anglab, komillik sari intilib kelmoqda. Insonning o ’ziga, o ’zi yashayotgan turmush
muhitiga havodek zarur bo’lgan g o ’zallik, nafosat dunyosini yaratishdagi mashaqqatli
mehnati tufayli shu qadar ulug’vor ahamiyatga molik bo’lgan m a’naviy boyliklami
vujudga keltirgan. Ularga hayrat bilan boqib, insonning aql - nafosat qudratiga
tahsinlar aytamiz.
N afosat va go’zallik dunyosi shu qadar xilma-xil, rango-rang, jozibali,
ehtirosli,
m o’jizali, sehrliki, unda moddiy go’zallik bilan m a’naviy go’zallik uyg’un holda
chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga intilish atrof - voqelikni
anglashga intilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Inson moddiy go ’zallik dunyosini
bunyod etish jarayonida m a’naviy go’zalliklami ham kashf eta borgan, ya’ni nafosat
olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushohada etish jarayoni bilan
uyg’unlikda sodir bo’lgan.
N afosat olamini yaratish bilan bir qatorda uni angiash,
idrok etish, o ’zlashtirish
maqsadi, ya’ni nafosat olamini tadqiq va tahlil etish zaruriyati paydo bo’ldi. Ayni
m ahalda bu zaruriyat nafosat (estetika) sohasidagi bilim va tajribalami to ’plashga
imkon yaratdi. Nafosat odamni o’rganadi, tadqiq va tahlil etish zaruriyatini voqelikka
aylantirish, mazkur sohada ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, uning mohiyatini
odam larga anglatish, o ’qitish kabi maxsus vazifalarni estetika fani va o ’quv
darsi
bajaradi.
«Estetika» atamasi Yunoncha «estezis», ya’ni hissiyot, sezish, hayajon
qo ’zg ’ash m a’nolariga ega b o ’lgan so’zdan olingan. Lekin bu so’z tor mazmun
doiradan allaqachonlar chiqib ketgan. Aslini olganda, estetika fani va o ’quv darsi
falsafiy bilimlar majmuida o ’ziga xos, alohida ahamiyatga molik bo’lib, u bir
tomondan, insonning atrof - muhit, voqelikka munosabatini, ikkinchi tomondan,
go ’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidaga faoliyatini
namoyon etadi.
Estetika fanining bu ikki tomoni mutanosibligi nihoyat darajada murakkab
tizim ga ega bo’lib, uni soddalashtirib qolipga solishga urinishtar ko’p hollarda kulgili
vaziyatlarga olib keladi. Uning bir tomonini bo’rttirib, ikkinchi tomonini unga
bo’ysundirib qo’yish ham estetika fani mohiyatini buzilishiga olib keladi. Masalan,
atrof - voqelikni go’zallik mezoni bilan baholashni bo’rttirib yuborish estetikani faqat
«go’zallik falsafasi» qolipiga zo’rlab sig’dirishga, inson badiiy faoliyati sohasini esa
faqat «san’at falsafasi» darajasiga tushirib yuborishga sabab bo’ladi.
Estetikaning fan, keyinchalik esa o ’quv darsi sifatida
shakllanishi jarayonida
uni bir qator mustaqil bilim sohalariga bo’lib yuborishlar, y a’ni estetikani «estetik
qadriyatlar nazariyasi», «estetik idrok etish nazariyasi» va «umumiy san’at
nazariyasi» sohalariga ajratib o ’rganish hamda o ’qitish maqsadga muvofiq deb
ko’rsatilgan edi.
Insonning
estetik
faolligi jarayonida
tabiat
va jam iyat
qadriyatlari
munosabatlari tizimidagi estetik xususiyatlar (go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va
pastkashlik, foxishalik va kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo ’ladi. Insonning estetik
faolligi sifati va darajasi esa estetik qadriyatlar bilan estetik baholash qobiliyati,
estetik
idrok
etish
bilan estetik
amaliyot o ’rtalaridagi
uzviy
aloqadorlik
madaniyatning barcha sohalaridagi badiiy va estetik o ’zaro bog’liqlik mezonlari bilan
o ’lchanadi.
33
Estetika fani hech vaqt faqat atrof - voqelikni estetik
va badiiy idrok etish
qonuniyatlarini o ’rganish bilan chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini
istiqbol
maqsad - manfaatlariga yo’naltirib turgan. Estetikaning istiqbolga
m o’ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u voqelikni nafosat nuqtai nazaridan
baholashda, badiiy mezon o ’lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib, amaliy faoliyatga
tatbiq etishda o ’z ifodasini topadi.
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib,
takomillashib borgani sari
uning ijtimoiy - ruhiy, mafkuraviy - g ’oyaviy, siyosiy - m a’naviy intlishlari ham
tobora tiniqlashib boradi. Chunki, estetik tafakkur insonning maqsad - manfaatlarini
estetik - badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy
am aliyot asoslarini o ’rganish, tahlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning
falsafiy asoslarini ochib beradi, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini k o ’rsatib
beradi.
Shunday qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: