t a r b i y a c h i l i k m a d a n i y a t in i o s h i r is h v a u la r g a u m u m i y t a r b i y a g a o id
bilim berish davrimizning dolzarb masalalaridan biridir. Oilalarni
pedagogik yutuqlari bilan tanishtirish, ularning mustahkamligini
ta’minlash vositalaridan biridir. Ikkinchi tomondan esa, bu o ‘z
navbatida, bolalarning tarbiyasida tegishli shakl va metodlarni
takomillashtirish yoMlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham
ota-onalarni, oilalarni tarbiyaga oid bilimlar, tarbiya metodlari bilan
qurollantirish nihoyatda zarur. Jamiyatimizdagi har bir to ‘laqonli
shaxs bolalarning tarbiyachisi b o ‘lishi, yangi insonni har tomonlam a
kamol toptiruvchi barcha holatlarda, shart-sharoitlarda ishtirok etishi
lozim.
Atoqli pedagoglar tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil etish shart-
sharoitlaridan biri ota-onalarning savodxonligida, deb hisoblagan
edilar. Masalan, Abdulla Avloniy o ‘zining «Turkiy yohud Guliston
235
axloq» nomli asarida shunday deydi: «Tarbiyani kimlar qilur?
Qayerda qilur?» degan savol keladur. Bu savolga birinchi uy tarbiyasi,
bu ona vazifasidir. Ikkinchidan maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota,
muallim, muddaris va hukum at vazifasidur deb javob bersak, bu
kishi deyurki «qaysi oilalarni aytursiz bilimsiz, boshi paxmoq, q o ‘li
t o ‘qmoq onalarmi? 0 ‘zlarida y o ‘q tarbiyani qanday olib berurlar»,
der. Otasiga nima dersiz, desak «qaysi ota? - T o ‘ychi, uloqchi,
bazmchi, d o ‘mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan,
ilm uchun bir pulni k o ‘zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni
aytursizmi? Avval o ‘zlarini o ‘qitmak, tarbiya qilmoq lozimdir».
1899-yildayoq oilalar va ayollarni tarbiyachilik ishiga tayyorlash,
ularni tarbiyaning mezoni va metodlari yuzasidan o ‘qitish zarurati
k o ‘tarilgan edi. Hayotimizning k o ‘rsatishicha, tarbiyaga oid bilimlarni
targ ‘ib qilish orqaligina oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya
u y g ‘unligini ta ’minlash mumkin. Bu ishlarni amalga oshirishda
m ahalliy shart-sharoit, o ‘lka materiallari va nihoyat, tarbiyaga oid
gazeta va jurnallar va ularda bosilgan tarbiyaga oid mavzulardagi
maqolalardan unumli foydalanish m aqsadga muvofiqdir.
Demak, oila hayotini tarbiyaviy jihatdan to ‘g ‘ri tashkil qilish
uchun o ‘qituvchilar, keng jam oatchilik pedagogika fani orqali
aholiga yordam berish, ota-onalarga tarbiyaviy bilim berish tizimini
ishlab chiqishlari lozim.
Pedagogik-olimlar
tadqiqotlarida
isbotlanganidek,
oilaviy
tarbiyaga
doir
ishlar
quyidagi
sharoitlarda
bajarilsa,
uning
samaradorligi yanada oshadi.
1. Maktab o ‘zining barcha ta ’sirlari majmuyini oilaviy tarbiya
jarayoniga izchil y o ‘naltira olsa.
2. 0 ‘quvchilar jam oasi oila bilan o ‘zaro hamkorligi davrida
o ‘zlarining yetik-pedagogik tarbiyaviy talablarini t o ‘g ‘ri tashkil eta
olsalar.
236
3. Xalq ta ’limi b o ‘limi va muassasalar tashkilotchi ota-onalarni
tarbiyaviy jarayonga jalb eta olsalar.
4. 0 ‘quvchilar tomonidan oilaviy tarbiyaga rahbarlik bolalar
maktabga kelmasdan oldin boshlansa va bu ish ularning barcha
o bquv yillarida davom ettirilsa.
Hozirgi kunda Respublikamizning shahar va qishloqlarida
tarbiyaga oid bilimlarni targ‘ib qilishda quyidagi shakllardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aholi uchun ochilgan tarbiya
madaniyatini targ ‘ib qiluvchi xalq universitetlaridan; xalq ta ’limi
tomonidan yasli, b og ‘cha va maktablarda boMgan ota-onalar
universitetlaridan.
Jamoatchilik asosida ishlovchi oliy o ‘quv yurtlari qoshida
ochilgan ota-onalar lektoriysi; seminarlar; kurslardan; tarbiyaviy
huquqiy bilimlar maktablaridan; maktab yoshidagi bolalarni ota-
onalari uchun tarbiyaviy va jiddiy maslahatnomalaridan; pedagogika
va bolalar rivojlanishiga doir masalalarni o ‘rganuvchi to ‘garak!ar va
boshqalardan.
Bu va shunga o ‘xshash ilmiy-ta’limiy ishlarni, ruhshunoslar,
pedagoglar jamiyatlari, maktab ota-onalar q o ‘mitasi, oilaga yordam
beruvchi kengashlar, olib boradi.
Agar ota-onalarga um umiy ta ’lim-tarbiya berishda olimlarning
tavsiyalari, oilaviy tarbiyaga doir xalq pedagogikasi tajribalari,
shahar, tuman, qishloq mehnat jam oalari, shuningdek, mehnat va
urush faxriylarining maslahatlari, uchrashuvlaridagi tavsiyalariga
tayanilsa, ishning samaradorligi yanada oshadi.
Tarbiyaviy
madaniyatning
samaradorligini
oshirishda
maktablarda o ‘tkaziladigan ota-onalar majlisi muhim ahamiyat kasb
etadi. Maktab o ‘qituvchilari ota-onalar majlisiga puxta tayyorgarlik
ko'rishlari lozim. Majlisdan oldin maktabni, sinflarni tartibga solish
kerak. 0 ‘quvchilarning chorak, yarim yillik va hokazo ish natijalariga
237
b a g 4ishlab k o ‘rgazma tashkil etilsa, m aqsadga muvofiq boMadi.
Mazmunli tashkil etilgan sin f majlislarida tarbiyaga oid munozaralar
b o ‘ladi. Ota-onalar majlisiga m a ’lum davrdagi ishlarni yakunlovchi
va o ‘quv-tarbiya ishlariga doir umumiy masalalar kiritilishi lozim.
Ota-onalar majlisida ishtirokchilarni qiziqtira oladigan aniq va
ravshan masalalar q o ‘yilishi g ‘oyat darajada muhimdir.
0 ‘sib kelayotgan yosh avlodni axloqan pok, m a ’naviy yetuk,
m ehnatsevar qilib tarbiyalash uchun barcha tadbirlardan unumli
foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |