7
Respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov ham birinchi chaqiriq O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‗zlagan nutqida mazkur muammoga munosabat bildirib
quyidagi o‗ta dolzarb va mantiqiy fikr – mulohazalarini shu soha mutaxassislari oldiga ko‗ndalang qilib
qo‗ygan edi: ―Zamonaviy boshlang‗ich ta‘limning o‗zi nimadan iborat bo‗lishi kerak? Bola 1-4- sinflarda
qanday bilimga ega bo‗lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo‗lishi kerak? Shu masalalarga javob
topishimiz zarur.
Yana bir muhim savol.
Norasida bolaning miyasi, ongi nimani o‗ziga singdira oladi, nimani qabul qilmaydi? Kim bu
masalani ilmiy jihatdan tadqiq qilgan?‖ (Barkamol avlod orzusi. -Toshkent: O‗zbekiston Milliy
ensiklopediyasi, 2000, 14-bet).
Darhaqiqat, o‗yinlarning rangin olamini tark etib, maktabga birinchi bor qadam qo‗yayotgan,
murg‗akkina yuragi va mitti vujudini qo‗rquv aralash hadik hamda hayajon qurshab olgan va yo sevimli
bo‗lib qolgan aziz bog‗chasidan muayyan tartib - intizom joriy qilingan boshqa bir u uchun hali
mavhum
va begona bir ta‘lim muassasasiga yo‗l olayotgan bolaning ruhiy kechinmalari olami haqida nimani
bilamiz? Shunday vaziyatda bola qanday yordamga muhtoj? Biz unga qanday va nima yordam
berishimiz mumkin? Shu yordam ko‗lami va usullari olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilganmi? Maktab
ostonasida bola yana qanday muammolarga ro‗baro‗ keladi? Shunday muammolar bormi? Hech
ikkilanmasdan, ―Ha, bor‖,-deyish mumkin.
Darhaqiqat, biz bog‗chadan maktabga yo‗l olayotgan bola psixologiyasi haqida etarli
darajadagi ma‘lumotlarga ega emasmiz. Bu muammo olimlarimiz tomonidan etarlicha ochib
berilmagan. Ushbu masalaga daxl etgan tadqiqotchilarimiz ham unga sathiy va bir tomonlama
munosabat berganlar. xususan, 6-7 yashar bolaning ushbu davrdagi ruhiy kechinmalari dalillar orqali
ochib berilmagan. Bog‗cha ko‗rgan va ko‗rmagan bolalarning maktabga tez moslashuvi uchun
nimalar qilish kerak? +anday psixologik va pedagogik chora-tadbirlar qo‗llash ularni o‗tish
davri"dan bezarar olib o‗tishga imkoniyatlar yaratadi? Negadir haligacha
shunday yordamlarning
ko‗lami va usullari olishlarimiz, tomonidan ishlab chiqilmagan. Nega? Bu savolimiz ham javobsiz
qoladi. Bizning fikrimizga bunga sabab birta-maktabgacha va boshlang‗ich ta‘limga bo‗lgan
e‘tiborsizlik, ularni ikkinchi darajadagi ta‘lim muassasalari deb qarashdir. bunday qarashni
o‗zgartirish va zamona talablarini chuqurroq anglash va unga munosib va mutanosib muomalayu
amalda bo‗lish vaqti etmadimikin!? Axir biz Istiqlolni zor kutgandikku! Nega bergan
imkoniyatlardan dangasalarcha foydalanamiz!?
Masala mohiyatiga chuqurroq anglab etish maqsadida maktabgacha ta‘lim va boshlang‗ich
ta‘lim o‗rtasidagi uzviy va mantiqiy bog‗liqlik o‗rniga muayyan ―uzilish‖lar mavjudligini qayta-qayta
ta‘kidlash lozim. Bu uzilishlar qanday salbiy oqibatlarga olib kelmoqda? Bu borada ham chuqur
mulohaza yuritish vaqti etmadimikin?.
Ayni damda iqtisodiy munosabatlarning yangi turlari shakllanib, keng quloch ochib bormoqda.
Buning bir talay ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, salbiy jihatlari borligini ham e‘tirof etish va unga tik
qarashga to‗g‗ri keladi. Masalan, maktabgacha ta‘lim muassasalarining keskin kamayishi shu omil bilan
bog‗liq ekanligi hech kimga sir emas. Ilgari bu ta‘lim muassasalari davlat tomonidan har tomonlama
moddiy va ma‘naviy jihatdan ta‘minlanib turilar edi. Bir muddat ular yangi iqtisodiy sharoitga moslasha
olmay miqdor jihatdan ham sifat jihatdan ham ancha pastga tushdi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning
oqilona siyosatlari natijasida ayni damda, maktabgacha ta`lim muassasalari son va sifat nuqtayi nazaridan
keskin oshdi. Xullas, iqtisodiy qiyinchiliklar maktabga qadam qo‗yayotgan
bolaning muammolarini
ko‗paytirgan edi. Chunki maktabgacha ta‘lim muassasasida tarbiyalangan bola tartib – intizomga
ko‗nikadi, jamoa nimaligini anglaydi, uning talablariga moslashadi, asta-sekin bo‗lsa ham mas‘uliyat
nimaligini his qila boshlaydi. Agar aksincha bo‗lsa-chi? Ya‘ni bola bog‗chaning yo‗qligi yoki
yopilganligi bois unda tarbiyalanmagan bo‗lsa-chi? Unda, tabiiyki, maktab u uchun bir notanish – begona
joy bo‗lib ko‗rinadi. Unga maktabga nisbatan qo‗rqish, hadiksirash, begonalik hissi bog‗chaga
tarbiyalangan bolaga nisbatan kuchli bo‗ladi. Shuning uchun ba‘zi bolalar ―maktabga bormayman‖,-deb
xarxasha qilib, ota-onasini tashvishga qo‗yadi. Natijada to bola maktabga ko‗nikkunga qadar ota – onasi
va yo boshqa bir qarindoshi u bilan birga maktabga qatnaydilar. Bu ―qatnov‖lar to bola maktabga
ko‗nikkuncha davom etadi va asta-sekinlik bilan bu usuldan voz kechiladi. O‗z-o‗zidan ayonki, bu
holatlar
bolalarning
ruhiyatiga ham salbiy ta‘sir o‗tkazadi. Natijada ular har qanday
muvaffaqiyatsizliklardan tez xafa bo‗lib ruhiy tushkunlikka tushadilar. Ularda ta‘lim olish ishtiyoqi
susayadi va tezroq bu vaziyatlardan chiqib uyga borish istagi kuchayadi. Bog‗cha ta‘limini olgan bolalar
ayrimlarini keltirganimiz muammolarga duch kelsalar ham uni nisbatan tezroq bartaraf etishga
8
erishadilar. Ular yangi sharoitga tez ko‗nikadilar. Boz ustiga agar ular bog‗chaga
birga qatnagan
do‗stlari bilan maktabga borsalar bu moslashuv yanada samaraliroq bo‗ladi.
Haqli savol tug‗iladi. Nima qilsak yuqorida zikr etganimiz muammolar sifatli echimini topadi va
yo hech bo‗lmaganda muayyan miqdorda kamayadi? Birinchi navbatda Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, bu
masala bilan ko‗proq mutasaddi institut va markazlarning ilmiy xodimlari shug‗ullanib, tavsiya va
xulosalarini ilmiy asoslangan holda peshnihod qilishlari kerak. Bu tavsiya va ilmiy xulosalar muayyan
tajribalar bilan mustahkamlangandan so‗ng maktabgacha va boshlang‗ich ta‘lim mutaxassislari
tomonidan amalda qo‗llanishi lozim. Ikkinchidan, maktabgacha ta‘lim rahbar xodimlari, murabbiy va
tarbiyachilari hamda boshlang‗ich sinf o‗qituvchilari o‗z ish faoliyatlarini ilm-fan yangiliklari, yangi
pedagogik
texnologiyalar, mashhur ruhshinos va pedagoglarimizning ilmiy ishlaridan boxabar bo‗lgan
holda rejalashtirib, tashkil etishlari kerak. Aks holda ular yuqorida zikr etganimiz bolalarning
muammolarini hal etish o‗rnida, ularni yanada chigallashtiradilar. O‗qituvchilarimiz va
murabbiylarimizning ilm-fan yangiliklaridan o‗z vaqtida bexabar bo‗lib bormasliklari, mashhur
metodistlarimizning ishalridan bexabar qolishlari muammolarni kamaytirish o‗rnida ko‗paytiradi. Shu
o‗rinda voqeiy bir hodisani keltirib o‗tishni lozim topamiz: Ikki dugona - birinchi sinfga borayotgan etti
yoshli Ra‘no va olti yoshli Sojida yo‗l bo‗yida uchrashishdi. Sojida maktabdan kelayotgan dugonasini
zavq bilan kutib olib, savol berayapti:
-
Ra‘no, men qachon katta bo‗lamanu senday maktabga boraman?
-
Katta bo‗lma, maktabga borma, Sojida. Bilasan-mi, sen
o‗yda xohlaganingcha o‗ynaysan, dam olasan. Maktabga-chi? Seni o‗radilar, qulog‗ingdan tortadilar.
Uynagani qo‗ymaydilar. Partaga o‗tirib charchab ketasan.
Beg‗ubor va begunoh bu ikki dugonaning suhbati kishini befarq qoldirmaydi. Achinarlisi shundaki,
bunday voqealar maktablarda sodir bo‗lib turadi va biz bu holni befarq kuzatamiz. Shu bois murabbiy –
o‗qituvchilarimiz zamon talabiga muvofiq yaxshi ruhshinos ham bo‗lishlari lozim. Ta‘kidlash joizki,
agar boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi o‗z ishiga befarq bo‗lmay, tajribali metodistlar tavsiyalari,
pedagog olishlarimizning ilg‗or qarashlaridan doimiy xabardor bo‗lib borganida,
shunday holatlar
vujudga kelmas edi va shundagina mazkur sohalardagi to‗planib qolgan muammolarni echimini topish
oson kechadi va hammasidan ham asosiy va muhimi bolalarimiz maktabdan bezimaydilar, unga birinchi
kunlardan boshlab mehr qo‗yadilar. Bu hol o‗z navbatida o‗qituvchilarimiz mehnatini ham ancha
engillashtiradi. Uchinchidan, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda muxbirlarimiz shu soha
mutaxassislari va olimlarimiz bilan birgalikda mazkur muammoga diqqatlarini qaratib, vaqt-vaqtida
ushbu muammoni respublika miqyosida yoritib tursalar nur ustiga a‘lo nur bo‗lur erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: