O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


M assinon  fransuz  tiliga  tarjima  qilgan  va  chop  ettirgan



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

M assinon  fransuz  tiliga  tarjima  qilgan  va  chop  ettirgan.

144


erishishi  mumkin.  Ana  shunday  buyuklikka  ko‘tarilgan  inson, 

oliy  ilohiy  qudratdan  tushgan  nurni  o‘zida  aks  ettirgan  oynaga 

o‘xshaydi.  Yoki  Halloj  tili  bilan  aytganda,  «ilohiylik  insoniylikda 

o‘zini  namoyon  qiladi».  Shu  bois  Hallojning  tushuntirishicha, 

yuzaki  diniy  e’tiqodga  ega  bo‘lgandan  ko‘ra,  yoki  muqaddas 

Ka’ba  nomiga  zo‘rma-zo‘raki  e’tiqod  qilgandan  ko‘ra,  har  bir 

kishi  o‘z  qalbi,  yuragidagi  e’tiqodga  Ka’ba  deb  qarashi  zarur. 

Yuzaki  taqvodorlik  o‘rniga  faqirlar,  beva-bechoralarga  madad 

berish,  ota-onaning  hurmat-izzatini  bajo  keltirish  haqiqiy  in­

soniy  e’tiqod  namunasidir.  Xo‘jako‘rsinga  uzundan  uzoq  namoz 

o‘qish,  ro‘za  tutish,  zakot  berish,  zeb-u  ziynat  ichida  hajga 

borish,  amalda  esa  Ollohning  yerdagi  bandalariga  zulm  qilish, 

boylikka,  mol-u  dunyoga  hirs  qo‘yish,  Xudo  oldidagi  riyokor- 

likdan  boshqa  narsa  emas.

Bunday  erkin  fikr-mulohazalami  Halloj  islom  qoidalarini 

inkor  qilish,  yoki  unga  shubha  bilan  qarash  ma’nosida  bayon 

qilmasdan,  balki  Ollohga  bo‘lgan  cheksiz  e’tiqodini  namoyon 

qilish  maqsadida  bayon  qilgan.

Mansur  Hallojning  inson  to ‘g‘isidagi  qarashlarining  asosida 

islom  qoidalari  yotgan  bo‘lsada,  uning  falsafiy  ta’limoti  erkin 

fikrlashga  asoslangan  edi.  Chunki  u  bir  tomondan,  islomning 

sunniylik  ta’limotidagi  kreatsionizm,  ya’ni  Olloh,  olam,  inson 

o‘rtasida  o‘tib  bo‘lmaydigan  jar  —  chegara  qo‘yadigan  ta’limotga 

qarama-qarshi  o‘laroq,  orif  inson  bilan  Olloh  o‘rtasida  yaqin 

munosabat  bo‘lishi  mumkinligi  haqidagi  g‘oyani  ilgari  surgan 

bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan,  Olloh  oldida  hammaning  tengligi 

to‘g‘risidagi  Qur’on  ko‘rsatmalariga  ishora  qilib,  boylik  to ‘plash, 

Ollohning  bandalarini  aldash,  ularga  zo‘ravonlik  qilish,  jabr- 

sitam  o‘tkazish,  xo‘jako‘rsinga  namozxon  bo‘lish,  soxta  taqvo­

dorlik  kabi  riyokorliklarni  qattiq  qoraladi.

Hallojning  bunday  fikr-mulohazalari  Arab  xalifaligida  erkin 

fikrlashning  avj  olishiga  turtki  bo'ldi.  Odamlarda  erkin  fikr  yuri- 

tishning  shakllanishi  esa  Arab  xalifaligida  ijtimoiy  norozilikning 

kuchayishiga  sabab  bo‘ldi  va  Halloj  kofir,  deb  e’lon  qilindi. 

Xudo  bilan  insonning  qo‘shilish  g‘oyasini  targ‘ib  qilgani,  o‘zini 

ilohiylashtfcb,  «Xudoning  quliman»  deyish  o‘rniga,  «Anal  haq», 

ya’ni  «Men  Haqman»  degani,  Xudoni  o‘zi  bilan  tenglashtirga-

145



ni,  Ka’baga  hurmatsizlik  qilgani,  qarmatiylarni  qo‘llab-quwat- 

lab,  uni  buzib  tashlashga  da’vat  etgani,  Arab  xalifaligiga  qarshi 

bo‘lgan  zanjilar  qo‘zg‘aloniga  yordam  ko'rsatgani,  haj  ziyorati 

o‘rniga  dil  Ka’basini  ziyorat  qilishning  o‘zi  kifoya,  degani  uchun 

musulmon  qozilarining  fatvosi  bilan  Hallojning  qo‘llari,  bo'yni 

chopib  tashlandi.  Tanasi  to ‘rt  nimta  qilinib,  qora  moy  sepib, 

yoqib  yuborildi.  Shunday  bo‘lishiga  qaramasdan,  uning  qarash­

larini  iste’dodli  shogirdi  Abubakr  Shibliy  (859-964-y.)  yanada 

rivojlantirdi.  0 ‘z  navbatida,  Mansur  Halloj  asos  solgan  erkin 

fikr  yuritish  madaniyati  o‘rta  asr  musulmon  faylasuflarining 

inson  to ‘g‘risidagi  qarashlariga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatdi.

Erkin  fikr  yuritish,  ya’ni  xurfikrlilik  g‘oyalaridan  ilhomlan- 

gan  o‘rta  asr  musulmon  faylasuflari:  Abu  Nasr  Forobiy,  Ab- 

dullo  Rudakiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Ibn 

Rushd  inson  borlig‘i,  xususan,  uning  tanasi  bilan  joni,  jismi 

bilan  uning  insoniyligi,  insoniyligi  bilan  u  yashayotgan  jam i­

yat  o‘rtasidagi  o ‘zaro  aloqadorlik,  insonning  insoniyligini 

namoyon  qiluvchi  fazilatlar,  xislatlar  va  ularning  shakllanish 

jarayoni  muammolarini  nazariy  jihatdan  yechib  berishga  ha- 

rakat  qildilar.

Jon  va  tananing  o‘zaro  aloqadorligi  muammolari  haqida  fikr 

yuritgan  Abu  Nasr  Forobiy1  qadimgi  yunon  faylasufi  Platon- 

ning  jonning  ko‘chib  yurishi  haqidagi  ta’limotiga  qarshi  chiqdi. 

0 ‘zining  «Masalalaming  mohiyati»  («Uyunul  masail»)  risolasida 

jon  tanadan  oldin  mavjud  bo‘lmasligi,  bir  tanadan  boshqa  tanaga 

ko‘chib  o‘ta  olmasligi  haqidagi  g‘oyani  olg‘a  surdi.

Abu  Nasr  Forobiyning  fikriga  asosan,  odamlarning  tanasi 

paydo  bo‘lishi  bilan  uni  «oziqlantiruvchi  quwat»  vujudga  keladi. 

0 ‘sha  quwat  yordamida  inson  tanasi  hamisha  oziqlanib  turadi  va 

shu  jarayonda  insonda  sezgi  organlari  paydo  bo'ladi.  Sezgi  or- 

ganlari  tufayli  insonda  his,  tasawur,  xotira  birlashib,  xayol  hosil


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish