214
Xususan, Zardushtiylar ta‘limoti bo‗lmish ―Avesto‖ muqaddas kitobining yuzaga kelishi bunga yorqin
misoldir, chunki, xalqimizning savodxonlikka intilishisiz inson ma‘naviy- ma‘rifiy kamolotini
yuksaltirish muammosini hal etib bo‗lmaydi.
―Avesto‖ kitobining muallifi Spitamon Zaratushtra ta‘lim-tarbiya masalasiga katta ahamiyat bergan
donishmand bo‗lgan. Buni mazkur kitobdagi quyidagi fikrdan ham bilsa bo‗ladi: ―Tarbiya hayotning eng
muhim tirgagi, tayanchi bo‗lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo
yaxshi o‗qishi, keyin esa yozishni o‗rganish bilan eng yuksak pog‗onaga ko‗tarilsin‖. Keyingi fikrdagi ―
... yaxshi o‗qishni, keyin esa yozishni o‗rganish bilan...‖ degan talabning o‗zi o‗sha davrda ham
boshlang‗ich ta‘limga nechog‗lik e‘tibor qaratilganligidan dalolatdir. Shuningdek, ―Avesto‖da bolalarni
o‗qitish va tarbiyalash qoidalari asosan quyidagicha uchta yo‗nalishda olib borilishi ta‘kidlangan: diniy va
axloqiy tarbiya; jismoniy tarbiya; o‗qish va yozishga o‗rgatish.
Agar bu yo‗nalishlarga e‘tibor beradigan bo‗lsak, bizning ota-bobolarimiz farzandlarini ma‘rifatli
va ma‘naviyatli bo‗lishlarini xohlaganlarini anglash mumkin. Bunga asos sifatida yuqoridagi
yo‗nalishlarni misol sifatida keltirish mumkin. Ya‘ni birinchi yo‗nalishda (diniy va axloqiy tarbiyaga)
e‘tibor beradigan bo‗lsak, bu to‗liq inson ma‘naviyatini ta‘minlovchi jihatlardir.
Ikkinchi yo‗nalish esa (jismoniy tarbiya) kishi ma‘naviyatidagi sog‗lom turmush tarzining
ifodasidir; uchinchi yo‗nalish (o‗qish va yozishni o‗rgatish) farzandlarimizning ―ma‘naviy
qashshoq‖ligining oldini olishdagi ma‘rifiy negizidir.
Bu haqda ―Avesto‖da yana shunday fikr bor: ―Tarbiya jamiyatning asosi. Shuning uchun bolalar
yaxshi tarbiya olmog‗i, yaxshi o‗qishni bilmog‗i lozim. Bolalarga voyaga yetgan sayin to‗rt narsani
yaxshi o‗rgating. Eng avvalo, ko‗chat ekib bog‗ qilishni, uy ro‗zg‗or buyumlarini yasashni, chorvani
boqishni hamda ekin ekishni yaxshi o‗rgating, mana shu to‗rt narsani bola yaxshi bilsa xor bo‗lmaydi,
farovon hayot kechiradi‖.
Ota-onalar bolalari yetti yoshga yetganda muqaddas oq ko‗ylak kiydirib, shu kuni o‗qituvchiga
berganlar. Ular eng avvalo ―ezgu fikrga, ezgu so‗zga, ezgu ishga ishonaman‖ deb quyoshga qarab qasam
ichganlar va har kuni besh marta tahorat olib, ustozi bilan birgalikda quyoshga qarab madhiya o‗qiganlar.
Eng qadimgi ―Hayot yo‗riqnomasi – ―Avesto‖ning yaratilganiga 3000 yildan oshib ketdi. Bu
muqaddas kitobning yartilishi va tarqalishi, ya‘ni zardushtiylik ta‘limoti va undagi diniy falsafiy aqidalar,
pandu nasihatlarni o‗ganish yoshlar ma‘naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
―Avesto‖ning nasihatlari va boy an‘analari yoshlarni har tomonlama tarbiyalab, kamolga
yetkazuvchi qadriyatlarni e‘zozlashga chorlaydi. ―Avesto‖da bayon etilgan aqidalar, dono fikrlar
odamlarni ezgulikka chorlovchi pandu-nasihatlar, juda kuchli ta‘sirga ega bo‗lgan, qadimgi Xorazmda
kurtak yozgan zardushtiylik ta‘limoti, keyin O‗rta Osiyoga tarqalib, uzoq vaqt davlat dini maqomiga ega
bo‗lgan.
Binobarin, boshlang‗ich ta‘limda o‗quvchilar ma‘naviyatini shakllantirishda ―Avesto‖ kitobidagi
pand-nasihatlar, rivoyatlardan foydalanish mumkin. Ular yoshlarimizning milliy qadriyatlarga va
an‘analarga qiziqishlarini oshiradi, ilmiy-dunyoviy va ma‘naviy-ma‘rifiy dunyoqarashlarini kengaytiradi
hamda o‗quvchilar ma‘naviy dunyoqarashini shakllantirishda asosiy vositalardan biri sifatida xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: