1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari
Mehnat qurollarining takomillanishi natijasida erga ishlov berish
yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo’lib
bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo’jaligi
va hunarmandchilikning tez o’sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo’g’ib,
1
Karimov I.A. Asarlar, 7-tom, T. O’zbekiston, 1999 y., 139-bet.
2
Karimov I.A. Asarlar, 7-tom, T. O’zbekiston, 1999 y., 138-bet.
38
to’g’onlar qurib, kanallar qazib erlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi.
O’rgatilgan ishchi hayvonlari qo’shilgan temir tishli omochlar bilan erni
haydashning o’zlashtirilishi hosildorlikning oshishini, ko’proq mahsulotlar
etishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini
uzaytirdi, aholi son jihatdan ko’payib bordi.
Urug’chilik munosabatlari ham o’zgarib boradi. Ikki urug’ a’zolaridan
tashkil topgan er-xotin - juft oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug’
jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug’ jamoalariga qarashli erlardan chek
erlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug’ jamoasining umumiy xo’jaligi oilalar
jamoasiga bo’linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham
ataladi.
«Avesto»da
jamiyat
tarkibining
bo’linishi
¾ «Nmana» - katta patriarxal oila
¾ «Vis» - «nmana»lar birikuvidan hosil bo’lgan urug’ jamoasi
¾ «Varzana» - «Vis»lar birikuvidan vujudga kelgan yirik
qo’shni jamoa
¾ «Zantu» - qabilalar uyushmasi
¾ «Daxyu» - qabilalar ittifoqi
Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o’zida oila jamoasi uchun
diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo’lgan. Urug’ - qishloq
oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig’i hisoblangan. Oqsoqollar kengashi
qo’lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo’lib, u jamoa faoliyatiga oid
barcha masalalarni hal qilgan. Mo’’tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari
jamoa a’zolari uchun majburiy hisoblangan.
Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o’z xususiy
mulkiga ega bo’lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab
chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o’z navbatida mulkiy
tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik avvalo jamoa oqsoqollari, harbiy
boshliqlar, mo’’tabar shaxslar qo’lida to’plana bordi. Ular erning hosildor
qismini egalladilar, ko’plab chorva mollariga ega bo’ldilar. Oqsoqollar oila
jamoalari, urug’ va qabila ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga
etishtirgan hosillarining, chorva mollarining bir qismini berishga majbur etilgan.
Oqsoqollar o’z iste’molidan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin,
kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar.
Qabilalar o’rtasida yaxshi er va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun
urushlar kelib chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik
qilish uchun o’z harbiy yo’lboshchilarini saylaganlar. Urushda qo’lga kiritilgan
o’ljaning ko’p qismi yo’lboshchiga hamda oqsoqolga berilgan. Shu tariqa,
oqsoqollar va yo’lboshchilar jamiyatda alohida, ustun mavqega ega bo’lib, ularni
zodagonlar deb atashgan. Keyinchalik zodagonlar o’z o’g’illariga nafaqat
boyligini, mulkini, shuningdek, o’z lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar.
Zodagonlar jamoa, urug’ va qabilalar ustidan o’z hukmronligini o’rnatganlar.
39
Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishi asta-sekin ortiqcha
mahsulotlarni ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib
chiqaradi. Jamoa a’zolari ishlab chiqarishning o’zlariga qulay sohasini tanlab
oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik
mustaqil xo’jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari
dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan
shug’ullanadilar. Ular o’rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik
mahsulotlarini o’zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa o’z navbatida
savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida
bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar
ayirboshlash yuz beradi, dastlabki shaharlar paydo bo’ladi.
2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari
O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to’g’risida qadimgi yozma
tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek,
qadimshunos olimlarning o’lkamizning turli hududlarida olib borgan arxeologik -
qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek,
qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani
oydinlashtirish, etarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon,
Rim mualliflaridan Gerodot, Gekatay, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning
asarlari, yodnomalari, Forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, o’lkamizda keng
ko’lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson,
A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.Sagdullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida
ahamiyatga molikdir.
Arxeolog olimlarimizning so’ngggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan
bo’lsak, O’zbekiston hududida bronza davridayoq, mil. avv. 2 minginchi yillik
o’rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan.
Yurtboshimiz I.Karimovning mana bu fikrlari ham o’zbek davlatchiligi
tarixining o’q tomirlari olis davrlar qa’riga borib tutashishidan yaqqol dalolat
beradi: «O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni
Xorazm vohasida qo’yilgan. Shu ma’noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr,
Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir
qatorda turadi. Xorazm tarixi o’zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va
qadimiyligining tasdig’idir»
1
.
Barcha dalili ashyolar miloddan avvalgi so’nggi ming yillik boshlarida,
aniqrog’i VIII-VII asrlarda Vatanimiz hududlarida 3 ta: Katta Xorazm, Baqtriya
hamda saklar va massagetlar konfederatsiyasi shaklidagi dastlabki davlatlar
shakllangan. Bu davlatlar o’ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o’tgan. Ayniqsa
bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror bo’lganligi bilan ajralib turadi.
«Katta Xorazm» «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo’lgan davlatlarning
1
I.A.Karimov. Asarlar. T.6. T.: O’zbekiston, 1998, 375-bet.
40
qadimgi sharq tipiga mansub edi. Saklar va massagetlarning konfederatsiyasi esa
chorvador turlarning ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning
harbiylashgan davlatidan iborat edi.
Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Vatanimiz hududida shakllangan ilk
davlat tuzilmalari
Katta
Xorazm
Qadimgi
Baqtriya
Amudaryo quyi havzasidan
Turkmaniston janubiga qadar;
Shuningdek, O’rta Osiyoning
Markaziy tumanlarini o’ziga
birlashtirgan O’rta Osiyoning keng
hududlarini o’z nazoratida tutgan
qabilalar konfederatsiyasi
O’zbekiston janubi. Janubiy-sharqiy
O’rta Osiyoning katta hududlarini,
jumladan, hozirgi Surxondaryo,
Qashqadaryo, qisman Zarafshon,
Amudaryo yuqori oqimi, shuningdek,
Afg’oniston shimolini o’z nazoratida
tutgan qabilalar konfederatsiyasi
Xorazm davlati egallagan hududlar ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi
Xorazm erlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya’ni Marv
(Turkmaniston), Hirot (Afg’oniston shimoli) atroflariga qadar ham yoyilgan.
Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli
«Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga
xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli
bo’lgan shahar-qal’alar-Qal’aliqir, Ko’zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar -
bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi. Negaki,
bu singari umumelatlar, qavm-qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim
o’zgarishlar davlat boshqaruvi yo’li bilangina amalga oshirilishi mumkin
bo’lgan. Qadimshunos olim Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200
km uzunlikdagi, eni birnecha o’nlab metrdan iborat kanal o’zani, obod
dehqonchilik madaniyati - Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy
maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da
Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o’z hududiy chegaralariga ega bo’lgan
o’lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas.
Gerodot ma’lumoticha, qadimda Oks (Amu) daryosi bo’ylab 360 dan ziyod
sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lli, sahroli erlarga suv
chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Gerodot
taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga
ega bo’lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug’doy, suli, arpa,
meva-sabzavotchilik mahsulotlarini mo’l-ko’l etishtirganligi qayd etib o’tiladi.
Xorazm shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan.
Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning
41
mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Bu ko’hna hudud bag’rida
ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o’tib, saqlanib kelayotgan ko’plab
asori atiqalar, shahar-qal’alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadi. Xorazm
vohasida hunarmandchilik, tog’-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu erdan qazib
olingan qimmatbaho ma’danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko’rsatkichiga
etganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan.
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan, ularning
tuya, ot, qo’y-echkilardan iborat ko’plab suruvlari bo’lgan. Savdo bozorlarida
g’alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari ayirbosh
qilingan.
Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida
ma’lumotlar hozirgacha etarli emas. Rivoyatlarga ko’ra, Xorazmning qadimiy
siyosiy sulolasi - Siyovushiylar bo’lganligi zikr etiladi. «Avesto»da
ta’kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o’g’li bo’lgan. Siyovarshon o’limidan
so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o’ch olib, hokimiyatni egallab
Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos solgan deyiladi.
O’rta Osiyoning yana bir qadimgi davlati - Baqtriya podshohligi bo’lgan.
Uning tarkibiga hozirgi O’zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari,
Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoli-sharqiy erlari kirgan.
Baqtriyadagi ko’pdan-ko’p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo’lib,
mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa
devorlari bilan o’ralgan, unda podshoh qal’asi alohida ajralib turgan.
Rim tarixchisi Kurtsiy Rufning shahodat berishicha, «Baqtra daryosi
nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Umuman tarixiy
ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, qadimgi davlatlar nomlari ko’pincha
daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan kelib chiqqan bo’ladi.
Binobarin, «Baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» iboralari juda qadimgi
manbalarda tilga olinib, bitta xalqni yoki bir necha qarindosh qabilalarni
birlashtirgan hududiy tushunchani anglatadi.
«Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o’lkalardan
biri bo’lgan, baland bayroqli, go’zal o’lka» sifatida ta’riflangan. Bu xildagi fikr-
mulohazalar Baqtriya o’z davrining yirik davlatlaridan biri bo’lganligidan dalolat
beradi.
Ktesiy ma’lumoticha, Baqtriyaga qarashli Vaxsh vodiysi obi- hayotga
mo’l-ko’lligi, unumdor erlari ko’p bo’lganligidan, bu hududda dehqonchilik
madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog’dorchilik, mevachilik mahsulotlari
etishtirishda omilkor bo’lgan. Qashqadaryo vohasining miloddan avvalgi VIII-
VII asrlarga oid Sangirtepa, Yangitepa, Chiroqchitepa, Erqo’rg’on singari aholi
manzilgohlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu joylarda o’troq turmush
kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug’ullanganlar. Xuddi shunday
fikrni So’g’diyona hududlariga nisbatan ham aytish mumkin. Qulay tabiiy-
jug’rofiy sharoitga ega bo’lgan Omonqo’ton, Gurdara, Qo’tirbuloq, Zirabuloq
makonlarida yashagan aholining madaniy hayoti ham ancha to’laqonli kechgan.
42
Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko’plab miqdorda qazib
olinib, ular tegishli ishlov berishdan so’ng yurt ehtiyoji uchun, qolaversa, xorijiy
ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltirilgan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr,
Hindiston singari mamlakatlarda ham talab-ehtiyoj katta bo’lgan. Baqtriyada
qimmatbaho ma’danlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi bu yurtda maxsus
hunarmandchilik turi - zargarlik, badiiy hunar tarmog’ining rivoj topishiga olib
kelgan. Buni 1877 yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish erida
topilgan «Amudaryo xazinasi» topilmasi timsolida ham kuzatish mumkin.
Topilmalar orasidagi 179 ta oltin va 7 ta kumush zargarlik buyumlari qadimgi
Baqtriyada nafis hunarmandchilikning o’sganligidan dalolat beradi. Bu xazina
aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti-Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga
tegishli bo’lgan. Ular Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan.
Yurtimizdagi ilk davlat tuzilmalarida yashagan aholi mashg’uloti turlari
Dehqonchilik va
bog’dorchilik
Hunarmand-
chilik
Chorvachilik
Savdo-sotiq
Kulolchilik
Metal ishlash
Zargarlik
To’qim
achilik
Mo’ynado’zlik
Yog’och ishlash
Qadimgi Sharq va Old
Osiyo mamlakatlari
bilan uzviy aloqalar
o’rnatiladi
Mazkur davlat tuzilmalarining taraqqiyoti ko’proq mahalliy aholining nisbatan
yuksak rivojlangan qadimiy dehqonchilik madaniyatiga asoslangan edi.
Shunday qilib, Xorazm va Baqtriya davlatlarida kechgan siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy jarayonlar ajdodlarimizning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot
yo’lidan ilgarilab borib, o’z davlatchilik tuzilmalarini vujudga keltirib, boshqaruv
usullarini takomillashtirib borganligidan guvohlik beradi. Dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik, shaharsozlik, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish
qurollarining takomillashib borishi ulug’ bobokalonlarimiz o’lmas dahosi,
salohiyatining yorqin ifodasidir. Bular O’zbekiston hududidagi dastlabki
davlatchilik tarixiy tajribasining muhim jihatlari, namunalari sifatida alohida
qimmatga egadir.
43
3. «Avesto» - qadimgi tariximizni o’rganishda noyob manba
O’z mazmuni, mohiyatiga ko’ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-
shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g’oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini
bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning
asl durdona asarlari sirasiga kiradi
1
. «Avesto» kitobi mil. av. so’nggi ming yillik
boshlari va o’rtalarida yashagan hududimizdagi qadimgi xalqlarning o’ziga xos
turmush tarzi, xo’jalik mashg’uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu,
marosimlari haqida ma’lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir.
Yurtboshimiz uqtirganidek: «Eng mo’’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz
«Avesto»ning yaratilganligiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan 30 asr
muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan
ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto»
ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk
madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor
eta olmaydi»
1
.
Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan,
bu noyob manba qachon, qaerda, kim tomonidan yaratilgan? Tarixiy manbalarni
chuqur o’rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug’rofiy hududlar,
yurtlar nomlarini, aholining mashg’ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn
marosimlarini sinchiklab o’rganish bu buyuk ta’limotning haqiqiy Vatani O’rta
Osiyo o’lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini tasdiqlamoqda. «Avesto»da tilga
olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko’pchiligi ham O’rta Osiyoga
taaluqlidir.
«Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahura Mazda tilidan shunday
deyiladi: «Men- Ahura Mazda – yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt – bu
Doityo (Amu) daryosi xushmanzara Iyron Vij (hozirgi Xiva o’rnidagi qadimgi
manzilgoh nomi) edi. Men - Ahura Mazda – yaratgan ikkinchi sarzamin va
go’zal yurt Sug’d diyori edi…. Men - Ahura Mazda - yaratgan uchinchi sarzamin
va go’zal yurt qudratli va pok Marv diyori edi…. Men - Ahura Mazda - yaratgan
to’rtinchi sarzamin va go’zal yurt zebo va orasta Balx diyori edi…. Men - Ahura
Mazda - yaratgan beshinchi sarzamin va go’zal yurt Balx va Marv oralig’idagi
Nisoyadir»…
2
. Keltirilgan bu dalil «Avesto»ning vatani bizning yurtimiz
bo’lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. «Avesto» ta’limotining asoschisi,
tarixga payg’ambar nomi bilan kirgan Zardusht (Zaratushtra Avesto tilida,
Zoroastr yunon tilida) ismli shaxsdir. Zardusht «Oltin tuyali» yoki «Oltin tuya
etaklovchi» degan ma’noni bildiradi. Zardusht o’z dini zardushtiylik g’oyalarini
aholi o’rtasida tashviq-targ’ibot qilgan. Bu jarayon nihoyatda qiyin, murakkab
kechgan, hududma-hudud sarson-sargardon kezib yurishga majbur bo’lgan. Shu
boisdan ham Zardusht Eronmi, Midiya, Mesopotomiyami yoxud O’rta Osiyo
1
«Avesto» so’zi o’rnatilgan, qat’iy belgilangan qonun-qoidalar degan ma’noni bildiradi.
1
Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. 10-bet.
2
Avesto. T.: Sharq, 2001, 107-bet.
44
o’lkasi bo’ylabmi, ishqilib ko’p yurtlar kezib, o’z ta’limotini yoyishga
intilganligi shubhasiz.
Bunda yana shu narsa e’tiborga molikki, Zardushtiylik (yunoncha
zoroastrizm) dinini birinchilardan bo’lib qabul qilgan, uni o’z fuqarolari orasida
yoyilishiga izn bergan yurt ham Baqtriyadir.
Buyuk alloma Beruniy keltirgan rivoyatga ko’ra, Zardusht Baqtriya
podshohi Gushtasp va malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» ta’limotining
muqaddasligini isbot etish uchun xudoga iltijo qilib, o’z tanasiga qizdirilgan
misni bosishlarini so’raydi. Olovli mis esa uning tanasini zararlamagach,
Gushtasp va uning xotini, ulardan so’ng esa butun Baqtriya aholisi zardo’shtiylik
e’tiqodini qabul qiladi.
Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo’lgan. Abu Rayhon
Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta’kidlanishicha,
Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to’liq holda 12 ming qora mol terisiga
zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida
uning buyrug’i bilan zardo’shtiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek,
muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq
Parfiya podshohlari Vologez I va Vologez V davrida (I- II asrlarda)
«Avesto»ning qolgan-qutgan qismlari to’plangan. Sosoniylar davrida (III- IV
asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga
keltirilgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gohlar», «Yasna»,
«Vandidot», «Yashtlar», «Vispirad», «Kichik Avesto» nomli kitoblari etib
kelgan. Vatanimizda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u
ilk bor o’zbek tiliga tarjima qilinib, 2001 yilda nashr etildi.
«Avesto» shunday bir tarixiy davrda yaratildiki, bu vaqtga kelib, ya’ni mil.
av. so’nggi ming yillik boshlarida o’lkamizning turli hududlarida yashagan
elatlar, qavm, qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yangi bosqich sari o’tib
borayotgan edi. Mintaqaning Xorazm, Baqtriya, Sug’diyona singari viloyatlarida
urug’-qabilalarning o’troqlashuvi, sun’iy sug’orish tizimiga asoslangan
dehqonchilik madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishi, dehqonchilikdan
chorvachilikning ajrab mustaqil xo’jalik tarmog’i sifatida o’sib borayotganligi,
qishloqlardan shahar-qal’alar, so’ngra esa dastlabki davlat tuzilmalarining
yuzaga kelishi yaqqol ko’zga tashlanmoqda edi.
Tarixning bunday keskin burilishi sharoitida shu turli urug’-qabila va
elatlarni ma’nan va ruhan birlashtirish, ularning ongi, shuuriga ilg’or qarashlar,
mushtaraklik tuyg’ularini, e’tiqod tamoyillarini singdirib borish g’oyatda muhim
edi.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |