E S T E T I K T A R B I Y A B E R I S H V O S I T A L A R I
Estetik tarbiya vositalari - o ‘quvchilarni estetik tarbiyalash
m aqsadida tevarak-atrofdagi tanlab olingan turm ush, tabiat, s a n ’at
estetikasi va bolalarning badiiy ijodi hisoblanadi. Oila g o ‘zallikning
birinchi maktabi. Oila a ’zolarining o ‘zaro m unosabatlari, uyning
jihozlari, ularning yag o n a birligi, u y g ‘unligi, tartibli joylashtirilishi,
saranjom-sarishtalik, m aktabning bezatilishi, m aktabdagi yodgorlik
va a ’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalar
estetikasiga t a ’sir etadi. Turm ush estetikasining asosini tozalik va
tartiblilik tashkil etadi. S in f xonalarida tozalikni saqlanishi, tabiat
burchagini tashkil etilishi, o ‘quvchilar ijodiy ishlari k o ‘rgazmasi,
a ’lochilar taxtasi va boshqalar o ‘quvchilarning estetik didlarini
tarbiyalaydi. Tabiat eng m uhim estetik tarbiya vositasidir.
Tabiat turlicha estetik kechinm alarning asosi b o ‘lib, tabiatdan
t a ’sirlanish, uni k o ‘ra bilishga, eshita olish qobiliyatiga b o g ‘liqdir.
0 ‘quvchilarning tabiatga sayohatlari, turistik yurishlari, ular
diqqatini tabiat g o ‘zalligiga qaratish imkonini beradi. 0 ‘quvchilar
yilning t o ‘rt faslida tabiat o ‘ziga xos rang olishini, o ‘zgarishini
bilib oladilar, tabiat hodisalariga qiziqish kuchayadi va tabiatni
asrab-avaylash kerakligini chuqurroq anglab yetishlariga yordam
beradi. 0 ‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida nafaqat tabiiy
bilimlarni o ‘zlashtiradilar, balki tabitda g o ‘zallikni yaratishni,
m aktab hovlisini k o ‘kalam zorlashtirish, gulzor yaratish, daraxt
o ‘tqazish va parvarish qilish kabilar bolalar ruhiyatiga kuchli t a ’sir
196
etadi va estetik k o ‘nikm a-m alakalarini shakllantiradi. S a n ’at turlari
asosiy tarbiya vositalari boMib, s a n ’atning xilma-xil k o ‘rinishlari
va janrlari yo rdam ida o ‘quvchilarning rangtasvir, qalam tasvir
haqidagi bilimlari, haykaltaroshlikka doir k o ‘nikm a va malakalari,
ijodiy qobi 1 iyatlari shakllantirilib boriladi. Rasm darslari tasviriy,
amaliy, arxitektura s a n ’ati, o ‘zbek va chet el s a n ’at ustalarining
ijodlari, asarlari bilan tanishtiradi h am da asliga k o ‘ra, xotira va
tasavvurlari asosida rasm chizish malakalarini tarbiyalaydi. Darsdan
tashqari suhbatlar, kechalar, k o ‘rgazm alar tashkil etish, muzey,
rasm lar galereyasiga, s a n ’at yodgorliklari, rassom va m e ’morlar,
haykaltarosh ustaxonasiga sayohat amaliy s a n ’at t o ‘garagiga
qatnashish, tanlovlar o ‘tkazishni tashkil etilishi bolalar tarbiyasida
m uhim vositadir. Estetik tarbiya berishda ashula va m usiqaning roli
benihoya kattadir. M u siq a va ashula o ‘quvchilarning musiqaviy
qobiliyatlarini, m usiqiy xotira, didini o ‘stiradi. M usiqadan nazariy
m a ’lumot beriladi, ular notalar, turli davralardagi m usiqa asboblari,
m usiqashunoslarning ijodi, oqimlar, jan rla r bilan tanishadilar.
Bolalar birgalikda ashula aytishga, raqsga tushishga o ‘rganadilar.
0 ‘zbek xalq klassik musiqalari, ashulalarini ijro etishga harakat
qiladilar.
197
Do'stlaringiz bilan baham: |