1 Qarang: Mahmudov M. Komil inson ajdodlar orzusi. Toshkent, 2002, 156—
157-betlar.
2 Qarang: Xayrullayev M. 0 ‘rta Osiyoda ilk uyg'onish davri madaniyati. Toshkent,
1994, 11-bet.
123
Musulmon madaniyati vujudga kelishi bilan ilm-fanda, ada-
biyotda va san’atda, madaniy-ma’rifiy aloqalarda uyg‘onish, jon-
lanish, ko‘tarinkilik, ya’ni musulmon renessansi sodir bo‘ldi.
Ayniqsa, Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan, m a’naviy-
ma’rifiy sohada tub sifatiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yevropa mam-
lakatlarida Renessans X III—XV asrlarda sodir bo‘lgan bo‘lsa,
Sharq mamlakatlarida bunday qudratli voqea IX—XII asrlarda
ro‘y bergan edi.
Musulmon renessansi o‘zining shakllanishi va rivojlanishi
jarayonida ikki yirik bosqichni bosib o‘tdi. Musulmon renessansi
birinchi bosqichining o‘ziga xos xususiyati ratsionalizm rivojlanib
borganligi bilan xarakterlanadi. Aniqroq qilib aytganda, IX—XII
asrlarda musulmon madaniyati, xususan, uning mag‘zi hisoblan-
gan musulmon falsafasida, fikrlash madaniyatida ratsionalizm
ustuvorlik qila boshladi. Aql dalillariga, xususan, fikriy quwatga
tayanish avj oldi. Aqlga erk berish, shubhasiz, aqidaparstlikning
burdini ketkazar edi. Inson borlig‘idagi g‘ayriinsoniy illatlarni aql
imkoniyatlaridan foydalanib bartaraf etish mumkinligiga ishonch
hosil bo‘la boshladi. Aqlni ulug‘lash o‘rta asr musulmon madani-
yatining, xususan, falsafasining o‘ziga xos xususiyati edi.
Ratsionalizm musulmon olimlariga erkin fikrlash uchun real
imkoniyat yaratdi. Xuddi shuning uchun ham ratsionalizm shar-
qona hurfikrlilikning nazariy asosi vazifasini bajardi. Ana shun
day nazariyaga suyangan iIg‘or musulmon faylasuflari nafaqat
olam borlig‘i, hatto Xudo borlig‘i muammolarini ham aql
dalillari chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qila boshladilar. Aql dalil
lariga tayangan musulmon allomalari olam va odam muammo
larini o‘rganib, umumbashariy yutuqlarga erishdilar. Diniy fana-
tizmni qattiq tanqid qildilar. 0 ‘rta asr musulmon madaniyati
yutuqlariga suyanib fikr-mulohaza yuritgan faylasuflar odam va
olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmining sir-u asror-
larini aql imkoniyatlari yordamida o‘rganib, odam bisotida mavjud
bo‘lgan, hali foydalanilmagan imkoniyatlarni qidirib topishga
harakat qildilar. Inson tabiati, uning taqdirini o‘zgartirishni orzu
qildilar.
0 ‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida musulmon renessansi-
ning ikkinchi bosqichi XIV—XV asrlarda ro‘y berdi. Musulmon
124
renessansining ikkinchi bosqichi birinchisidan farqli oiaroq Mo
varounnahr va Xuroson bilan chegaralanib qoldi. Bunday qudratli
o‘zgarishning ro‘y berishi Temur va temuriylar sulolasining jahon
sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi bilan dialektik aloqador edi.
Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davr Eron, Mova
rounnahr, Xuroson tarixida alohida ahamiyatga ega. Bu davrda
musulmon madaniyati yangi bosqichga ko'tarildi. Mug‘ul bos-
qinchilari tomonidan xonavayron qilingan shahar va qishloqlar-
ga fayz kira boshladi. Madrasalar, masjidlar, kutubxonalar tik-
landi, karvonsaroylar ishlay boshladi. Ilm-fan rivojlandi. Mam-
lakat poytaxti Samarqandga minglab olimlar, shoirlar, yozuv-
chilar, rassomlar, xattotlar, m e’morlar, musavvirlar boshqa
yurtlardan ko‘chirib keltirildi. Mamlakatda islom dinining obro‘-
e’tibori kundan kunga oshib bordi. IX—XII asrlar musulmon
madaniy merosini o‘rganish va uni qayta tiklash harakati avj
oldi.
Barkamol insonni ulug'lovchi tasaw uf Eron, Movarounnahr,
Xuroson madaniy-siyosiy hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘lgan yirik diniy-falsafiy ta ’limotga aylandi. Xuddi shu davrga
kelib, tasaw uf davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarildi. Tasawuf
nafaqat barkamol insonni shakllantirish, balki fuqarolarni ya
gona davlatga birlashtirishda, xalqlar o‘rtasidagi turli nizolarni
bartaraf etishda, ularni bir-biriga yaqinlashtirishda, Temur va
temuriy shahzodalar uchun yirik g‘oyaviy-nazariy qurol vazifa-
sini bajardi.
XIV—XV asrlarda Eron, Movarounnahr va Xurosonda tibbi-
yot, riyoziyot, xandasa, jug‘rofiya, falakiyot, mantiq, adabi-
yot, falsafa, axloqshunoslik fanlari har tomonlama rivojlandi.
Musawirlik, naqqoshlik, xattotlik san’atining mohir ustalari
paydo bo‘ldi. Miroq Naqqosh (vafoti 1507-y), «Shoh Rafael»
nomini olgan Kamoliddin Behzod (1455—1530-yillar) va shoh
Muzaffar nomlari el orasida ma’lum va mashhur bo‘ldi.
Insonning kundalik quvonchlari, tashvishlarini musiqa
ohanglarida ifodalash avj oldi. Bunday holatni XIV—XV asrlar-
ning movarounnahrlik mashhur sozandalari; Abduqodir Nayi,
Husayn Udiy, Xoja Yusuf Andijoniy, Mavlono Najmiddin
Kavkabiy, Shohquli G ‘ijjakiy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Us-
125
tod Shodiy ijodlarida ko‘rish mumkin. Bir ibora bilan aytganda,
XIV—XV asrlar musulmon madaniyati go‘zallikni ulug‘lash,
go‘zal inson qiyofasini tasvirlash avj olganligi bilan IX—XII
asrlar musulmon madaniyatidan keskin farq qilar edi.
XIV—XV asrlar musulmon madaniyati kutubxonachilikning
ommaviylashayotganligi bilan IX—XII asrlar musulmon madani
yatidan keskin farq qilar edi1. Buni birgina Movarounnahr,
Xuroson misolida yaqqol ko'rish mumkin. Chunonchi, Amir
Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilan o‘zining ona shahri Keshda
(Shahrisabzda) ulkan saroy kutubxonasi tashkil etdi. 0 ‘sha sa-
roy kutubxonasida yunon, lotin, arman, arab, fors va boshqa
tillardagi noyob qo‘lyozmalarni to ‘plattirdi. Bu qo‘lyozmalarning
aksariyat qismi Amir Temuming harbiy yurishlari vaqtida bosib
olingan mamlakatlardan olib kelingan edi. Xususan, Turkiya
zabt etilgach Bruss shahridagi mashhur antik Pergam kutub-
xonasining fondi, Armaniston zabt etilganda Gayev monastri
qoshidagi universitet kutubxonasining katta qismi ham Samar-
qandga olib kelindi. Amir Temur kutubxonasidan faqat saroy
ahli emas, balki ilm-fanga qiziquvchi barcha kishilar ham foy-
dalandilar.
Temuriylar davrida barcha kitobxonlar foydalanishi mumkin
bo‘lgan jamoatchilik kutubxonalari ham bor edi. Bulardan biri
taniqli shayx Muhammad Pars tomonidan XV asr boshlarida
Buxoroda tashkil etildi. Shuningdek, Movarounnahr, Xurosonda
yirik olimlar, yozuvchilaming kutubxonalar tashkil etish ha-
rakati avj oldi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Kamoliddin
Behzodlaming kutubxonalari ana shunday kutubxonalardan edi.
Shunday qilib, XIII asrning boshlari va XIV asrning 70-
yillarigacha bo‘lgan davrda mug‘ullar istilosi tufayli rivojlanish-
dan to'xtab qolgan musulmon renessansi o‘z taraqqiyotining
yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Aniqroq qilib aytganda, XIV
asrning 70-yillarida sohibqiron Amir Temur hokimiyatga erishib,
Samarqandni poytaxt qilib olgandan so‘ng musulmon renes-
sansining ikkinchi bosqichi boshlandi. Temur va temuriylar davrida
sodir bo'lgan madaniy-ma’naviy yuksalish, birinchidan, Mo-
Do'stlaringiz bilan baham: |