E S T E T I K T A R B I Y A N I N G M O H I Y A T I
Estetik tarbiya - o ‘quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi,
kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi
g o ;zallikni idrok qilish hamda t o ‘g ‘ri tushunishga o ‘rgatish, ularning
badiiy didini o ‘stirish, go^zallikka muhabbat uy g ‘otish hamda
hayotiga g o ‘zallik baxsh etuvchi qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Taprbiya nazariyasida ikki xil tushuncha mavjud: estetika va badiiy
tarbiya tushunchalari.
Estetik tarbiya ancha keng m a 'n o g a ega b o ‘lib, tabiat va jam iyat,
mehnatdagi g o ‘zalliklarni ideal nuqtayi nazardan idrok etishga,
shuningdek estetik faoliyatga, voqelikni g o ‘zallik qonun-qoidalari
asosida o ‘zgartirishga qodir shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir.
Estetik rivojlantirish - bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari
va estetik faoliyatining vujudga kelishi hamda takomillashuvidan
iborat uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon yosh va ijtimoiy
omillar bilan belgilanadigan turli darajalariga egadir. U shaxsning
jam iyat estetik madaniyatini egallab olishga b o g ‘liq b o ‘lib, turli
y o ‘llar va shakllar yordam ida amalga oshiriladi.
U jam iyat estetik madaniyatini turli m a ’naviy va moddiy
k o ‘rinishlarda tushunib olishni ta’minlaydi.
Jamiyat va ayrim shaxsning estetik madaniyati tushunchalari
mavjud.
Jamiyatning estetik madaniyati - insoniyat butun rivojlanish
tarixi jarayonida t o ‘plangan moddiy va m a ’naviy qadriyatlari
majmuyi demakdir. 0 ‘quvchi shaxsining estetik madaniyati uning
madaniy merosini faol, ijodiy o ‘zlashtirishi natijasida hosil b o ‘ladi.
Shaxs estetik madaniyatining asosiy tarkibiy qismlari estetik ong,
ehtiyojlar, munosabatlar va estetik faoliyatlardir.
Estetik ong, estetik idrok, bilim, mulohaza, bahs, estetik idealni
qamrab oladi.
Estetik ehtiyojlar va munosabatlar esa, eng a w a l o shaxsning
estetik qiziqishlari, didi, estetik hissiyotlarida ifodalanadi.
Estetik faoliyat k o ‘nikma. malaka, ijodiy qobiliyatlar mavjudligi
bilan tasvirlanadi.
Estetik ong ijtimoiy voqelik, tabiat, s a n ’at bilan bevosita muloqot
jarayonida shakllanadigan g ‘oyalar, nazariyalar, qarashlar, badiiy
ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadi, estetik ongning asosini
estetik idrok tashkil qiladi.
Estetik idrok bu a tro f voqelikdagi buyumlar, hodisalarning estetik
mohiyatini butun tarkibiy qismlari bilan birgalikda aks ettirish, idrok
etilgan narsalarni shaxsda mavjud boMgan hissiy va aqliy narsalarning
o ‘zaro aloqasi bilan ifodalanadigan estetik mezonlar bilan qiyoslash
jarayonidir.
Estetik idrok g o ‘zallik bilan uchrashganda yuzaga keladi va aniq
maqsadga qaratilganligi bilan izohlanadi. ToMaqonli estetik idrok
estetik tushunchalar va estetik mulohazalarni shakllantirish bilan
birgalikda sodir b o ‘ladi.
Estetik
m u lo h a z a -s h a x sn in g
aniq
bir
estetik
hodisaga
munosabatini bildiruvchi aqliy harakatida ifodalanadi. Shaxsning
estetik mulohazasi chuqurligi, takomillashganligi, murakkabligi,
yuqori yoki pastligi bilan ajralib turadi. Estetik mulohaza darajasi
shaxsning xulq-atvori va bilim saviyasiga, estetik tajribasiga
b o g ‘ liqdir.
Estetik baho deganda shaxsning m uayyan hodisa yoki obrazga
insoniyat butun tarixiy rivojlanishi jarayonida hosil qilgan va estetik
mulohazalarida ifodalangan estetik qoidalar, g ‘oyalar bilan qiyoslash
asosida baho berish tushuniladi. Estetik baho tevarak-atrof, voqea-
hodisalarga, san’at asarlaridagi g o ‘zallik yoki qabihlik, dahshatlilik
yoki hazil-mutoyibaga moyiilik, hazilkashlik kabi kategoriyalarga
tayanib, ularning estetik qimmati obrazli aks ettirishning chuqurligi
va yaxlitligi, m uallif ijodiy usulining yorqinligi haqidagi fikrlarni
qamrab oladi. Estetik baho berishda shaxsning ijtimoiy yashash
tuzumi, ijtimoiy kelib chiqishi yaqqol k o ‘zga tashlanadi. Masalan,
yuqori
sinflarda adabiyot o ‘qituvchisi tomonidan o ‘tkazilgan
«bahs» kechasida o ‘quvchilar taniqli yozuvchi A. Qodiriyning
asarlarini m uhokam a qilib, yozuvchining roman yozish qobiliyatini
baholaydilar. Unda roman yozishning qoidalariga amal qilinganligini
qiyoslash orqali ajratib k o ‘rsatadilar.
Estetik ideal bu shaxsning tabiat, jam iyat va sa n ’atdagi m aqsad
tarzida idrok etadigan takomillashgan g o ‘zallik haqidagi ijtimoiy
bahosining aks etishidir. Shunga k o ‘ra, estetik idealning m uhim
belgisi shaxsning dunyoqarash xususiyatiga k o ‘ra aniqlanadi. Estetik
ideal uchun estetik m adaniyat hodisasi sifatida faqat uning o ‘lchovi
tarzida emas, balki undovchi tarzidagi m uhim xususiyat b o ‘lib
qoladi.
Estetik ehtiyoj deb, shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib
olishga badiiy faoliyatning aniq bir turiga yoki uning xilma-xil
turlariga undovchi subyektiv omillariga aytiladi. Estetik ehtiyojlar
estetik axborotga ehtiyojni, g o ‘zallik haqidagi fanning rivojlanish
qonuniyatlarini chuqurroq bilishga, estetik zavq bergan narsani
k o ‘proq idrok etishga intilishda m urosasiz b o ‘lish va uni butkul
y o ‘qotishga harakat qilishda, aniq bir sa n ’at asari, uning muallifi
haqidagi yangiliklarni bilishga intilishda ifodalanadi.
Estetik q iz iq is h -s h a x sn in g estetik faoliyatida, voqelik va s a n ’at
asarlarini estetik jihatdan ifodalashda k o ‘rinadi. Estetik qiziqishning
asosiy belgilari o ‘quvchida estetik faoliyatga intilishi, o ‘zi yoqtirgan
s a n ’at asarlarini y ig ‘ib, t o ‘plab borishi, ularni takror-takror o ‘qib,
idrok etishi, ular haqida fikr bildirishga intilishi, boshqalarning shu
190
masalaga doir fikrini bilishga qiziqish, muayyan s a n ’atkor, janr,
y o ‘nalish kabilarni afzal k o ‘rishda namoyon boMuvchi, tanlash
xususiyatining mavjudligi bilan ifodalanadi. Masalan, o ‘quvchilar
o ‘zlarini
qiziqtirgan
san’at
ustasining
rasmlarini,
asarlarini
to ‘playdilar, qayta-qayta o ‘qib chiqadilar.
0 ‘quvchilar
estetik
qiziqishlarining
kengligi,
chuqurligi,
barqaror yoki beqarorligi bilan ajralib turadilar. Bu ulam ing faolligi
darajalarini va a tro f hayotga estetik ham da amaliy munosabatlarida
namoyon b o ‘ladi. 0 ‘quvchidagi estetik qiziqish darajasi pedagogik
ta ’sir natijasida yuqoriga k o ‘tarilishi yoki susayishi ham mumkin.
Estetik qiziqishlar o ‘quvchida estetik ehtiyojni tu g ‘ilishiga sabab
b o ‘ladi.
Estetik did shaxsda uning shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlarining
q o ‘shilishi natijasida hosil b o ‘ladigan murakkab hodisadir. Did o ‘z
tabiatiga k o ‘ra faqat shaxsga oid amm o, shaxs ijtimoiy munosabatlar
majmuyi b o ‘lganligi uchun, u estetik baholash mezoni b o ‘lib
xizmat qiluvchi ham subyektiv, ham obyektiv m e ’yorlarni o ‘zida
birlashtiradi. Baho, buyum yoki hodisaning estetik mohiyatini
egallash jarayoniga taalluqli b o ‘lib, did esa shaxsning buyum yoki
hodisaga nisbatan estetik munosabat bildirishida ifodalanadi. Estetik
did estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar у ig‘indisi
orqali shakllanadi ham da shaxsning buyum, hodisalarga estetik baho
berishda yaqqol namoyon bo ‘ladi.
Estetik tu y g ‘u bu shaxsning buyum yoki hodisaga estetik baho
berish munosabatini subyektiv boshdan kechirishdir. Estetik tu y g ‘u
o ‘quvchining m azkur buyumning shakli, rangi va mazmunidan
m a ’naviy lazzatlanishda yoki aksincha nafratlanishda ifodalanadi.
Estetik his-tuyg‘u inson aql-zakovatiga k o ‘ra mazmunli, murakkab,
chuqur va xilma-xil boMadi. Estetik his-tuyg‘u, chuqur va barqaror
estetik qiziqishlarni hosil qilishi mumkin.
191
0 ‘quvchida estetik idrok, bilim, mulohazalar, baho, ideal, his-
tu y g ‘u, qiziqish, ehtiyoj va estetik faoliyatga aylanadi, estetik did
birligi, uni estetik faol bo'lishga, o ‘z faoliyatini namoyon qilishga
tayyorlaydi. U asta-sekin tevarak-atrofni g o ‘zallik qonunlari asosida
o ‘zgartirishga, g o ‘zallik yaratishga harakat qiladi, chunki inson
g o ‘zallikni nafaqat m ushohada etadi, balki uni yaratadi ham. Estetik
jihatdan tarbiyalangan odam hayotni g o ‘zal qilishga intiladi, estetik
tomondan faol boMadi. Uning estetik faolligi hayotda g o ‘zallik
yaratishda egallangan estetik k o ‘nikmalarida: chiroyli, bejirim
kiyinishda, madaniy muomalasida, o ‘zini tuta bilishida, oila va ishda
estetik muhitni yaratishda namoyon boMadi.
«Estetik tarbiya» bilan bir qatorda «badiiy tarbiya tushunchasi»
ham mavjud.
Badiiy tarbiya deb shaxsni s a n ’at vositalari y o r d a m id a y a ’ni san'at
asarlarining mazmuni va shaklini estetik idrok etishni rivojlantirishga,
sa n ’atning m a ’lum turida qatnashish va ijodiy faoliyat uchun zarur
boMgan badiiy did, hamda qobiliyatlarni shakllantirishga aytiladi.
S a n’at turli estetik shaxsning barcha tomonlariga hissiy-estetik t a ’sir
etadi va uni badiiy faoliyatning har xil turlari bilan tanishtiradi.
0 ‘quvchilarda voqelikka, estetik munosabat hamda badiiy did
qanday mazm unda shakllanishi rivojlanayotgan mustaqil 0 ‘zbekiston
uchun alohida ahamiyatga ega. Shu tufayli pedagoglar o ‘quvchilar
uchun M amlakatimiz hayotining muhim hodisalarini aks ettiradigan,
ularni g ‘oyaviy tarbiyalaydigan hamda ularga estetik t a ’sir k o ‘rsa-
tadigan sa n ’at asarlarini tanlab olishlari va bolalarning estetik
faoliyatini jam iyat taraqqiyoti, hayoti bilan bo g ‘lashlari lozim.
0 ‘quvchilarni estetik tarbiyalashda izchillik qoidasi o ‘quvchining
estetik madaniyati, zamonaviy sa n ’atining o ‘tmish san’ati, a n ’analar
va estetik tarbiyaning ilg‘or nazariyalari bilan aloqada b o ‘lishini
taqozo qiladi.
192
0 ‘zbek xalqi o ‘tmishdagi boy milliy, madaniy merosga, badiiy
boyliklarga, s a n ’atiga egadir. 0 ‘quvchilarda unga nisbatan hurmat
va ehtiyotkorlik bilan munosabatda boMishni tarbiyalash hamda
tarbiya jarayonida ularni badiiy ijodiyotining eng ilg‘or tomonlarini
o ‘rganishga undash zarur.
0 ‘quv va ijodiy faoliyatning birga q o ‘shib olib borilishi u
yoki bu o ‘quvchi va z ifasin ing hal qilish d arajasiga k o ‘ra turlicha
b o ‘Iishi m um kin: o 'q u v m ateriali q a n ch alik kam o ‘zlashtirilgan
b o 'lsa , ijodiylik ham sh unchalik oddiy b o ‘ I ishi va, aksincha,
o ‘quv m ateriali q a nch alik yaxshi o ‘zlashtirilgan b o ‘lsa, unda
ijodiy faoliyatdan, sh unchalik k en groq foydalanish, y a ’ni ijod
qilish keng qirrali
b o ‘lishi m um kin. 0 ‘q u vch inin g estetik
rivo jlantirishning asosiy y o ‘li uning m ustaqil badiiy faoliyati va
ijodkorligini shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |