E kologik tarbiya - tarbiya nazariyasining yangi shakli
Ekologik m uam m olarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik,
yuridik, estetik, pedagogik kabi y o ‘nalishlari mavjud. Bu y o ‘nalishlar
ichida pedagogik y o ‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
ekologik m uam m olar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik y o ‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish k o ‘zda
tutiladi.
Ekologik ta ’lim deganda o ‘quvchilarga berilishi lozim b o ‘lgan
tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar
tizimi tushuniladi.
Ekologik
tarbiya
esa
insonning
atrof-muhitga
nisbatan
munosabatini tarbiyalashdir.
‘Ekologik ta ’lim-tarbiya umumiy ta ’lim-tarbiyaning yangi shakli
va tarkibiy qismi b o ‘lib, maktabda barcha fanlarni o ‘qitishda amalga
oshirilishi k o ‘zda tutiladi. Ekologik t a ’lim-tarbiyadan bosh maqsad
ham yosh avlodga atrof-muhit va uning m uam m olariga ongli
munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
208
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabia-
timiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o ‘rgata
boriladi. Atoqli pedagog V. A. Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido»
asarida «M en bolalar «Alifbe»ni ochib, birinchi s o ‘zini g ‘ijjalab
o ‘qishlariga qadar a w a l dunyodagi eng ajoyib k ito b - ta b ia t kitobini
mutolaa etishlarini istardim» deb ta ’kidlaganidek, bu boradagi barcha
ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o ‘quvchilarni o ‘z maktabini; yashaydigan
m u h it i- s h a h a r va qishloq k o ‘chalarini k o ‘kalamzorlashtirish, mevali
va manzarali daraxt k o ‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini
ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha
qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik savodxonlik va madaniyat, a w a l o , oiladan boshlanadi.
Ekologik duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga
bevosita b o g ‘liqdir. Agar bu masala oilada to ‘g ‘ri y o ‘lga q o ‘yilmagan
bo ‘lsa, uni maktablarda, keyingi t a ’lim bosqichlarida hamda mehnat
jarayonlarida qaror toptirish qiyin boMadi.
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e ’tibor bilan
qaraganlar va bu borada ibratli a n ’analarni vujudga keltirganlar.
Bolalar g o ‘daklik chogMaridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini
oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga
hurmat, obodonchilik va k o ‘kalamzorlashtirish hissi sabot bilan
singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni
alohida chuqurchalarga tashlash; hojatxonalarni ariq, soy, buloq
suvlaridan uzoqroq joyd a kovlash; y o n g 'in chiqmasligi chorasini
k o ‘rish; turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki
kurib qolganlaridan foydalanish; nihollarni sindirib, payxon qilmaslik;
qushlarning uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar shakllantirilgan.
Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uini iflos qilma, chunki
barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi», «Gullab turgan mevali
14
-
209
daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o ‘zing iste’mol
qilasan», «Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh
ish boMadi. Chunki unda ahli m o 'm in n in g nasibasi b o r » ,- deb pandu-
nasihatlar qilganlar.
Islomdan avval zardushtiylik dinida tabiatni, xususan, suvni iflos
yoki isrof qilgan kishi 400 darra kaltaklangan. Suvga hurmat islom
dinimizda ham saqlanib qolgan. Mana shu hurmat ta ’sirida xalqda
k o ‘plab maqollar, rivoyatlar, ibratli hikoyatlar, ertaklar vujudga
kelgan.
Ekologik ta’lim va tarbiyalash tizimi bolalar b o g ‘chalarida,
um umiy ta'lim maktablarida, keyingi t a ’lim bosqichlarida hamda
mehnat jam oalarida davom ettiriladi. Bu o ‘rinda hayotiy misollar
orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastliligi
uqtiriladi. Masalan, hozir k o ‘plab odamlar mollarini ekinzorlarda,
bogMarda xatto mevali va manzarali daraxtlarga bogMab boqish-
moqda. Axir o ‘tmishda xalqimiz qaram og ‘idagi hayvonlarni duch
kelgan yerda emas. alohida ajratib q o ‘yilgan yaylovlarda o ‘tlatgan.
M a ’lumki, inson aqli uning um umiy rivojlanishning dastlabki 3—4
yilida 50 foizni, 4 - 8 yilida 30 foizini, 8 - 1 7 yilida esa 20 foizni
tashkil qiladi. Shuni hisobga olib, ekologik t a ’lim-tarbiyani; asosan,
b o g 'c h a va maktablarda am alga oshirish zarur.
B o g ‘cha bolalarida avval ekologik t a ’lim tushunchalari shakllan-
tiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o ‘quv-
chilarga ekologik ta ’lim-tarbiya beriladi.
OMkamizming tabiiy o ‘simliklar dunyosi, ularning foydasi,
bu boyliklarni m uhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bilan
yoshlarni maktab partasidan boshlaboq keng tanishtirib borish
o 'zin ing samarasini beradi. Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar
maktablarda o ‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik,
fizika, ekologiya, matematika,geografiya, tarix kabi fanlarni o ‘qitishda
umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakultativ mashg'ulotlarda,
darsdan tashqari to'g arak y ig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda
o 'zlarining kundalik faoliyatlari davomida ekologik muammolarni
o ‘rgana boradilar.
Fanlarni o ‘qitishda o'quvchilarga tabiatni m uhofaza qilish,
uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim,
k o'nikm a, malakalarini shakllantirish o ‘qitishda q o ‘yilgan maqsad
va vazifalarga m os ravishda hamda tanlangan ekologik materiallar
mazmuni mavzu mazm uniga mos holda tanlab olinishiga e ’tibor
qaratiladi.
Hozirgi zamon ekologiyasining qonun va qoidalarini. dastlabki
ekologiya m a ’lumotni hamda madaniyatni shakllantirish 3 y o ‘l bilan
- d a r s m ash g ‘ulotlarida, sinfdan tashqari o4kaziladigan tadbirlarda va
ekskursiyalar vaqtida amalga oshiriladi. Bunda tabiat o ‘quvchilarga
ekologiya haqida, uning qonuniyatlari va tushunchalari to ‘g ‘risida
bilim beriladi.
Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni
o ‘z ichiga oladi:
- atrof-muhit va uning shaxs m a ’naviy dunyosiga ta ’siri;
- tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;
- tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilani ham
korligi;
- o ‘z tumanini, shaharini, qishloq va maktab hovlisini, k o ‘kalam-
zorlashtirishda, xatto, sinf xonasidagi o ‘simliklarni ham
parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;
- atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;
- tabiatni m uhofaza qilishda ota-onalarning namunalari;
- oiladagi, maktabdagi tabiatni, o ’simliklar va hayvonot dunyo-
sini e ’zozlashga o ‘rgatish, jo nivor va qushlami parvarish
qilish;
211
- tabiatga ongli munosabat jarayonida o ‘quvchilarning dunyoqa-
rashini kengaytirish;
- yoshlarni tarbiyalashda milliy a n ’ana va udumlarni qayta
tiklash, ularga e ’tiborni kuchaytirish.
Bolalarda ekologiya xususidagi tasavvurlarni kengaytirishda
tarix fanining imkoniyati katta. Bundan besh yuz yil, ming yil avval
oMkamiz tabiati qanday boMgan? 0 ‘simliklar va hayvonot olami,
uning ekologiyasi-chi kabi savollarga tarix fanidan javo b topish
mumkin.
Maktabda o ‘quvchilarga tabiatni m uhofaza qilishga doir tar-
biyani geografiya darslarida har bir m avzuga bogMab berib borish
mumkin.
Ekologiya va tabiatni m uhofaza qilish darslarida joy nomlaridan
foydalanish, ona tili b o ‘yicha m ash g ‘ulotlarni yanada qiziqarli qiladi.
Ona tili darslaridagi k o ‘plab mashqlar o'quvchilarda tabiatga mehr
u y g ‘otishda qoM keladi. Mashqlardagi suv va havo, o ‘simlik va
hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish
orqali ham tabiatga m ehr uy g ‘otish mumkin.
Adabiyot fani ham ekologiya bilan chambarchas bogMangan.
Bunda har bir asarni o ‘qib tahlil qilish vaqtida va o ‘quvchiga
tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas, balki
tabiatni m uhofaza qilish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Mana
shu usul bilan adabiyot darslarida ham o ‘quvchilar ongiga ekologik
tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5 - 1 1-sinflarda «Tabiatni
asrash-V atanni asrash», «Tabiatni e ’zozlaylik» kabi mavzularda
turli bahs va sh e ’rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham ekologik
tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o ‘qitilayotgan
xalq o g ‘zaki ijodi misolida esa o ‘quvchilar ajdodlarimizning xatolari
nimadan iboratligini hamda bu sohada ulam ing qanday ibratli ishlari
borligini o ‘rganadilar. 0 ‘quvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar
va o ‘simliklarning xususiyatlari, ularning tabiatdagi uch o ‘rni ochib
beriladi. 0 ‘qilgan badiiy asarlar misolida, o ‘tkazilgan suhbatlarda
tabiatga yaxshi munosabatda b o ‘lish yoki aksincha toshbagMrlik
bilan qarash hollari m uhokam a qilinadi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta ’lim va tarbiya
jarayonida o ‘quvchilar tabiatdagi salbiy va ijobiy o ‘zgarishlar inson
sog ‘lig‘iga qanday t a ’sir qilishi haqida aniq tasavvurga ega boMadilar.
Masalan, m am lakatim izda 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi,
ular havoga bir yarim ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni
chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan key in shunday
holda davom etaversa qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi
kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari tasvirlanadi, yoki
boshqa bir misol, dunyo b o ‘yicha har yili taxminan 6 - 7 mln. gektar
yer ishdan chiqmoqda. Uning tiklanishi uchun ju d a k o ‘p vaqt kerak
boMadi. 3 sm qatlamdagi tuproqning tiklanishi uchun 30 0 -5 0 0 yil vaqt
zarur. 18 sm qalinlikdagi tuproq tiklanishi uchun esa taxminan 2700
yil talab etiladi. Bunday aniq raqamlar bilan ifodalangan misollar
asosida tuproqning insoniyat boyligi ekanligi, uni asrab avaylash har
bir kishining kelajak oldidagi burchi hisoblanishi uqtiriladi.
Mehnat t a ’limi darslari esa bolalar olgan bilimlarini amaliyotda
k o ‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Ekologik ta ’lim-tarbiyani amalga oshirishda sinfdan tashqari
darslarni ahamiyati kattadir. Xususan, tabiat q o ‘yniga sayohatlar,
ekologik y o ‘nalishdagi to ‘garaklar, shu mazmundagi kechalar
o ‘tkazish o ‘quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi. Sayohatlar mazmuni
asosan tevarak-atrofni kuzatishgaqaratiladi. Sayohatlarda o ‘quvchilar
tabiatdan inson qanday foydalanayotganligini ko‘radilar, kattalarning
tabiatga t o ‘g ‘ri yoki n oto‘g ‘ri
munosabatda boMayotganligini
guvohi boMadilar. Tabiat q o ‘ynida boMish, o ‘quvchilarda estetik
kechinmalarni paydo qiladi. 0 4quvchilar qushlarni sayrashini eshitib,
213
o'sim liklarni yashnashini k o 'rib quvonadilar. Bu holatdan ular ham
estetik, ham ekologik tarbiya oladilar.
Ekologik yo'nalishdagi to'garaklarda bolalarni tabiatga zarar
yetkazmaslikka, tabiat go'zalliklaridan zavqlanishga, atrof-muhitni
sevishga o 'rg ata boriladi. T o 'garak m ashg‘ulotlarida o ‘tiladigan
«Tabiatni e'zozlaylik», «Tabiat va inson», «Ekologiya va inson».
«Orol madad s o ‘raydi», « Q u s h la r- b iz n in g do'stim iz» kabi mavzular
tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. T o ‘garak m ashg'ulotlarida yana
hasharotlarni tutib, ularga ozor beradigan, chumolilar inini, qushlar
uyasini buzadigan, o'simliklarni bosib. yulib oladigan o ‘quvchilarning
xatti-harakatlarini m uhokam a qilish zarurligi uqtiriladi. 0 ‘quvchilar
to 'g ara k ishlarida faqat mavzular o ‘rganib yoki turli kechalar
o ’tkazibgina qolmay, bevosita amaliy ishlar ham qiladilar. Y a ’ni,
gullarni o ’stiradilar, qushlarni, quyonlarni boqib, parvarish qiladilar.
Demak, o'quvchilarni tabiatni m uhofaza qilishda, tabiat hodisalarini
kuzatishga o'rgatishda ekologik t o ‘garaklarni ta ’siri katta.
M aktabda
ekologiyaga
oid
ta ’lim-tarbiya
birligi
amalga
oshirilsagina, o ‘quvchilarda ekologik bilimlar tizimi shakllanishi
mumkin. Bunda, albatta, butun maktab jam oasining - sinf rahbarlari,
fan o'qituvchilarining o ‘zaro hamkorligi talab qilinadi.
M amlakatim iz mustaqillikka erishgandan s o ‘ng, xalq pedago-
gikasidan bahramand b o ‘lish zaruriyati tu g ‘ildi. Atrof-muhitni
m uhofaza etish, moddiy boyliklardan oqilona foydalanishga oid
tarbiyani milliy qadriyatlar va a n ’analar, sharqona urf-odatlar orqali
berish ehtiyoj i paydo b o ‘ldi.
0 ‘qituvchining bolalarga ekologik t a ’lim va tarbiya berishida
xalqimizning o ‘ziga xos milliy tarbiyasidan o ‘rinli foydalanishi
yaxshi samara beradi. Milliy tarbiyamizda t o ‘rt narsa - yer,
suv, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz ju d a qadim
zamonlardan suvni qadrlab «Suv tabiat in’omi, hayot manbayi»
d e b .- b e j i z aytishmagan, har tomchi suvni gavhardek qadrlab. bog'-
rog‘lar yaratishgan. Suvdan x o ‘jasizlarcha foydalanish natijasida
«Orol m uam mosi» yuzaga keldi. Sirdaryo va Am udaryoning
belgilangan yerga toMa yetib bormasligi natijasida bugun 0 ‘rta Osiyo
uchun ahamiyatli boMgan Orol dengizining butunlay y o ‘qolish havfi
tugMldi.
MaMumki, Yer yuzining to ‘rtdan uch qismi suv bilan qoplangan.
Am m o 2,5 foizga yaqin chuchuk suv bor, xolos. Demak, ichimlik
suvidan ham tejab-tergab foydalanish kerak.
Tuproq ham insoniyat boyligidir. Ajdodlarimiz o'rm onlarning
kesilishi tuproq yemirilishining kuchayishiga, Yer osti va Yer usti
suvlarining kamayishiga, iqlimning o'zgarishiga, hayvonlarning
y o ‘qolishiga olib kelishini aniqlaganlar. Shuning uchun ham tabiatga
yuksak mehr va ehtirom k o ‘rsatganlar. Asrlar davomida yosh avlodni
suvga tupurma, nonni bosma, k o ‘zingga surt, daraxtni sindirma,
qushlarga ozor berma deb, tarbiyalab keldilar. O 'z qarashlarini
xalq o g ‘zaki ijodi orqali ifodaladilar. Masalan, maqollarda, Yer osti
boyliklari, suv. hayvonot olami, qushlar, o ‘simliklar va boshqa tabiat
boyliklarini chuqur mazmunli satrlarda ta ’rifladilar. Hatto farzand
dunyoga kelsa. unga atab, yaxshi umidlar bilan ko^chat o ‘tqazganlar.
Donishmandlik durdonasi hisoblangan hadislar taMim-tarbiyani
singdirishga katta yordam beradi. Tabiatni muhofaza qilish haqida
hadislarda ham diqqatga sazovor fikrlar aytilgan. «Ekmoq niyatida
qoMingizda k o'chat turgan paytda, bexosdan qiyomatqoim boMishi
aniq boMganida ham ulgursangiz, uni ekib q o ‘yavering», «Kim
suv toshqinini to ‘xtatsa yoki yongMnni o ‘chirsa, unga shaxidlik
ajri beriladi» kabi hadislarda ekologiya va tabiat muhofazasiga oid
tushunchalar beriladi.
Demak, ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr va
ehtirom ko'rsatishgan. Yurtni obod etishgan, k o ‘chalarni, hovlilarni
sarishta saqlashgan. Xalqimizning tabiatga munosabati uru g‘ qadash,
qovun sayli, uzum sayli, hosil bayrami, navro‘z bayrami, xirmon
t o ‘yi kabi bayramlarida ham ifodalangan. Bunday tabiat bayramlari
ularning hayot tarziga aylanib ketgan.
Bu m uqaddas zaminni - bu diyorni obod etish, uning atrof-
muhitini toza saqlash mamlakat har bir fuqarosining insoniy burchidir.
Orastalik, pokizalik va tejamkorlik, xushxulqlik va xushmuom alalik
har bir inson uchun, xususan, pedagoglar va o ‘qituvchilar uchun ham
m a ’naviy mezondir. O lquvchilar ekologik tarbiya ishlari jarayonida
quyidagilarni bilishlari zarur:
- Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular
orasidagi b o g‘lanish;
- Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni m u ho
faza qilish;
- Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash;
- Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.
Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash o ‘quvchilarda
tabiatni muntazam kuzatib borishga qiziqishni u yg ‘otadi,
tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning g o ‘zalligini
asrab-avaylashga olib keladi. Tabiatga muhabbatni va unga
ehtiyotkorlik hissini tarbiyalash shaxsda axloqiy belgilarni
rivojlantirishga yordam beradi.
216
Do'stlaringiz bilan baham: |