XIX bob. IQTISODIY TARBIYA
Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish
m uam mosi k o ‘pdan buyon pedagogikaning asosiy muam molaridan
biri b o ‘lib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tilayotgan bir paytda
yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir.
A w a l o ,
iqtisodiy tarbiya haqida m ukam mal tushunchaga
ega b o ‘lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o ‘quvchilarda tejamkorlik,
mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-
kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol
toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan
muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, M uham m ad Ibn Muso al-
Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o ‘rin tutishini
alohida ta ’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o ‘z
ishiga pishiq b o‘lishi kerak. Shunda u o ‘z mehnatining natijalarini
o ‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
Abu Nasr al-Farobiy insonga yashash uchun ju d a k o ‘p narsalar
kerakligi va ularni vujudga keltirish y o ‘lida boshqa shaxslarga
murojaat qilishni e ’tiro f etadi. Bu o ‘rinda olim iqtisodiy aloqa
zaruriyatini k o ‘rsatib o ‘tgan edi.
Darhaqiqat, iqtisodiy aloqa o ‘rnatish uchun odamlar, davlatlar,
jam iyatlar integratsiya y o ‘lida harakat qiladilar. Hozirgi paytda bu
fikr nechog‘lik to ‘g ‘ri ekanligini Yevro‘pa amaliyoti misolida k o ‘rib
turibmiz. Iqtisodiy integratsiya davlatlarga faqat boylik keltirayapti.
198
Al-Farobiy
«Baxt-saodatga erishuv
haqida»
asarida shunday
yozadi: inson o ‘z m ablag‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda
q izg ‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish
esa insonni beboshlikka yetaklaydi».
K o ‘rinib turibdiki, o ‘tmish mutafakkirlari maktab va oila sha-
roitlarida
bolalarni
iqtisodiy
tafakkurini
kengaytirish,
ularni
hamkorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o ‘rgatishni
hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga e ’tibor qarat-
ganlar. Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Har bir
kishi b u g ‘doy, guruch, mevalarni saqlash y o ‘llarini bilishi kerak.
Ota-ona ne ’matlarni uvol qilish gunohligini farzandiga yoshligidanoq
nasihat y o ‘li bilan o ‘rgatadi.
Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar
o ‘rgatish lozim deb k o ‘rsatadi. Inson hunarni puxta o ‘rganishi shart.
Chunki, hunar unga kelajakda ro ‘z g ‘or tebratish uchun kerak. Bu
shunday olib borilishi kerakki, u o ‘z mehnatining natijalarini k o ‘ra
bilsin. Shundagina bola o ‘z imkoniyatidan to ‘g ‘ri yoki noto‘g ‘ri
foydalanayotganini his qila oladi.
Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o ‘rgatadi. Bu jarayonda
bola
hisob-kitob
qilishni
ham
o ‘rganadi,
ishbilarmonlik
va
tashabbuskorlik xususiyatlariga ega b o ‘ladi.
Farzand oilada ota-ona tajribalari ta ’sirida tarbiya k o ‘radi. Ota-
ona har qadam, har nafasda bolaga saboq beradi:
- Asbobni ishlatgach, darhol o ‘rniga, yopiq joyga olib, q o ‘y.
U y o m g ‘ir emas, shudring tegsa ham zanglaydi, o ‘tinaslashib
qoladi.
- Tovoningni to ‘g ‘ri bos, poyabzalning poshnasi yeyilmasin...
- Suvning bir tomchisi ham aziz. Uni qadrla...
- Nonning uvoli turmushga, q o g ‘ozning uvoli obro‘ga putur
yetkazadi.
Uvoqni k o ‘rdingmi, k o ‘zingga surt, q o g 'o z parchasini chetga
olib q o ‘y...
M azmuni olamcha bo'lg an bu o ‘gitlar ota-onalar tomonidan
farzandlar ongiga singdirilayotgani xasislik alomatlari emas, balki
turmush tajribasining durdona xulosasi, tejamkorlikka undashdir.
Tejamkorlik tarbiyasi axloqiy tarbiyaning hisob-kitob bilan yashashga
o ‘rgatadigan muhim sohasi sanaladi.
Ishlab chiqarish korxonasidami, ro ‘z g ‘ordami, tabiat b a g ‘ridami,
qayerda boMmasin, tejalgan n e ’mat katta ijtimoiy ahamiyatga ega
b o ‘ladi.
Insonlardagi tejamkorlik fazilati oila yoki davlatning moddiy
qudratini mustahkamlashdan tashqari, ularda turmush kechirish
m e ’yoriga amal qilish malakasini ham shakllantiradi.
Vaqt- inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Uni faqat dunyoni o ‘rganish
va o ‘zgartirishga, shaxsiy manfaati va el-yurt xizmatiga, mehnat
samadorligini oshirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga sarf
etish xususiyatini har bir kishida shakllanishi muhim fazilatdir.
Saxiylik yuksak darajadagi ijobiy fazilatdir. Shu bilan birga
saxiylik, tejamkorlik ruhi bilan su g ‘orilm og‘i kerak. Yoshlarga
daromad hajmini belgilash va harajatning m e ’yorini barqarorlashtirish,
boshqacha aytganda, n e ’mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini
ishlab chiqish va unga q a t’iy amal qilish k o ‘nikmasini shakllantirish
darkor.
Qiymati qay darajada b o ‘lishidan q a t’iy nazar, narsani egasidan
s o ‘rab yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qaytarish
halollik belgisidir.
Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada
asrash lozimligi,tejashning mohiyati va usullarini t o ‘g ‘ri anglatish
tejamkorlik tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning
t o ‘laqonli amalga oshishi ota-onalar, o ‘qituvchilar, tarbiyachilar,
rahbarlar, jam oatchilikning faolligiga bogMiq.
Tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta ’sirchanligi va samarasi
bilan bolalar dastlab o ‘z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal
qiluvchi roli ana shu tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va
sekin-asta kuchaya boradi. Nam una k o ‘rsatish, ishontirish, nasihat
qilish. maslahat berish y o ‘li bilan farzandlarni tejamkor b o ‘lishga
undash, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish, lozim b o i s a ,
isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash ota-onalarning tarbiyalay
olish mahoratlariga bo g ‘liq.
Tarbiyaviy ta ’sir tarbiyalanuvchi shaxsida qisqa muddatli, uzoq
muddatli, beqaror yoki doimiy ta ’sir k o ‘rsatishi mumkin. T a ’sir
qanchalik t o ‘g'ri, asosli va kuchli b o ‘lsa, farzandlarda tejamkorlik
fazilati shu qadar mustahkam shakllanadi.
O ta-o n alar hovli va xonad o nlarn i tartibga solish, ovqat
pishirish, kir yuvish va kiyim -k ech ak ni y am ash , r o 'z g ‘or asboblari
va uydagi jih o z la rn i t a ’m irlash sohasida b olalar m ehnatini tashkil
etadilar. B u n d a o ta-ona y um u sh larn i bo lalarga ularning jis m o n iy ,
aqliy, ruhiy im koniyatlarini hisobga olgan holda topshirishlari
kerak.
Ishni topshirish bilan cheklanmay, bola uni qanday baja-
rayotganini nazorat qilib turish, lozim boMsa, maslahat, k o ‘mak
berishi, ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Bola mustaqil
topshiriqni bajarish jarayonida rejadagi ishni uddalash uchun
sarf etiladigan xomashyo, m ablag‘, vaqt, kuchni aniqlash, kerakli
uskunalarni tayyorlash, sozlash malakalarini egallab boradi.
Matbuot, radio, televideniya xabarlari, o ‘qituvchilar, tarbiyachilar
tomonidan berilgan tejamkorlikka oid m a ’lumotlar, ota-onalar hamda
keksalarning bu t o ‘g ‘ridagi maslahatlari, tanbehlari ham bolada
mazkur tushunchaning kengayishiga ijobiy ta ’sir etadi.
Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning xilma-xil vazifalari bir
necha fan b o ‘yicha darslarda amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston davlatining moddiy va m a ’naviy o ‘sish iqtisodiy
qonuniyati bilan o ‘quvchilar tabiiy fanlarga oid darslarda tani-
shadilar.
Jamiyatshunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori
darajaga k o ‘tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni bajarilishi
lozimligini o ‘rganadilar.
Yangi texnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi?
Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin?
Shunday savollarga bolalar o ‘qituvchilar yordam ida dars va darsdan
tashqari m ashg‘ulotlarda jav o b topadilar.
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga
oshiriladi. Bu darslar n e c h o g ‘lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa,
o ‘quvchilar shunchalik iqtisodiy bilim va m alakaga ega boMadilar.
Bunday bilimlar o ‘quvchilar kelajakda qaysi sohada ishlash yoki
qayerda o ‘qishlari mumkinligini moMjallashlariga imkon beradi.
Iqtisodiy tarbiya uslublari xilma-xildir. Jumladan, suhbat, m a ’-
ruza, amaliy m ash g‘ulot, sanoat shoxbchalariga sayohat o ‘tkazish,
solishtirish,hisob-kitob qilish g ‘o y a td a ta ’sirchanuslublar hisoblanadi.
0 ‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda
darslarda va darsdan tashqari m ash g ‘ulotlardan unumli foydalanish
m umkin. 0 ‘quvchilarni nech og ‘lik iqtisodiy tarbiya topganliklari
o ‘qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak.
Tejamkorlik, ijodkorlik, m a s ’uliyat hissi tashabbuskorlik, ishbi-
larmonlik, hisob-kitob mohirligi o ‘quvchilar iqtisodiy tarbiyadan
qanday saboq olayotganliklarini k o ‘rsatuvchi muhim mezondir.
202
Do'stlaringiz bilan baham: |