Yotib qolish va to ‘kilishga
bardoshli, qishga chidamliligi 5,0 ball.
1999-2000-sinov yillarida o ‘rtacha don hosildorligi sug‘oriladigan nav
sinash shoxobchalarida gektaridan 42,9 dan 56,5 sentnergacha.
Sinov yillarida qishloq x o ‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan
kuchsiz darajada zararlandi.
Ob-havo noqulay kelgan 1999-yili sariq zang bilan kuchli zararlanish,
ayniqsa, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 60,0-100 %
gacha aniqlandi. Boshqa viloyatlarda o ‘rtacha darajada 10,0-35,0 %
gacha
zararlandi.
Respublika non nazorati laboratoriyasining m a’lum otiga k o ‘ra,
navning texnologik va non yopish sifati yaxshi: oqsil miqdori (protein)
11,6-14,8 %, kleykovina 27,0-29,0%, ID K 75-90 yed., un chiqishi 68,0
dan 74,0 % gacha. Nonining ko‘tarilish hajmi 348 dan 388 sm gacha.
Umumiy non yopish bahosi yaxshi (4,0 -5,0 ball).
Sanzar-6.
0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy
ishlab chiqarish birlashmasi)da Red-river 68 - x rannaya 12 duragay
chatishmasidan yakkalab va guruhlab tanlash yo‘li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Kovalev A.I., Kovalev Yu.I., Gaybullayev S.G., Umarov
D.T., Pitonya A.A., Odinsova I.G.
1991-yildan Jizzax, Sirdaryo, Toshkent
viloyatlarining lalm ikor
yerlarida kuzgi muddatda davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.
Eritrospermum tur xiliga mansub. Duvarak, biologik kuzgi.
Boshog‘i prizmasimon, o‘rtacha uzunlikda va zichlikda.
Boshoq qipig‘i lansetsimon, kam tomirlangan. Tishchasi o ‘tkir to ‘g‘ri,
kalta. Yelkasi kalta, kesilgan,
doni dumaloq, ariqchasi tor, sayoz. Doni
yirik, 1000 ta donaning vazni 37,0 dan 45,0 g gacha.
Ertapishar, o ‘sish davri 145 dan 177 kungacha (erta bahorda to ‘la
unib chiqqan). Y otib qolishga, to ‘kilishga, qurg‘oqchilikka, qishga
chidamliligi 5,0 ball.
G ‘allaorol va Qamashi nav sinash shoxobchalari m a’lumotiga ko‘ra,
1999-2000-sinov yillarida lalmikor sharoitda hosildorlik gektaridan 17,7
va 23,4 sentner, og‘ir lalmikor sharoitda K attaq o ‘rg‘on
nav sinash
shoxobchasida 7,7 sentnerni tashkil etdi.
Nav qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada
zararlanadi. Ob-havo noqulay kelgan 1999-2000-yillari sariq zang bilan
zararlanish G ‘allaorol lalmikor nav sinash shoxobchasida o ‘rtacha
darajada 37,0 % gacha aniqlandi.
R espublika non nazorati tajribaxonasining m a ’lum otiga k o ‘ra,
navning texnologik va non yopish sifati o ‘rtacha: oqsil miqdori (protein)
8,5%, kleykovina 27,0 %, un chiqishi 71,0 %, nonning ko‘tarilish hajmi
294 sm3. Umumiy non yopish bahosi o ‘rtacha (3,0 ball).
Download
Do'stlaringiz bilan baham: