O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  «Avesto»  tiklangandan  so ‘ng  unga  bitilgan  sharhlarni  «Zand»  deb  atay



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  «Avesto»  tiklangandan  so ‘ng  unga  bitilgan  sharhlarni  «Zand»  deb  atay 

boshladilar.  Shuning  uchun  ham  ilmiy  adabiyotlarda  «Zand-Avesto»  termini  yu- 

zaga  keldi.

2  M a’rifat,  2003-yil  18-yanvar.

3  «Unsur»  arabcha  so ‘z  bo'lib,  jism  tarkibidagi  modda  m a’nosini  anglatadi.

31


tuproqqa  qaytarmoq  uchun,  eng  aw alo,  tanadagi  go‘shtni  su- 

yagidan  ajratmoq  lozim,  deb  hisoblangan.  Chunki  odam  go‘shti 

harom   b o ‘lganligi  uchun  muqaddas  tuproqni  bulg'ashi  mumkin. 

Xuddi  shuning  uchun  ham   o ‘lgan  kishilar  suyagini  go‘shtidan 

ajratm oq  uchun  m urdalar  o ‘laksaxo‘r  qushlar,  itlar  oldiga 

q o ‘yilgan.  Murdaning  go‘shti  suyagidan  ajralib  qolgach,  maxsus 

moslamalarga  joylashtirilib,  yerga  ko‘milgan.  Shunday  qilib,  zar­

dushtiylik  ta ’limotida  ta ’kidlanishicha,  tabiatdan  olingan  odamzot 

tanasi  yana  uning  o'ziga  qaytarilgan.

«Avesto»  kitoblaridan  biri  —  «Yasht»da  ta ’kidlanishicha,  in­

son  o ‘lgandan  so‘ng,  uning  butun  umri  davomida  qilgan  ish- 

lariga  adolatli  baho  berilmog‘i  darkor.  0 ‘limdan  so‘ng  m arhum  

bilan  vidolashilayotgan  eng  so‘ngi  kezlarda  uning  bosib  o ‘tgan 

hayot  yo‘li  adolat  tarozisiga  qo'yiladi.  Adolat  tarozisining  bir 

pallasida  marhum  qilgan  jam iki  yaxshi  ishlari,  boshqa  bir  pal- 

lasiga  yovuzlik,  jaholat  bilan  bog‘liq  nojo‘ya  xatti-harakatlari 

q o ‘yiladi.  Yaxshilik,  ezgulikka  qaratilgan  ishlari  og‘irlik  qilsa, 

m arhum   ruhi  jannatga,  yovuzlik  va  jaholatga  qaratilgan  ishlari 

ustunlik  qilsa  do‘zaxga  jo ‘natiladi.  Zardushtiylik  ta’limotida  odam 

tanasi  bilan  joni  orasidagi  o ‘zaro  aloqadorlikning  mohiyatini 

tushuntirishga  qaratilgan  fikr-mulohazalaming  ko‘pligi  alohida 

ahamiyatga  molikdir.  Ushbu  ta ’limotga  asosan,  odam  o ‘lgandan 

so‘ng  uning  joni  uch  kun  tanada  turar  emish.  Faqat  to ‘rtinchi 

kunda  jo n   go‘zal  qiz  qiyofasiga  kirib,  farishtalar  yo‘lboshchiligida 

narigi  dunyoga  jo ‘naydi.  Narigi  dunyoga  yetib  borgach,  o'sha 

go‘zal  qiz  «Chinvat»  degan  ko‘prikdan  o'tishi  lozim.  Bu  dunyoda 

yaxshi  ishlar  qilgan  odam   uchun  o ‘sha  «Chinvat»  ko‘prigi 

kengayarmish.  U ndan  bemalol  o ‘tib  olgan,  tanani  tark  etgan 

jon  abadiy  rohat-farog‘atda  yashar  emish.  Rohat-farog‘atda  yasha- 

yotgan  jo n lar  oxiratni  kutib  yotaverarmish.  O 'liklar  tirilishi 

m uqarrar  bo'lgan  oxirat  yetib  kelgach,  o‘z  tanalariga  yana  qaytib 

kelarkanlar.  Um rida  birovlarga  yaxshilik  qilmagan,  yovuzliklar 

bilan  shug‘ullangan  odam lar  joni  «Chinvat»  ko'prigidan  o ‘ta 

olmas  ekan.  Bunday  kimsalar  uchun  ko'prik  torayib  qolar, 

ulam ing  jonlari  jahannam   azoblariga  giriftor  bo'larkan.

Zardushtiylik  ta ’limotiga  ko‘ra,  olam  biri  ikkinchisiga  qara- 

m a-qarshi  kuchlar,  xususan,  yaxshilik  bilan  yomonlik,  rost  bilan 

yolg'on,  yorug‘lik  bilan  zulmat  orasidagi  kurashga  asoslangan. 

Bu  kurashni  hech  qachon  murosaga  keltirib  bo'lmaydi.  Shuning

32



uchun  ham   bu  kurash  butun  koinotni  qamrab  oladi.  Yaxshilik, 

yorug‘lik,  rostgo‘ylik  Ahura  Mazda,  yomonlik,  zulmat  esa  Anhra 

M anu  (Ahriman)  Xudolari  timsolida  namoyon  bo‘ladi.  Xuddi 

shuning  uchun  A hura  M azda  butun  olam ni,  yerni,  suvni, 

o‘simliklami,  hatto  dastlabki  odamni  ham  yaratgan  emish.  Butun 

tirik  mavjudot,  hayotni  ham   Ahura  Mazda  kashf  etibdi.

Ahura  M azda  yaratgan  birinchi  Odam  Ato  Iyim  deb  nom - 

langan  ekan.  Ahura  Mazdaning  ko‘rsatamasiga  muvofiq,  Iyim 

yer  yuziga  turli  jonli  mavjudotlar,  xususan,  odamlar,  hayvon- 

lar,  qushlar  urug‘ini  sochib,  osoyishtalik  bilan  parvarish  qilibdi. 

Ularning  o ‘sib  ulg‘ayishi  uchun  zarur  bo ‘lgan  qizil  shu’la  tara- 

tib  turuvchi  olovni  ko‘paytiribdi.  Shu  asnoda,  Iyim  yer  yuzida 

900  yil  yashabdi.  Odam  bolasining  soni  ko‘payib  ketib,  yer 

yuzi  unga  torlik  qila  boshlabdi.  Ana  shunda  Iyim  Xudoga  iltijo 

qilib,  yerni  kengaytirishni  so‘rabdi  va  bunga  erishibdi  ham. 

Kunlarning  birida  Ahura  Mazda  yer  yuzini  muzlik  bosib  kelayot- 

ganligi  haqida  Iyimni  xabardor  qilibdi.  Iyim  yer  yuzida  mavjud 

b o ‘lgan  tirik   m av ju d o tlar  u ru g ‘ini  saqlab  qolish  u c h u n  

shoshilinch  choralar  ko‘rishga  kirishibdi.  Maxsus  uy  qurib,  yer 

yuzida  yashab  turgan  barcha  tirik  mavjudotlaming  eng  yaxshi 

zoti,  a’lo  navlaridan  bir  juftdan  saqlab  qolibdi.  Shunday  qilib 

Iyim,  yer  yuzida  yashovchi  tirik  jonzotlarni  dahshatli  ofatdan 

saqlab  qolgan  ekan.

Zardushtiylik  diniy-falsafiy  ta ’limotida  ta ’kidlanishicha,  Xudo 

asli  odamzotni  yaratganda  uni  umuman  o‘lmaydigan,  mangu 

yashaydigan  qilib  yaratgan  ekan.  Lekin  o ‘sha  Odam  Ato  —  Iyim 

o ‘zi  amalga  oshirgan  xayrli  ishlardan  mag‘rurlanib  ketib,  Xudo 

tom onidan  taqiqlab  qo‘yilgan  ne’mat  —  qoramol  go‘shtidan 

tanaw ul  qilib  qo‘yadi.  Oqibatda  Xudoning  qahriga  uchraydi. 

Shunday  qilib,  odamzot  abadiy  yashash  imkoniyatidan  mahrum 

b o ‘lib  qolibdi.

Yaxshilik  xudosi  Ahura  Mazdani  xayrli  ishlarini  kuzatib  tu r­

gan  yomonlik  xudosi  Anhra  Manu  ham  tek  turmadi.  U  osmonni 

toraytirdi,  kishilaming  qalbiga  g ‘ashlik  va  xafalik  soldi.  Makr, 

xiyla,  riyokorlik,  ayyorlikning  turli-tum an  ko‘rinishlarini  yarat- 

di.  Xuddi  o ‘sha  Anhra  Manu  alvasti,  ajdaho,  dev  kabi  jonzo­

tlarni  o ‘ylab  topdi.  Zaharli  jonivorlar,  qumursqalarni  yaxshilik, 

mangulikka  qarshi  qo‘ydi.  Yaxshilik  bilan  yomonlik  orasidagi 

kurash  borgan  sari  avj  olaverdi.

33



Zardushtiylik  ta ’limotiga  ko‘ra,  inson  faoliyatini  boshqarib 

turgan  eng  muhim   qudrat  —  axloq-odob  normalaridir.  Shuning 

uchun  Zardusht  oliy  ibtido  —  Ahura  M azdadan  insonning 

kundalik  amaliy  faoliyatini  axloqiy  kamolot  tom on  boshqaruv- 

chi  qonun-qoidalami  aniqlab  berishni  so‘raydi.  Ana  shunda  Ahura 

Mazda  butun  olam  borlig‘i  ikki  yirik  boshlang‘ich  asos  —  ezgu- 

lik  va  yovuzlik  atrofida  mujassam  ekanligini  xabar  qiladi.  Biri 

ikkinchisiga  zid  bo ‘lgan  ushbu  asoslar  doimo  o ‘zaro  aloqador- 

likda  bo‘ladi.  Bunday  holat  hayot  va  o‘lim,  osmon  va  jahannam  

orasidagi  kurashda  yaqqol  namoyon  bo'ladi.

Zardushtiylik  ta ’limotida  «hayotning  eng  yomon  onlari»,  ya’ni 

yomonlik  jahannam ga,  yaxshilik,  ezgulik  esa  musaffo,  beg'ubor 

osmonga  qiyos  qilinadi.  Yaxshilik  va  yomonlik  olamda  mavjud 

b o ‘lgan  hodisalar,  voqealar  mohiyatidan  kelib  chiqadi.  Imonli, 

e’tiqodli  kishilar  yaxshilik  bilan  yomonlik  orasidagi  uzoq  vaqt- 

dan  buyon  davom  etib  kelayotgan  dushmanlikni  ustakorlik  b i­

lan  bartaraf  etishlari  darkor.  Odamlar  Ahura  Mazda  tom onidan 

yuborilgan  axloqiy  norm alar,  tartibotlarga  amal  qilsalar,  uning 

pand-u  nasihatlariga  quloq  solsalar,  yomonlik  ustidan  yaxshilik- 

ning  g‘alabasi  ta ’minlanadi.

Zardushtiylikning  m uqaddas  kitobi  —  «Avesto»  («Yasna»)da 

bayon  etilishicha,  yaxshilik  bilan  yomonlik  orasidagi  kurashda 

oraliq  yo‘l  bo‘lmasligi  lozim.  Shuning  uchun  ham  har  bir  kishi 

bunday  jarayondan  chetda  turishi  mumkin  emas.  Chunki  yaxshi­

lik  bilan  yomonlik  orasidagi  kurashda  hal  qiluvchi  rolni  inson- 

dagi  im on-e’tiqod  o ‘ynaydi.  Im on-e’tiqodli  kishi  hamisha  yax­

shilik  tomonida  turadi.  Xuddi  o ‘sha  im on-e’tiqod  yaxshilik  bilan 

yomonlikni  birini  ikkinchisidan  ajrata  bilish  imkoniyatini  yara- 

tadi.

Z ardushtiylik  falsafasida  ta ’kidlanishicha,  inson  im o n - 



e’tiqodining  uchta  yirik  tayanchi  bo ‘ladi:  fikrlar  sofligi  («ezgu 

fikr»),  so‘zdagi  sobitlik  («ezgu  kalom»)  hamda  faoliyatning  in- 

sonparvarligi  («ezgu  amal»).  «Avesto»da  yozilishicha,  im on- 

e’tiqodning  mustahkamligini  ifodalovchi  alomatlar  turli-tum an 

bo‘ladi.  Xususan,  bergan  so‘zining  ustidan  chiqish,  unga  sodiq 

qolish,  savdo-sotiqda  tuzilgan  shartnomalarga  qat’iy  amal  qilish, 

qarzni  o‘z  vaqtida  to ‘lash,  aldamchilik  va  xiyonatdan  xoli  bo‘lish, 

im on-e’tiqodlilik  alomatlaridir.  Imonli  odam  o ‘g‘rilik  va  talonchi- 

likdan,  birovlarning  m ol-u  dunyosiga  ko‘z  olaytirishdan  o ‘zini

34



saqlaydi.  Im o n -e’tiqodli  inson  uzluksiz  o‘z  bilimlarini  oshirib 

boradi,  kasb -ko r  m alakalarini  tak o m illash tirad i,  kishilarni 

m a’rifatga,  insof-u  diyonatga,  insonparvarlikka  chorlaydi.  Inson 

m a’naviy  yetuk  bo‘lsa,  kasb-kor,  bilim-ilm  bilan  rizq  topib 

yashasa,  kun  o ‘tkazsa  uning  imoni  butunligidan  dalolat  beradi. 

Bunday  kishilar  hech  qachon  odamlar  nazaridan  chetda  qol- 

maydilar.

Zardushtiylik  ta’limotda  yaxshilik,  ezgulikning  barcha  qirralarini 

o ‘zida  mujassamlashtirgan,  adolatli  barkamol  insonni  shakllan- 

tirish  g‘oyasi  markaziy  o ‘rinni  egallaydi.  Zardushtiylikning  yax­

shilik  Xudosi  Ahura  M azda  odamlarni  insof,  diyonatga  undaydi, 

b ir-b irla ri  b ila n   m u ro sa  qilib  yashashni  o d a t  q ilish lari, 

g‘arazgo‘ylik,  hasadgo‘ylik,  kalondimog‘lik,  shuhratparastlik  kabi 

g'ayriinsoniy  qiliqlardan  o ‘zini  tiyib  yurishga  chorlaydi.  Bunday 

olijanob  istaklarning  ijobat  bo ‘lishida  Ahura  Mazdaga  «Abadiy 

yaxshilik»,  «Yaxshi  fikr»,  «Yaxshi  tartib»,  «Munosib  qudrat», 

«Ilohiy  tobelik»,  «Sihat  salomatlik»,  «Abadiylik»  kabi  qadriyat- 

lar  madad  berib  turadi.

Zardushtiylik  qoidalariga  k o ‘ra,  insonning  barkamolligini 

belgilashda,  uning  nafaqat  tashqi  qiyofasi,  balki  m a’naviy 

dunyosi  ham  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Shuning  uchun 

ham  Ahura  M azda  tanalaringizga  nisbatan  qalbingiz  haqida 

ko‘proq  qayg‘uring,  chunki  m a’naviy  dunyongiz  qancha  musaffo 

bo‘lsa,  moddiy  turm ushingiz  ham  farovon  b o ‘lib  boraveradi, 

deb  tushuntiradi.  «Avesto»da  ta ’kidlanishicha,  insonning  m a’naviy 

yetukligi  uning  do‘st-u  birodarlariga  sadoqati,  kechirimli  bo‘lishi, 

johillarning  qalbini  yaxshilik  nuri  bilan  to ‘ldirishi,  yomonlikka 

yaxshilik  bilan  javob  qaytarishi  kabi  m ezonlar  bilan  o ‘lchanadi. 

Yodnomada  insonning  m a’naviy-axloqiy  fazilatlarini  ulug'laydigan 

bir  qator  fikr-m ulohazalar  bugungi  kun  uchun  ham   o ‘z  qadrini 

yo‘qotmaganligi  diqqatga  sazovordir.  Chunonchi:  « 0 ‘zgalarni  yax- 

shilikka  yo‘llay  olgan  odam nigina  yaxshi  odam   deyish  m um ­

kin»,  «Tangri  rostgo‘ylarning  nigohbonidir»,  «Menga  hamisha 

g‘ayrat  va  shijoat  baxsh  et.  Meni  hamisha  g ‘aflat  uyqusidan 

yiroq  tut»,  «Qayerda  ikki  tan  bir-birini  q o ‘llasa,  o ‘sha  yerda 

ish  yurishadi»  va  hokazo.  K o ‘rinib  turibdiki,  zardushtiylik 

ta ’limotida  m a’naviyat  har  tom onlam a  ulug‘langan.  M a’naviyat, 

bilim -ilm   ahlining,  m udarris-u  muallim larning  tafakkur  dara- 

jasiga,  o ‘z  vazifasiga  bo ‘lgan  fidoyiligiga,  xalqi,  Vatani  oldi-

35



dagi  m as’uliyatini  nechog‘lik  his  etishiga  bog‘liqligiga  alohida 

e ’tibor  berilgan.

«Avesto»(«Yasht»)da  ta ’kidlanishicha,  inson  o ‘zining  olijanob 

insoniy  fazilatlari  bilan  g‘ayriinsoniy  xatti-harakatlarga  qarshi 

b o ‘lmog‘i  lozim.  Olijanob  insonlarning  sa’y-harakatlari  tufayli 

yurtda:  farmonbardorlik  bo ‘ysunmaslik  ustidan,  sulh  mojaro  usti­

dan,  to ‘g‘rilik  egrilik  ustidan,  g ‘ayratlilik  tanballik  ustidan,  rost- 

go'ylik  yolg‘onchilik  ustidan,  adolat  zulm  ustidan  tantana  qilmog‘i 

darkor.  Zardushtiylik  odamlarni  do ‘st-u  birodar  bo‘lib  yashashga 

d a’vat  etadi.  Irqi,  qavmi,  aymog‘i,  dinidan  qat’iy  nazar  ham - 

mani  basharning  baravar  a ’zosi  deb  biladi.  Dinni  ro ‘kach  qilib 

munofiqlik  bilan  odam lar  orasida  noittifoqlik  urug‘ini  sochadi- 

gan  riyokor  oqimlarni  qattiq  qoralaydi.

«Avesto»  («Yasht»)  sahifalarida  insonparvarlik,  vatanparvar- 

lik,  odam larga  yaxshilikni  ravo  k o ‘rish  h a r  to m o n lam a 

ulug‘lanadi.  G ‘aflat  va  loqaydlik  esa  qoralanadi.  Birovlarga  jabr- 

zulm  o ‘tkazgan  kimsalardan  uzoq  yurishga,  behuda  qirg‘inbarot 

u ru sh lard an   zarar  k o ‘rgan  jab rd iy d alarg a  yordam   q o ‘lini 

cho‘zishga  chaqiriladi.

Zardushtiylikning  asoschisi  Zardusht  Spitamonning  fikriga 

ko‘ra,  insonning  m a’naviy-axloqiy  qiyofasining  shakllanish  jara- 

yonini  tezlashtirmoq  uchun,  odam lar  orasidagi  ishonchsizlikni 

o ‘rtadan  ko‘tarm oq  darkor.  Qavm-u  qarindoshlar  orasida  bir- 

biriga  adovat,  dushmanlik  boim asligi  lozim.  H am kor-u  ham na- 

faslar  g‘alamislardan  qutulm og‘i,  jahon  ahli  yomon  rahbarlar 

zulmidan  xoli  bo‘lmog‘i  zarur.  El-yurtda  osoyishtalik,  barqarorlik 

hukmron  bo‘lmog‘i,  fuqarolar  ongi  va  faoliyatida  nafaqat  o ‘zi, 

balki  boshqalar  haqida  g ‘am xo‘rIik  qilish  tuyg‘usi  ustuvor 

bo‘lmog‘i  darkor.

«Avesto»da  qayd  etilishicha,  insonning  yashashi  uchun  eng 

muhim  shartlardan  biri  yeiga  bo‘lgan  oqilona  munosabatdir.  Xuddi 

shuning  uchun  ham  zardushtiylik  ta ’limoti  kishilarni  yerdan 

unumli,  oqilona  foydalanishga  da’vat  etadi.  Qo‘riq,  bo‘z  yerlarni 

o ‘zlashtirish,  uni  sug‘oriladigan,  ekin  ekiladigan  maydonlarga 

aylantirish,  ayniqsa,  g‘alla  ekish  insonning  muqaddas,  olijanob 

ishlaridan  biri,  chunki  g‘alla  inson  tirikchiligining  asosi,  deb 

qaraladi.  Ana  shunday  olijanob  maqsad  yo‘lida  halol  mehnat 

qilish  —  inson  hayotining  mag‘zidir,  deyiladi.  Shuningdek,  ijti- 

moiy-foydali  mehnat,  uning  samarasi,  ya’ni  halol  m ehnat  tu-

36



fayli  yetishtirilgan  hosil  yovuz  kuchlarga  (hatto  devlarga)  be- 

rilgan  qaqshatqich  zarba,  deb  hisoblanadi.

«Avesto»  bashoratlarida  e ’tirof  etilishicha,  yerdan  unumli, 

oqilona  foydalanmoq  uchun,  unga  «yaxshi,  sog‘lom  urug‘  sepish» 

lozim.  Yerga  yaxshi  niyat  bilan  urug‘  qadash,  o ‘n  ming  marta 

ibodat  qilish  yoki  yuzlab  jonivorlarni  qurbonlikka  so‘yishdan 

afzal,  deb  hisoblanadi.  Ekin  ekish,  dehqonchilik  qilish  ona 

zaminda  mavjud  bo ‘lgan  turli  yovuzliklami  haydash,  uning  il- 

dizini  quritishning  m uhim   yo‘li,  deb  qaralgan.  Kim  yerga  urug‘ 

qadasa,  u  o ‘zidagi  odamiylikning  darajasini,  im on-e’tiqodining 

mukammalligini  namoyish  qiladi.  Yagona  shu  yo‘l  haqiqat  bo‘lib, 

qolganlari  sarobdir,  deyiladi.  Xuddi  shuning  uchun  ham,  odam- 

larning,  ayniqsa,  yoshlarning  m ehnat  tarbiyasiga  e’tibor  qara- 

tildi.  M adaniy-tarixiy  yodgorlikda  ta ’kidlanishicha,  odamlarning 

halol  m ehnat  qilishi,  ularning  rizq-ro‘zlarining,  baxt-saodatla- 

rining  manbaidir.  Halol  m ehnat  sohibi  uchun  g‘ayriinsoniy  odat- 

lar:  o ‘g ‘irlik,  xiyonat,  bezorilik  bilan  shug‘ullanishga  vaqt  topil- 

maydi.


Zardushtiylik  ta ’lim otiga  muvofiq,  inson  barkam ol  b o ‘lib 

rivojlanishi  uchun  yaxshi  ovqatlanishi  zarur.  Zardusht  vasiyat- 

lariga  ko‘ra,  yom on  ovqatlangan  xalq  na  yaxshi,  na  kuchli 

ishlovchilarga,  na  sog‘lom,  na  baquw at  bolalarga  ega  b o ‘ladi. 

Y omon  ovqatlanishdan  odob-axloq  ham  aynib  ketadi.  Shuning 

uchun  inson  barkamolligining  m uhim   shartlaridan  biri  bo'lgan 

oziq-ovqat  m o ‘l-k o ‘lchiligini  ta ’m inlam oq,  buning  uchun  esa 

dehqonchilik,  chorvachilik  m ahsulotlarini  ko‘paytirish  lozim. 

Qaysi  m am lakatda  non  m o ‘l-ko‘l  b o ‘lsa,  o ‘sha  yurtda  m uqad- 

das  so ‘zlar  ham,  pan d -u   nasihatlar  ham   tez-u   soz  qabul 

qilinadi.

«Avesto»  («Yasna»)da  jamiyatni,  davlatni  boshqarib  turgan 

rahbar  (oqsoqol,  kayvoniy)  shaxsi  haqida  ham   bir  talay  fikr- 

mulohazalar  bayon  qilingan.  Zardusht  muxlislarining  fikrlariga 

ko‘ra,  rahbar  hamisha  jam oa  manfaatini  himoya  qilishi,  jam oa 

tom onida  b o ‘lishi  shart.  U  o ‘zi  mansub  bo ‘lgan  odam lar  gu- 

ruhi,  toifasi  bilan  birga  nafas  olmog'i,  ularning  quvonchlari-yu 

tashvishlari  bilan  yashamog‘i,  jam oa  dushmanlariga  nafrat  bilan 

qaram og‘i  darkor.  Yaxshi,  olijanob  rahbar  el,  xalq  boyligi, 

baxti  hisoblansa,  yomon  rahbar  odamlar  boshiga  bitgan  balodir. 

Shuning  uchun  ham,  jamiyat,  el,  ulus,  olam  «Avesto»da  yo-

37



zilganidek,  yom on  rahbarlardan  tezroq  qutilishi,  xalos  bo'lishi 

darkor1.


Zardushtiylik  ta ’limotida  tinchlik-osoyishtalik  barqaror  bo'lgan 

hayot  h a q iq a t  ram zi  h iso b lan ad i.  «Avesto»  («Y asna»)da 

ta ’kidlanishicha,  kishilar  tinch-osoyishta  yashamoqliklari,  m ehnat 

qilmoqliklari  uchun  ular  turm ush  tarzidan  urush,  talonchilik, 

nohaqlik,  ta ’magirlik,  shafqatsizlik,  g‘arazgo‘ylik,  hasadgo'ylik, 

shuhratparastlik,  qonunbuzarlik  kabi  yaramas  illatlarni  surib 

chiqarmoq  lozim.  Bunday  talablar  o‘z  davrining  qasamyodi 

bo'lib,  unga  zid  ish  tutish  gunoh  hisoblangan.  Zardushtiylik 

qoidalariga  ko‘ra,  insonning  insonga  bo ‘lgan  munosabatlari  qan- 

daydir  bir  qolipgasolingan  emas. Zardusht  asos  solgan  ta ’limotga 

muvofiq,  inson  eng  ulug‘  zot,  uning  izzat-nafsi  g'oyatda  hur- 

mat  qilinishi  lozim.

Zardushtiylik  ta ’limotida  bayon  qilingan  inson  va  insonpar­

varlik  haqidagi  g‘oyalar  Moniy,  Mazdak  qarashlarida  davom 

ettirildi.

Yaqin  va  O lrta  Sharq  mamlakatlarida  eramizning  III  asrida 

keng  yoyilgan  Moniylik  ta ’limotiga  M oniy  ibn  Fatak  (216—277- 

yillar)  asos  solgan.  M oniy  Sharqning  m ashhur  kishilaridan  biri 

edi.  Taqdirida  shon-shuhrat  bilan  fojealar  qo‘shilib-qorishib  ket- 

gan,  qomusiy  salohiyatga  ega  boMgan  alloma  qadimiy  Bobulis- 

tonda  (Janubiy  Vaviloniya)  taxminan  216—217-yillarda  tavallud 

topgan.  N odir  iste’dodli,  o ‘tkir  zehnli  M oniy  yoshligidanoq 

falsafa  ilmiga  ixlos  qo‘ydi.  Musiqa,  hattotlik,  tasviriy  san’at  sir- 

larini  o ‘rgandi.  «Chin  rassomi»  aniqroq  qilib  aytganda,  «Shin- 

jang»  (Sharqiy  Turkiston)  musawiri  nomini  oldi.  Eron  va  Turon, 

Hindiston  shaharlarini  kezib,  fuqarolarni  yagona  dinga  birlash- 

tirish  g‘oyasini  targ‘ibot  va  tashviqot  qildi.  0 ‘zini  ushbu  g‘oyaning 

sadoqatli  payg‘ambari,  deb  e ’lon  qildi.  Uning  e ’tiqodiga  sajda 

qiluvchi  odam lar  soni  borgan  sari  ortib  boraverdi.

M oniy  ib n   F a ta k   o ‘zining  d in iy -falsafiy   q a ra sh la rin i 

«Shaburaqon»,  «Kanz  ul-ahyo’»,  «Jabborlar  haqida»,  «Sirlar 

kitobi»,  «Avangelon»,  «Kefalaya»,  «Bungohik»  (Bungohang») 

kabi  asarlarida  bayon  etgan.

M oniy  ta ’limotiga  ko‘ra,  borliqning  ikki  asosi  bor.  Birinchisi

—  yorug‘lik,  yaxshilik  bo‘lsa,  ikkinchisi  —  ruh  va  zulmatdir.


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish