2 Qarang: Степанян М.И. Восточная философия. М ., 1997, 48-bet.
1
Qarang: Ф илософ ия. Часть первая. И стория ф илософ и и. М ., 1999,
42—44-betlar.
21
adolat, mardlik, urf-odatlarga rioya qilish, bilimdonlik bezab
turm og‘i lozim, deydi. «Hikmatli zot» fuqarolarga nisbatan
muruvvatli, xizmat vazifasini sidqidildan bajaruvchi, egallab
turgan lavozimidan o ‘ziga shon-shuhrat orttirish uchun emas,
balki jamiyat a ’zolari farovonligini ta ’minlashga qaratmog‘i darkor.
Uning xatti-harakatlari ohista va xotirjam, tabiatiga dag'allik va
fahmsizlik begona, kiyinishlari ozoda va o ‘ziga munosib, jam i-
yatda o ‘rnatilgan m a’naviy-axloqiy qoidalaming mohiyatini chu-
qur anglab yetuvchi, boylik va m artabani «taqdir in ’omi» deb,
ularga atayin intilmaydigan, xayr-u saxovatli, lekin isrofgar-
chilikka yo‘l bermaydigan, halollik bobida sobitqadam va duch
kelgan guruhga qo‘shilib ketavermaydigan kishidir. Konfutsiy
bunday xislatlar sohibi bo‘lgan kishini «Go'zal inson», deb
biladi. Jamiyatni, davlatni shunday «Go'zal inson»lar boshqar-
sa, shubhasiz, unday yurtda farovonlik ta ’minlanadi.
Konfutsiy «Himmatli zot» shaxsining antipodini — «Noba-
kor kimsa», deb ataydi. «Nobakor kimsa»ning xatti-harakati,
«Him m atli zot»nikiga teskari. U o ‘z nafsining quli, burch, insof
nimaligini um um an bilmaydi. Jam iyatda o ‘m atilgan tartib-inti-
zom ni makkorlik bilan buzadi. Jamiyatning hukmdori bo'lgan
«Osmon o ‘g‘li» xohish-irodasini sezmaydi. Uning bisotida jam i
yatning martabali kishilariga, donishmandlariga, olim -u fozil-
lariga hurm at-izzat bo'lmaydi. Eng m uhim i o ‘z qadr-qim m atini
bilmaydi, hatto talonchilik qilishdan ham uyalmaydi. Shunday
qilib, Konfutsiy ta ’limotida insonning shaxsiy, axloqiy xislatlari
chuqur ijtimoiy mazmunga ega bo'lgan m e’yorga aylanadi.
Konfutsiyning e’tirof etishicha, «Himmatli zot» hasad bilan
shug'ullanmasligi, hasadgo'ylar davrasida bo‘lmasligi, birovlarga
hasad bilan qaramasUgi, o'zidan yuqori martabali kishilarga izzat-
ikromli, qo‘l ostida ishlovchi fuqarolarga muruvvatli, xalqni
boshqarishda adolatli, o ‘z hayotini garovga qo‘yib bo ‘lsa-da,
to ‘g‘rilikni himoya qilishi zarur. Jamiyatni, davlatni boshqaruvchi
oliy «Him m atli zot» biyron so'zli notiq yoki oliy himmatli
kishi bo ‘lmasligi mumkin. Chinakam «Himmatli zot» so'zi ishiga
mos tushm asa qattiq aziyat chekadi. Bunday kishilar hamisha
obro'li, dovruqli bo'lam an, deb emas, balki o'zida bor im-
koniyatlarni, qobiliyatlarni to ‘la ro‘yobga chiqara olmadim, deb
aziyat chekadilar.
Konfutsiyning fikriga ko'ra, «Himmatli zot» quyidagi to'qqiz
22
holatni o ‘zining amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega, deb
qaramog‘i darkor. Chunonchi: qaraganda ko‘ra olishni (ko'rishni);
tinglaganda eshita olishni (eshitishni); birovlar bilan so‘zlashganda
chehrasida samimiyat, qiyofasida o ‘zgalarga ehtirom bo ‘lishni;
nutqida sadoqat, ishida shinavandalik bo‘lishini; shubhalanganda,
boshqalardan so'rashni; tutaqqan paytda oqibatni o‘ylashni; bir
narsani boshqalardan olayotganda uning qarz ekanligini tushu-
nib yetishni unutmasligi darkor. Mamlakatni boshqaiganda, beshta
go‘zal usulga astoydil amal qilishni va to 'rtta holatdan o ‘zini
olib qochishi zarur. C hunonchi, «Himmatli zot» jam ivatni
boshqarganda, eng avvalo, JsrofgarchjJikka.
yoll
qo‘ymasligi; J s h
p ay tid a ta la b c h a n b o ‘lis h iv lekin.. b a sh q a la rd a n o ro z ilik
uyg‘otmasligi; istak-xohishni ro‘yobga chiqarayotganda ochko‘zlik
qTrrnasIIgi; keng xulq-atvorga ega b o ‘lishi, lekin takabbur
bo‘lmasligi; hamisha o'zining ulug‘vorligi bilan ajralib turishi,
lekin atrofdagilarga vajohat solmasligi kerak.
Konfutsiy «Himmatli zot» jamiyatni boshqarganda, boshqaruv-
ning to ‘rt yaramas usulidan qochishini maslahat beradi. C hu
nonchi, qonunni chetlab o ‘tib, shoshma-shosharlik bilan tut-
qinni o'limga hukm etishni, ya’ni shafqatsizlik qilishni; top-
shirilgan ish natijasini ogohlantirmasdan turib talab etish, ya’ni
zo‘ravonlik qilishni; ish tugatilib, yakuniga yetib qolgan bo‘lishiga
qaramasdan, tegishli buyruqni hayallatib o‘tirish, ya’ni qaroqchilik
qilishni; mehnatga haq to ‘lashda xasislik, ya’ni pastkashlik qi
lishni tushunadi.
Qadimgi Xitoy mutafakkiri insonda insoniylik xususiyatlari-
ning shakllanishida jam iyatni boshqarib turgan rahbarning m u
ruvvatli bo‘lishi katta ahamiyatga ega ekanligiga e’tiborni qaratadi.
Muruvvatli rahbar deganda, eng avvalo, xalqqa foyda keltiruv-
chi yumushlar bilan shug‘ullanishni; fuqarolarning qobiliyatla-
riga qarab ish berishni va berilgan ishni o ‘z vaqtida bajarilishini
talab qilishni; katta va kichik, bosiq va tez odam lar bilan bir
xil muomalada bo‘lishni; qarashlaridagi qat’iyatni tushunadi.
B unday xislatlar «H im m atli zot»ni yanada . u lu g 'v o r qilib
ko‘rsatadi.
Konfutsiy o ‘zi yashayotgan jam iyatda sodir bo ‘layotgan ax-
loqsizliklardan qattiq tashvishga tushadi, fuqarolami tarbiyalash-
ga harakat qilib, ularni insof-diyonatga, bir-birlarini hurm at
qilishga, atrof-m uhit musaffoligini ta ’minlashga chorlaydi. Uning
23
tushuntirishicha, insoniylikning turli-tum an ko‘rinishlarini o ‘zida
mujassamlashtirgan chinakam inson faqat o ‘zi uchun emas,
boshqalar uchun ham yashamog‘i darkor. Insonning insoniyligi,
eng aw alo, quyidagi talablarga javob bermog‘i darkor. C hunon
chi: a) o ‘zi erishishni orzu qilgan muvaffaqiyatlarga boshqalar
erishishi uchun har tom onlam a ko‘mak ber; b) o‘zingning bo-
shingga tushishini istamagan kulfatlarni boshqalarga ham ravo
ko‘rma.
Konfutsiyning falsafly ta ’lim otida odamning chinakam inson
darajasiga ko‘tarilishida jam iyat, unda o ‘rnatilgan tartib-intizom
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuning uchun ham yetuk inson jamiyatda mavjud bo‘lgan tartib-
qoidalarni hurm at qilmog‘i darkor. Jamiyatda insonparvarlikka
O’en) asoslangan barcha tartib-intizom lar osmondan tushgan,
unga hamm a itoat qilishi shart. Barcha tartib-intizomlar, axloqiy
qoidalar, Konfutsiy qarashlarida — «Li» degan tushunchada o ‘z
ifodasini topgan. Jamiyatda «Li» bo ‘lmasa tartib-intizom ham
bo ‘lmaydi, tartib-intizom yo‘q joyda esa rivojlanish bo‘lmaydi,
degan fikr-mulohazalar Konfutsiy ta ’limotida markaziy o ‘rinni
egallaydi. Konfutsiy ta’limotida ushbu g‘oyalar jamiyatni boshqarib
turgan hukmdorlar uchun o £z hukm larini so‘zsiz bajartirish,
fuqarolarga tobelik ruhini singdirish, hech qanday e ’tirozsiz
bo‘ysunish kayfiyatini shakllantirish uchun qo‘l kelganligini ham
unutm aslik lozim.
Jahon sivilizatsiyasi tarixida birinchilardan bo‘lib xitoylik mu-
tafakkir Konfutsiy inson faoliyatini baholovchi m ezonni yara-
tishga harakat qildi. Uning tushuntirishicha, odamlar o ‘rtasidagi
o ‘zaro munosabatlar tabiat qonunlariga asosan emas, balki al-
laqanday o‘ziga xos qonuniyatlarga asosan sodir bo'ladi1.
Kishilar faoliyatini to ‘g‘ri baholam oq uchun, eng aw alo,
o ‘sha faoliyatning sodir bo ‘lish sabablarini aniqlamoq zarur. Bir
ibora bilan aytganda, inson faoliyatiga baho berganda, uning
so‘ziga, nutq irod qilishiga qarab emas, balki kundalik ishiga
qarab baholam oq zarur,2 degan xulosaga keladi.
Qadimgi Xitoy falsafasida inson to ‘g‘risidagi falsafly fikrlar
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ta ’limotlardan yana biri
Do'stlaringiz bilan baham: |