Savol va topshiriqlar
1. Didaktika nima?
2. Ta’limning mazmuni, metod va vositalari qaysilar?
3. Ta'lim qonuniyatlari va qoidalariga ta’rif bering.
4. Ta’limini tashkil etish shakllari qaysilar?
5. Pedagogik texnologiya nima?
6. O'quvchi bilimini aniqlash va nazorat qilish metodlari qaysilar?
7. Rivojlangan davlatlarda ta’lim tizimi qanday?
106
I l l B O ‘L IM . T A R B IY A N A Z A R IY A SI
X bob. TARBIYA JARAYONI
T A R B I Y A J A R A Y O N I , U N I N G M O H I Y A T I
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi b o ‘lib,
u tarbiyaviy jarayonning mazmuni, metodi va tashkil etilishi
masalalarini o ‘rganadi. Jamiyatimizning yangilanishi, taraqqiyoti
o ‘sib kelayotgan barkamol avlod tarbiyasi bilan bo g ‘liq jarayonni
ham qaytadan k o ‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarb iya nazariyasi 0 ‘rta Osiyo faylasuflarining tarbiya h a
qidagi fikrlariga va xalq ped ag o g ik a sin in g tarbiya borasidagi
boy tajribalariga tayanadi. T a rb iy a nazariyasi o ‘z qoidalarini
asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya,
psixo log iya
fanlari
m a ’lum otlaridan
foydalanadi.
T arbiya
nazariyasi p e d a g o g ik a n in g b oshqa b o ‘limlari: pedago g ik a n in g
um u m iy asoslari, t a ’lim nazariyasi, m ak ta b sh u n o slik bilan uzviy
bogMangandir.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiya-
lanuvchi shaxsiga oddiy ta ’sir ko ‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar
va tarbiyalanuvchilarning aniq bir m aqsadga qaratilgan, bir-biri bilan
hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o ‘zaro t a ’sir ko ‘rsatishi
ekanligi alohida ta ’kidlanadi.
Tarbiya aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, so g‘lom, e ’tiqodli, dili
pok, har tom onlam a m a ’naviy rivojlangan, vatanparvar, baynalminal,
insonparvar barkamol shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiya
mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, milliy a n ’analar va
mintaqalararo xususiyatlarni hisobga olgan holda olib boriladi.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi.
xarakteri, g'o yaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi,
tabiatga, jam iyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jism oniy
kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda
o ‘zlashtiradi: bu o ‘zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi
ahamiyatga ega bo'ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol
faoliyat k o ‘rsatmasalar tajriba va bilimni o ‘zlashtira olmaydilar.
Bolaning yoshi ulg‘ayib borgan sari bu faollik tobora k o ‘proq mus-
taqillik xususiyatlariga ega bo'lib boradi: tarbiyalanuvchilar o ‘zlarida
dunyoqarashni tarkib toptirishga, o 'z - o ‘zini takomillashtirish, tabiat,
jam iy at va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga hamda
idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda b o ‘lishga k o ‘nika
boradilar.
H am m a davrlarning ilg‘or kishilari tarbiyaga yuqori baho
berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr
Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo U lu g‘bek,
Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, A vaz 0 ‘tar, Hamza Hakimzoda
Niyoziy, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada
deb bildilar.
Tarbiya jarayonida kattalar, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar
jam oasi o ‘zaro munosabatda boMadi. Bu munosabat o ‘zaro tushunish,
ishonch, hamkorlik asosida qurilishi lozim.
Maktab butun tarbiya ishini hayot bilan hamohang tarzda,
o ‘quvchilarga o'tm ish, tarix, san'at haqidagi m a ’lumotlarni chu-
qur o ‘rgatishi, xalq pedagogikasi asosida ish yuritishi, buyuk allo-
malarning farzand tarbiyasi borasidagi pedagogik qarashlari, inson
ruhini chuqur o ‘rganib, sharqona urf-odatlar, a n ’analar asosida
mehnat malakasini singdirishi lozim.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |