B olalar tarbiyasida oila, m aktab
va jam oatch ilik ham korligi
M a ’lumki, bola m aktabga kelgunga qadar ham, m aktabda o ‘qish
davrida ham, asosan oiladatarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi,
xulqi v a d id ig a ta ’s i r k o ‘rsatishi tabiiy holdir. Ota-onalarning bolalarni
tarbiyalashdagi
eng
birinchi
v a z ifala ri-b o la la rn in g
sog‘ligini
saqlashdir. Ayniqsa, ota-onalar o ‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-
atvorlari orqali nam una b o ‘lishlari lozim. 0 ‘zaro oilaviy jam o a d a
yaxshi iborali s o ‘zlashuvni tashkil etish ham m aqsadga muvofiqdir.
Odatda, ota-onalar maktab o ‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini
t a ’minlash uchun quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi:
- 0 ‘quvchilaming m a s h g ‘ulotlardan kechikishlariga va darsga
kech qolishlariga y o ‘l q o ‘ymaslik;
- o ‘quvchining uyda dars tayyorlashi uchun sharoit yaratish,
vazifalarni
belgilangan
vaqtda
bajarish
k o ‘nikmasini
shakllantirish;
- o ‘quvchilami vijdonli va rostgo‘y bo‘lishiga, vazifalarni mustaqil
ishlashdan bo ‘yin tovlamaslikka o ‘rgatish lozim va hokazo.
Oila, maktab va jam oatchilik hamkorligi bugungi kunning
dolzarb masalasidir. Chunki, bola tarbiyasida oila, maktab va
238
jam oatchilik hamkorligining o ‘zi murakkab jarayon b o ‘lib, bunda
muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar,
kasaba uyushmalari ishtirok etadilar.
Ota-onalar va qarindosh-urug‘lar turli mehnat jamoalarining
vakillari b o ‘lib, ishlab chiqarish va yoru-do‘stlarining m a ’naviy
hayotlarida m uam molarni muhokam a qiladilar, ularning hayotga,
san’atga, oilaviy majburiyatlarga b o ‘lgan munosabatlari haqida
gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday oilalarida tarbiya
topayotgan bolalar boshqa ota-onalarningko‘chada,jam oatjoylaridagi
hayot faoliyatlariga qarab o ‘z ota-onalariga baho beradilar.
0 ‘zbek oilalarida, ularning hayot tarzida ijtimoiy voqealar
natijasida ijobiy o ‘zgarishlar qilish uchun yangi samarali y o ‘l va
metodlar qidirilmoqda.
Har bir ota-ona farzandi ta ’lim olayotgan maktab jam oasining
a ’zosi hisoblanadi. Ota-onalar orasida turli kasb egalari va jamoatchi
faol insonlar bor. Ular umumiy majburiy ta ’limni amalga oshirishda
maktabning iqtisodiy bazasini m ustahkamlashda yordam beradilar.
Maktab
bilan
ota-onalam ing
hamkorligini
mustahkamlash
maqsadida ota-onalar q o ‘mitasi tashkil qilinadi. Bu q o ‘mitaga
maktab direktori rahbarlik qiladi. Bundan tashqari har bir sinfda
ham sin f ota-onalari q o ‘mitasi tuziladi. Ularning ish mazmuni ota-
onalar q o ‘mitasi to ‘g ‘risidagi N izom da belgilangan. S in f ota-onalar
q o ‘mitasining raisi maktab ota-onalar q o ‘mitasiga a ’zo qilib hisobga
olinadi. Shu sababli maktab ota-onalar umumiy y ig ‘ilishda sinf ota-
onalar majlisi tavsiya etgan kishilardan saylanadi. Maktab ota-onalar
q o ‘mitasi a ’zolarining soni har bir maktabning katta-kichikligi, ish
sharoitiga qarab ota-onalar umumiy y ig ‘ilishi qarori bilan belgilanadi.
Maktab ota-onalar q o ‘mitasi a ’zolariga maktabni otaliqqa olgan
tashkilotning vakillari ham kiritiladi. Kundalik ishlarni bajarish
hamda ota-onalar q o ‘mitasi va nazorat ishlariga rahbarlik qilish
239
uchun maktab ota-onalar qo'm itasi raisi hamda uning o ‘rinbosari,
kotibi va 5 - 7 a ’zodan iborat x a y ’at saylanadi.
Q o ‘mita a ’zolari umumiy majburiy ta ’limni amalga oshirishda,
maktab yoshidagi bolalarni hisobga olishda, ularni m aktabga
tortishda, maktabni tam om lagunga qadar muvaffaqiyatli o ‘qishini
tam om lashda maktab jam o asiga yordam beradilar.
Iqtisodiy ahvoli o g ‘ir b o ‘lgan ayrim oilalarning farzandlariga
umumiy ta’lim j a m g ‘armasi yoki kasaba uyushmasi tomonidan
yordam
uyushtiradilar.
Bolalarning
t a ’lim-tarbiyasiga
e ’tibor
bermayotgan ota-onalar bilan suhbatlashadilar, zaruriyat b o ‘lganda
ularga ishlab turgan korxona yoki muassasa rahbariyati orqali ta ’sir
k o ‘rsatadilar.
Q o ‘mita a ’zolari uzoqdan qatnab o ‘qiydigan bolalarni transport
vositalari bilan ta ’minlash yoki ularni issiq ovqat bilan ta ’minlashga
yordam beradilar.
Ota-onalar q o ‘mitasi m aktabda «Ota-onalar» burchagi tashkil
qilib, u yerga o ‘quvchilarning namunali kundalik ish reja va tartibini,
ota-onalar uchun nashr etilgan yangi adabiyotlarni, o ‘quvchilar
qoidasini, maktab tarbiyaviy ishlarining istiqbolli rejasini osib
q o ‘yadi.
Maktab, oila va jam oatchilik hamkorligini y o ‘lga q o ‘yishda sinf
rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatlari nihoyatda muhimdir. Masalan,
sin f rahbarlarining har bir oilaga kirib borishi, shu oilaga va ota-
onalarga hurmat sifatida baholanadi. S in f rahbarining ota-onalar bilan
birgalikda tarbiyaviy chora-tadbirlarni belgilashlari,sinf rahbarining
o ‘quvchilar k o ‘z oldida ota-onalari bilan suhbatlashishlari ularning
tarbiyasiga ta ’sir k o ‘rsatadi. Faqat sin f rahbarlari emas, balki fan
o ’quvchilarining ham ota-onalar bilan qilayotgan hamkorliklari
o ‘quvchilar hayotida sezilarli
iz qoldiradi.
Bola tarbiyasida
jam oatchilikning t a ’siri beqiyos ekanligini hayot ko‘rsatib turibdi.
Azaldan odamiylikka, insoniylikka d a ’vat etuvchi jam iyat tarbiyasi
mavjud b o ‘lgan. Ularning aksariyati hozir ham o ‘z qimmatini
yo'qotm agan. Masalan, biz xalqimizda k o ‘pchilik ishtiroki bilan
o'tadigan to ‘ylar, xalq o ‘yinlari, sayllar, mavsumiy bayramlar,
qizlar majlisi, kelinlarni qaynona va qaynota oldidagi «yuz
ochdilari», «kelin salomlari» va boshqa shu kabi marosimlari xalq
pedagogikasining durdonalari sifatida avlodlarni o ‘zbek xalqiga xos
b o ‘lgan « o ‘zbekona», «sharqona» tarbiyalashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Xalqimiz o ‘zining a n ’anaviy tarbiya metodlarida kattalarga
birinchi b o ‘lib salom berish, kattalar suhbatiga aralashmaslik, uyga
mehmonlardan s o ‘ng kirish, lekin eshikni birinchi b o ‘lib ochib,
ushlab turish, ularga yordam berish kabi odob qoidalariga rioya etishi
har doim talab qilingan va hozir ham ular tarbiya manbayi sifatida
o ‘z qadrini y o ‘qotmagan. Hozirgi kunimizga kelib jamoatchilikning
tarbiya borasidagi metodlari, shakllari mazmunan boyib bormoqda,
jum ladan,
maktab
o ‘quvchilarini
rag ‘batlantirish
maqsadida
stipendiya berish yoki turmush tarbiyasi o g ‘ir b o ‘lgan oilalarga
moddiy va m a ’naviy yordam beruvchi tadbirkor tashkilotlarning
yordami kuchaymoqda. Bu borada «Bolalar j a m g ‘armasi», « S o g‘lom
avlod uchun» j a m g ‘armasining faoliyati maqtovga sazovordir.
Demak, maktab, oila va jam oatchilik hamkorligi bolalar
tarbiyasida asosiy hal qiluvchi bo‘g ‘in b o ‘lib, bunda o ‘qituvchi-
tarbiyachilarning tashkilotchiliklari muam moni ijobiy hal etuvchi
omil hisoblanadi.
1 6
-
241
Do'stlaringiz bilan baham: |