Axborotlarni saqlash texnologiyalari,
masalan,
ma’lumot bazalari yoki
arxivlari, sayyohlik tashkilotlarining boshqa muhim xususiyatlarini namoyon etadi.
Ma’lumltlarni saqlash sayyohlik faoliyatining muhim jihatidir. Ma’lumotlar
ombori olingan va yaratilgan axborot va bilimlar, ular bilan birga kelgusidagi
sayyohlik faoliyati uchun kerakli imkoniyatlarni saqlashni osonlashtiradi. Virtual
sayyohlik faoliyati uchun hattoki an’anaviy faoliyatdan ko’ra ko’proq darajada
kelgusidagi faoliyati uchun ma’lumotlarni saqlash talab qilinadi.
Monitoring va skaner qilish texnologiyalari
axborotni to’plash va
baholash maqsadida tashkilot ishlab turgan muhitni tadqiq qilish
uchun
mo’ljallangan. Ba’zida bu ish kompaniyaning xavfsizligi uchun qilinadi (masalan,
kuzatuv kameralari), umumiy tarzda aytadganda, bu toifaga savdo hajmi, bir
mijozning o’rtacha xarajatlari va boshqalar haqida ma’lumot to’planuvchi elektron
sotuv shoxobchalari kabi axborot to’plash texnologiyalari kiradi. Bundan tashqari,
bu texnologiyalar kompaniyaning maxsus tahlil o’tkazmay, o’z harakatlarini
o’rganish, o’z xato va muvaffaqiyatlarini bilish imkonini beruvchi o’zi haqida
ma’lumot to’plashida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlil texnologiyalari
ma’lumotlar to’plamini tahlil qilish va katalog
tarzida ma’lumot berish uchun mo’ljallangan. Ular qayta ishlanmagan ma’lumotlar
va mavjud axborot o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi.
Texnologik kanallar orqali mijozlarga xizmatlarni ko’rsatish savdo
agentlariga nisbatan ancha tez bajariladi. Buni
elektron tijorat texnologiyalari
yordamida orqali amalga oshirish mumkin
.
Sayyohlik sohasida xizmatlar
ko’rsatish texnologiyalardan foydalanishning eng ommaviy sohalari mehmonxona
korxonalarining global buyurtma berish, aviabilet va transfer tizimlaridir.
Bu texnologiyalar sayyohlik industriyasida (jumladan, Rossiyada) muayyan
sayyohlik firmasini boshqarishdagi maxsus dasturiy ta’minotdan global
kompyuter tarmoqlarini qo’llashgacha yaqqol namoyon bo’lmoqda. Axborot
texnologiyalari mijozlar va sheriklar uchun firma haqidagi turli-tuman ma’lumot
va reklama materiallarini beradi. Turizm sohasida qo’llaniluvchi axborot
texnologiyalari kompleksi va ularning distribyutiv qismlari (nomerni band qilish
tizimlari, global taqsimot tizimlari va hokazo) nafaqat kontragent yoki
iste’molchiga xizmatlarni sotish, balki ehtiyojni shakllantirish, bozordagi faoliyat
samaradorligi va daromadlilikini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |