giga sabab bo‘ldi. Oqibatda, Kashmir va Tibet o‘lkalaridan o ‘z
vataniga qaytgach, Eron shohi Bahrom I ning farmoni bilan
zindonga tashlandi va 277-yilda og‘ir qiynoqlardan so‘ng qatl
etildi. Uning boshi G undishopur shahri maydoniga ilib qo‘yildi.
Moniyning izdoshlari ham turli qiynoqlarga mahkum qilindi.
Hatto Rim imperatori Diokletian 296-yilda moniylikni taqiqlovchi
maxsus farmon e’lon qildi.
Eramizning V—VI asrlarida Yaqin va Olrta Sharq mamlakat-
larida keng tarqalgan Mazdakiylik diniy-falsafiy ta ’limotida ham
inson to ‘g‘risidagi fikr-m ulohazalar bisyor edi. Mazdakiylik
ta ’limotidagi inson to ‘g‘risidagi qarashlar moniychilik ta’siri ostida
shakllandi. Ushbu ta ’limotning asoschisi Mazdak ibn Hamadon
(470—529) edi. Zardusht ta ’limotining asosida yakkaxudolik yo-
tgan bo‘lsa, Mazdak ta ’limoti ko‘pxudolikka asoslangan edi.
Mazdak qarashlariga binoan, butun borliq suv, olov, havo,
tuproqdan tashkil topgan. Xuddi shu unsurlaming qo‘shilib turishi
olamda salbiy hodisalar, voqelarni vujudga keltiradi. Bu hodisa-
lar, voqealar, o ‘z navbatida, yaxshilik va yomonlik, ular orasidagi
to'qnashuvning sodir bo‘lishiga olib keladi. Kurash asta-sekin
yomonlik ustidan yaxshilik g‘alabasini ta ’minlaydi.
Mazdak ta ’limotiga muvofiq, olam da bo‘layotgan o ‘zgarishlar
ongli va m a’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Ay
niqsa, insonning ongli faoliyati ezgulikka baxshida etilsa, ezgu-
lik, albatta, yovuzlik ustidan g‘alaba qiladi. Mazdak qarashlarida
jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish g‘oyasi markaziy
o ‘rinlardan birini egallar edi. Uning flkricha, jamiyatda barcha
odam lar teng bo‘lishi, ular orasida sodir bo ‘ladigan turli mu-
nosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor. U
mulkning ayrim kishilar qo'lida to ‘planib borishiga, oddiy,
qashshoq kishilarga hukmdorlarning zulm o'tkazishlariga qarshi
chiqdi. Birinchi bo‘lib, xotin-qizlar va erkaklar tengligini himoya
qilib, o ‘sha zamon ayollariga bo‘lgan munosabatlarni qattiq
qoraladi. Xotin-qizlarning aqliy imkoniyatlari erkaklarnikidan kam
emasligi haqidagi g‘oyani olg‘a surdi va uni asoslab berdi. 0 ‘sha
zam on amaldorlari-yu boyvachchalarining xotin-qizlarga nisba-
tan amalga oshirgan qabih ishlarini, ularning insoniy haq-hu-
quqlarini oyoq osti qilayotganliklarini fosh etdi. Xotin-qizlar
maxsus saroylarda, xaramxonalarda saqlanayotganligini qattiq
qoraladi va unga qarshi kurashga d a’v^t etdi. Xuddi shuning
40
uchun ham Mazdak qarashlari keng mehnatkashlar ommasi
orasida tez yoyildi.
Eron va Turon xalqlarining islomga qadar b o ‘lgan inson
to ‘g‘risidagi falsafiy qarashlarini qadimgi Sug‘d yozma yodgor-
liklaridan ham bilib olish m um kin1. Ana shunday madaniy yod-
gorliklardan biri «Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari» sutra-
sidir2. Buddizm ta ’limoti ta ’sirida vujudga kelgan ushbu asarning
yetakchi g‘oyasi odamlarni yaxshilik, ezgulik tom on boshqarish,
ularni m a’naviy yetuk, im on-e’tiqodli qilib tarbiyalashdan ibo-
ratdir. Sug‘d sutrasida, y a’ni diniy-axloqiy pandnom asida
ta’kidlanishicha inson ma’naviyatining asosida din-u e’tiqodga sado-
qat yotmog‘i darkor. D in-u e’tiqodga sadoqat inson hayotining
m a’nosini tashkil etmog‘i lozim. Rahm -shafqat, saxovatpesha-
lik, jaholatni yaxshilik bilan yengish, muslih tabiatli bo‘lishga
chorlash, tirik jonzotlarga ozor yetkazmaslik, miskin, beva-
bechoralarga sidqidildan yordam berish, din va dindorlaiga, bilimli
ziyolilarga izzat-ikrom, dinning turli belgilari, ramzlari, mu-
qaddas qadamjolariga, ibodatgohlariga va ularning turli qismla-
riga hurmat, muqaddas kitoblarga yuksak ixlos va e’tiqod va
boshqa ko‘plab insoniy xislatlarni shakllantirish sutraning asosiy
mazmunini tashkil etadi.
«Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari»da inson taqdiri-
ning turli ko'rinishlari: «Birov shodu-xandon, birov xonavay-
ron, yana birov past, birovi baland, birov qul, birov farmon
etuvchi butkul, yana birov tuzalm as dardm and, boshqasi
sog‘lom, sarbaland, birov ulkan, lekin hukm -u buyruqlarni
bajaruvchi m ute, birov kichkina, lekin u hukm ron, uning
Do'stlaringiz bilan baham: