi. Shuning uchun ham inson ma’naviyatini boyitishga
e’tibomi qaratadi. Uning e’tirof etishicha, inson o‘z ma’naviyatini
har tomonlama boyitsa, o ‘zining jismida mavjud bo‘lgan turli
g‘ayritabiiy his-tuyg‘ulami jilovlay olsa, bisotidagi ruhiy-ma’naviy
imkoniyatlarni ezgulik, yaxshilik tomon boshqarsa, o‘sha yakka-
yu yagona bilib bo‘lmas borliq — Xudo vasliga yetadi.
Plotinning fikriga ko‘ra, insonning yashashdan maqsadi o‘sha
«yakka-yu yagona» vujud tomon siljib borishdir. Bunday oli~
janob maqsadga nafsni tiyish, jismoniy ishtiyoqlarni chegaralash
vositasi bilan erishiladi. 0 ‘sha «yakka-yu yagona» vujudga bir
necha pog‘onalar (ierarxiya), zinapoyalar orqali chiqib boriladi.
-Chunki, «yakka-yu yagona» vujud koinotning eng yuqori qava-
tida yuksalib turadi. Xuddi shuning uchun ham, Xudo vasliga
yetishga intilish, inson bolasining azaliy orzusi bo‘lib qolmog‘i
kerak.
Neoplatonizmning so‘nggi yirik vakili Prokldir. Proklning
(410—485-y.) fikriga ko‘ra olamni ham, odamni ham Xudo
yaratgan. Olamdagi barcha hodisalar, voqealar, hatto insonning
ongi ham, faoliyati ham rivojlanib, bir ko‘rinishdan boshqa
ko‘rinishga o‘tadi. Rivojlanish, taraqqiyotning, sababchisi ham
Xudodir. Rivojlanish, taraqqiyot uch bosqichni (triada) bosib
o'tadi. Chunonchi: hozir bo‘lish, olg‘a intilish, teskari tomonga
55
intilish bosqichlarini bosib o'tadi. Rivojlanish yoki taraqqiyot,
bo'linish yoki bir holatdan boshqa holatga o‘tish yo‘li bilan
emas, balki o‘sha hodisa, voqea, narsaning ichidagi kuchlar-
ning qarama-qarshiligi tufayli sodir bo‘ladi. O'sha qarama-qarshi
kuchlar tufayli bir narsa o‘zi o'zgarmagan holda ikkinchi nar-
sani vujudga keltiradi.
Shunday qilib, neoplatonizm ta’limotiga ko‘ra Xudo koinot-
dan ustun turuvchi shaxsdir. Olamda, hatto insonning ongi va
faoliyatida bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar (u taraqqiyot yoki rivoj
lanish, inqiroz yoki tanazzul tomon bo‘ladimi, bundan qat’i
nazar) Xudoning xohish-irodasi bilan sodir bo‘ladi. Xudo qan
day xohlasa shunday yaratadi, o‘zi qanday xohlasa shunday
yashaydi. U nimani istasa, o‘shani qiladi. Xohlasa yaratadi, xohlasa
yemirib tashlaydi. Butun olamga ham, odamning ongi va faoli-
yatiga ham Xudoning yagona irodasi hukmronlik qiladi.
Xullas, qadimgi Yunon falsafasining inson to ‘g‘risidagi qa
rashlari rang-barangligi bilan katta ahamiyatga egadir. Ularning
ko'pchiligi inson kosmosning bo‘lagi, allaqanday o‘ziga xos xu
susiyatlarni o ‘zida mujassamlashtirgan mikrokosmosdir, deb
tushuntirishar edi.
Yunon donishmandlarining ta ’kidlashlaricha, inson insoniy
munosabatlar sistemasidan tashqarida, o ‘zidan-o‘zi, alohida
yashay olmaydi. Qandaydir bir insoniy munosabatlar sistemasi
ta ’sirida yashaydi va faoliyat ko'rsatadi. Ma’lum bir tartib-inti-
zomga, qonun-qoidaga bo'ysunadi, itoat qiladi. Olamdagi barcha
mavjudotlar-maxluqotlar va jcudolar tabiiy va ijtimoiy muhit
bilan birga yashaydi. Hatto kosmos ichida turgan xudolar ham
odamlarga ta ’sir ko‘rsatuvchi reallikdir.
Qadimgi Yunon faylasuflari inson bilan boshqa tirik mavjudot-
lar orasida prinsipial farq bor ekanligiga* hech qanday shubha
qilmas edilar. Inson «aqlga ega ijtimoiy hayvon», «siyosiy max-
luq» ekanligini isbotlashga urinish, odamlar turmush tarzi bilan
aql-farosati orasidagi aloqadorlikni e’tirof etish yunon falsafiy
fikrlash madaniyatining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan
ulkan hissasidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: