O z b e k is t o n r es p u b L i k a s I o liy



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/158
Sana18.08.2021
Hajmi4,55 Mb.
#151001
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   158
Bog'liq
'pedagogika

XXV  bob.  SINF  RAHBARI
0 ‘quvchilarga  har  tom onlam a  tarbiya  berishning  negizida  sinf 
rahbarining  olib  boradigan  tarbiyaviy  ishlari  m arkaziy  o ‘rinni 
egallaydi.
Sinfda  tarbiyaviy  ishlarni  y o ‘lga  q o ‘yuvchi,  o ‘quvchilarning 
asosiy  tarbiyachisi  va  murabbiysi  sin f  rahbaridir.  Unga  jam oani 
uyushtirish  va  tarbiyalash  m a s ’uliyati,  sinfdagi  o ‘quv-tarbiyaviy 
ishlariga  javobgarlik  yuklanadi.,  U  tarbiyachi  sifatida  o ‘quvchilarni 
barkamol  shaxs  b o ‘lib,  kamol  topishi  t o ‘g ‘risida,  ularda  aqliy 
teranlik,  jism oniy  baq u w a tlilik ,  ruhiy  tetiklikni  tarkib  toptirish, 
ilmga  e ’tiqod,  bilimdonlik  xislatlarini  tarbiyalash  t o ‘g ‘risida  va 
sinfda  tartib  intizomni  m ustahkamlash  borasida  g ‘a m x o ‘r!ik  qiladi. 
S in f rahbari  bu  ishlarning  barchasini  kuzatuvchi  sifatida  emas,  balki 
rasmiy,  m a ’sul  shaxs  sifatida  bajaradi,  chunki  u  maktab  pedagogik 
jam oasi  oldida o ‘ziga topshirilgan  sinfda g ‘oyaviy-siyosiy,  m a ’naviy
-  axloqiy  ishlarning  ahvoli  uchun,  tarbiyaviy  ishlarning  mazmuni  va 
y o ‘lga  q o ‘yilishi  uchun javobgardir.
"^Sinf  rahbarining  asosiy  vazifasi  o ‘quvchilarga  tarbiya  berish 
va  ularni  d o ‘stona  ja m o a   qilib  jipslashtirishdan  iboratdir.  Albatta, 
o ‘z  sinfidagi  o ‘quv  ishlari,  o ‘quvchilar  bilim  darajasini  oshirish 
masalalari  ham  uning  e ’tiborini jalb   etadi,  am m o  bu  masalalarni  hal 
etishga  u  a w a l o   tarbiyachi  sifatida  y o n d a s h a d j ^
U eng a w a l o  tarbiya berish vositalari  orqali  (o‘quvchilarda o ‘quv 
vazifasiga  nisbatan  ongli  va  m a ’suliyat  bilan  munosabatda  b o ‘lishni 
tarbiyalash,  u  darslarda  o ‘quvchilarning  o ‘zaro  yordamni  y o ‘lga
242


q o ‘yish,  ularni  maktab  kun  tartibiga  rioya  qilishga  o ‘rgatish  va  shu 
kabilar)  t a ’lim  berish  sifatini  oshirishda  shu  sinfda  dars  beradigan 
barcha  o ‘qituvchilarga  yordam  beradi.
Odatda,  jam o anin g   tashkilotchisi  va  yetakchisi  sinf  rahbari 
b o ‘ladi.  U  sinfida dars  beradigan  o ‘qituvchilar olib  boradigan  o ‘quv- 
tarbiya  ishlarining  xususiyatlarini  o ‘rganadi,  ulam ing  o ‘quvchilarga 
q o ‘yadigan  talablari  hamda  o ‘quvchilar  bilan  o ‘zaro  aloqalarini 
o ‘rganadi,  ayrim  o ‘quvchilaming  xulq-atvori  ularga  ta ’sir  k o ‘rsatish 
metodlari  haqida  o ‘qituvchilar  bilan  o ‘zaro  fikr  almashib  turadi. 
Uning  muhim  vazifasi  o ‘qituvchilarning  tarbiyaviy  ish  faoliyatlarini 
birlashtirib,  y o ‘naltirib  borishdan  iborat.
•  S in f rahbari maktab pedagogikjam oasi va pedagogik kengashining 
a ’zosidir.  U barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy  ishlami  faqat yolg‘iz 
o ‘zi emas, balki maktab direktori va uning o ‘rinbosarlari rahbarligida, 
o ‘z  sinfida  dars  beradigan  boshqa  o ‘qituvchilar  bilan  mustahkam 
hamkorlikda  olib  boradi  va  quyidagilarga  e ’tiborini  qaratadi.
Sinf  rahbarining  asosiy  vazifalari  sirasiga  har  tomonlam a 
barkamol  shaxsni  tarbiyalash,  o ‘quvchilarni  o ‘qishga,  mehnatga 
ongli  m unosabatda  b o ‘lish  ruhida  tarbiyalashj^
-   maktabda,  sinfda  o ‘quvchilarni  ahil  jam o a g a   birlashtirish 
va 
tashabbuskor 
o ‘quvchilarni 
tarbiyalash 
maqsadida 
o ‘quvchilarning  talab  va  qiziqishlari,  ulam ing  sinfdagi  va 
oiladagi  o ‘zaro  munosabatlarini  chuqur  va  har  tomonlam a 
o ‘rganish;
-   o ‘quvchilarni  o ‘zbek  va  boshqa  xalqlarning  madaniy,  tarixiy, 
milliy  a n ’analarini  hisobga  olib,  xalq  pedagogikasi  asosida 
tarbiyalash;
-   o ‘quvchilar  o ‘rtasida  kasbga  y o ‘naltirish  ishlarini  olib  boradi, 
har  bir  o ‘quvchining  qobiliyati  va  qiziqishlarini  diagnostik 
usulda  aniqlash;
243


-   o ‘quvchilar dunyoqarashini  fan-texnika yutuqlari,  miliiy  mada- 
niyat  asosi  b o ‘lgan  musiqa  va  raqs,  kino,  teatr,  adabiyot,  xalq 
hunarmandchiligi  kabi  vositalar  orqali  kengaytirish;
-   o ‘quvchilarning  o ‘zlashtirmaslik  sabablarini  aniqlash  va  buni 
bartaraf etish;
-   o ‘quvchilarning  oilasi,  turar  joylari  va  turmush  sharoitlari 
bilan  tanishish;
-   ota-onalar  bilan  muntazam  aloqada  bo‘lish;
-   o ‘q u v c h ila ro ‘zlashtirishini yuqori darajaga k o ‘tarish, intizomni 
mustahkamlash,  ular tomonidan  maktab Nizomi  va  ichki  tartib 
qoidalariga  rioya  qilish  b o ‘yicha  sinf majlislarini  o ‘tkazish;
-   o ‘quvchilarning  badiiy-havaskorlik,  sport,  hunarmandchilik, 
milliy 
merosga 
oid 
t o ‘garaklarga 
faol 
qatnashishlarini 
t a ’minlash  kabilar  kiradi.
S inf rahbari  o ‘z  faoliyatini  boshlar  ekan,  «Sinfdan  va  maktabdan 
tashqari  tarbiyaviy  ishlar  Konsepsiyasi»  (1999-y),  « 0 ‘quvchilarni 
tarbiyalashda  oila,  mahalla,  maktab  hamkorligi  Konsepsiyasi» 
(1999-y)  talablariga  muvofiq  sinfda  ta ’lim-tarbiya  ishlarini  tashkil 
etadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  « T a ’lim  muassasalari  sin f  rahbari 
to ‘g ‘risida»gi  N izom da  sin f  rahbari  ishni  o ‘quvchilarning  yosh 
xususiyatlarini  va  umumiy  rivojlanish  darajalarini  hisobga  olgan 
holda  tarbiyaning  quyidagi  y o ‘nalishlari  -   mezonlari  asosida  tashkil 
etishi  k o ‘rsatib  o ‘tilgan:
-   vatan  tushunchasini  o ‘quvchilar  qalbiga  singdirish;
-   milliy,  axloqiy,  madaniy  va  m a ’naviy  tushunchalarni  shakl- 
lantirish;
-   milliy  istiqlol  mafkurasi  va  uni  idrok  etish;
-   iqtisodiy  savodxonlikni  oshirish;
-   ekologik  savodxonlikni  oshirish;
244


-   huquqiy  savodxonlikni  oshirish;
-   jism oniy  kamolot;
-   0 ‘zbekiston  bolalar  va  o ‘smirlar  uyushmasi  faoliyati,  asosiy 
mazmuni,  mohiyati  va jam iyatdagi  mavqeyini  targ ‘ib  etish;
-   bolalar va o ‘smirlar uchun chop etiladigan gazeta va jurnallarni 
targ ‘ib  etish;
-   ota-onalar  bilan  hamkorlikda  ishlash,  ota-onalar  Kengashlari 
faoliyatini jonlantirish;
-   o ‘quvchilarning  oilasiga  borib  turish;
-   ota-onalarni  m aktabga  taklif etish;
-   ota-onalar  bilan  yozishm alar  orqali  aloqa  b o g‘lash;
-   ota-onalar  y ig ‘ilishlarini  o ‘tkazish;
-   ota-onalar  uchun  suhbatlar  va  m a ’ruzalar;
-   maslahatlar  va  savol jav o b   kechalari;
-   konferensiyalar,  uchrashuvlar  tashkil  etish;
-   ota-onalarni  pedagogik  adabiyotlar  bilan  tanishtirish;
-   ota-onalar  faollari  bilan  ishlash.
Tarbiyaviy  ish  -   b o ‘lajak  pedagogdan  butun  qobiliyatini 
ishga  solishni,  tinmay  izlanishni  taqozo  etadi.  Bolalar  jamoasini 
uyushtirish,  uni  tarbiyalangan,  uyushgan,  ahil  guruhga  aylantirish, 
o ‘quvchilarning  k o ‘p  qirrali,  ijtimoiy-foydali  faoliyatini  tartibga 
solish  ishlari  pedagogdan  tashkilotchilik  mahoratini  qay  darajada 
egallashiga  b o g 4liq.  U  barcha  tashkilotchilik  va  tarbiyaviy  ishlarni 
yolg‘iz  o ‘zi  emas,  balki  maktab  direktori  va  uning  o ‘rinbosarlari 
rahbarligida,  o ‘z  sinfida  dars  beradigan  boshqa  o ‘qituvchilar  bilan 
mustahkam  hamkorlikda  olib  boradi.  S inf rahbari  ish  rejasini  tuzib 
chiqib,  direktorga  tasdiqlatadi,  o ‘quvchilarga  beriladigan  ta ’lim  va 
tarbiya  birligining  ta ’minlashning  asosiy  y o ‘llarini  belgilab  oladi. 
Direktor  va  uning  o ‘rinbosari  sinf  rahbari  ish  faoliyatini  boshqarib 
turadi,  o ‘quvchilar  tarbiyasi  faqatgina  sinf  rahbariga  taalluqli
245


b o ‘lmasdan  maktab  m a ’muriyati  ham  bevosita  o ‘quvchilar  tarbiyasi 
bilan  sh u g ‘ullanadi  va  nazorat  qilib  turadi.  S in f  rahbarining  ish 
jarayoni  tarbiyaning  m aqsad  va  vazifalaridan  kelib  chiqadigan, 
o ‘zaro bir-biri  bilan b o g ‘liq  b o ‘lgan tarbiyaviy tadbirlar y ig ‘indisidan 
iboratdir.  Bu  ish jarayoni  shaxsning  ijobiy xislatlarini  tarkib toptirish 
maqsadida  ular  uchun  maqbul  b o ‘lgan  tarbiyaviy  m anbalam i  tanlab 
olib,  ularga  t a ’sir  etishning  yanada  samarali  vosita  va  metodlarini 
mohirlik  bilan  q o ‘llashni  k o ‘zda  tutadi.  S in f rahbari  olib  boradigan 
asosiy  tarbiyaviy  ishlar  bir  necha  qismdan  iborat  b o ‘lib  ular:
1.  0 ‘quvchilarni  o ‘rganish.
Sinfga rahbarlik qilish, odatda, sin f o ‘quvchilarini alohida-alohida 
o ‘rganishdan  boshlanadi.  S in f  rahbari  o ‘quvchilarni  o ‘rganishda 
quyidagi  ishlarni  bajarishi  kerak:
-   rahbar b o ‘lib tayinlangan sin f o ‘quchilarining shaxsiy hujjatlari 
bilan  tanishish;
-   o ‘zlashtirishi  past  b o ‘lgan  o ‘quvchilarni  aniqlash;
-   tarbiyasi  qiyn  boMgan  o ‘quvchilarni  aniqlash;
-   ota-onasi  bo‘lmagan,  qarindosh  uru g‘larining  q aram o g ‘idagi 
o ‘quvchilami  aniqlash;
-   sin f o ‘quvchilarining  uy  sharoitlari  bilan  tanishish.
Yangi sinfni qabul qilgan o ‘qituvchi  o ‘z sinfidagi o ‘quvchilarning 
uy  sharoitlari  bilan  tanishish  ishlarini  nihoyatda  sinchkovlik  bilan 
o ‘tkazishi  zarur.  Chunki  bu  davr  eng  m a s ’uliyatli  davr  b o ‘lib  sin f 
rahbari  o ‘tkazadigan  tarbiyaviy  t a ’sirini  ham  belgilashi  kerak.  S inf 
rahbari  uy  sharoitlari  bilan  tanishayotganda,  yuqorida  sanab  o ‘tilgan 
asosiy  vazifalami  bajarishni  rejalashtirib  oladi.  Ota-onalar  bilan 
o ‘tkazilgan  suhbat  natijalari  alohida  daftarga  qayd  etiladi.  S in f 
rahbari,  shu  bilan  birga  o ‘quvchiga  yaratilgan  sharoitni  sotsiologik 
tahlil  qilishi  ham  mumkin.
2.  S in f o ‘quvchilari  jam oasini  tashkil  etish  va  tarbiyalash.  S inf 
rahbari  inoq  va  m a ’lum  maqsadni  k o ‘zlagan  jam o a g a   jipslashtirar
246


ekan,  o ‘quv tarbiya vazifalarini  muvaffaqiyatli  hal  etish  uchun  zamin 
yaratadi.  U  ayrim  o ‘quvchilarga  va  butun  sinfga  o ‘z  o b ro ‘-e’tibori 
bilangina  emas,  balki  sinf jam oasida  jam o at  fikrini  tarkib  toptirish 
y o ‘li  biian  t a ’sir  etadi.
3.  0 ‘quvchilar bilim  sifatini  oshirish  ham da ularning tartib intizo- 
mini  mustahkamlash.
S inf  rahbari  o ‘quvchilarning  bilim  sifatini  oshirish  to ‘g ;risida 
g ‘a m x o ‘rlik  qiladi.
4.  Darsdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etish  va  ularni  o ‘t- 
kazish.
Darslarda,  ta ’lim  berish  jarayonida  beriladigan  tarbiya  darsdan 
tashqari  ishlar  bilan  t o ‘ldiriladi.  Sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar 
sinf rahbaridan  ju d a   k o ‘p  kuch  va  g ‘ayrat  sarflashni  talab  qiladi.  U 
darsda  asosan  o ‘qituvchilik  ishini  bajaradi  sinfga  rahbarlik  vazifasi 
esa  deyarli  darsdan  tashqari  vaqtlarda  bajariladi.
5.  0 ‘zbekiston  bolalar  va  yoshlar  tashkilotlariga  yordam  k o ‘r- 
satish,  ular  bilan  yaqindan  aloqada  b o ‘lish.
Bolalar  va  yoshlarning  tashabbuskor  tashkilotlari  maktabda 
ju d a   muhim  tarbiyaviy  vazifani  ado  etadi.  Ular  butun  pedagogik 
ja m o a   bilan  birgalikda,  sin f rahbari  bilan  hamkorlikda o ‘quvchilarda 
bilimlarga  qiziqishning  va  ijtimoiny  faollikni  tarbiyalashga  yordam 
beradi.
6.  0 ‘quvchilarning  ota-onalari  bilan  olib  boradigan  ishlari.
Har  bir  o ‘qituvchi  o ‘quvchilarning  ota-onalari  bilan  mustahkam 
aloqada  b o ‘ladi.  M aktabning  oila  bilan  yanada  mustahkamlash 
aloqasi  sinf rahbarlari  orqali  amalga  oshiriladi.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish