O. X. Xamidov universitet rektori, rais


MILLIY MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASALARIDA O`ZGA TILNI O`RGATISHGA OID



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
MILLIY MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASALARIDA O`ZGA TILNI O`RGATISHGA OID 
AYRIM MULOHAZALAR 
Istamova Sh., PhD 
Saidova Shaxrizoda
 BuxDU xorijiy filologiya
fakulteti talabasi 
 
So`z nutqning asosiy elementidir. Shuning uchun milliy bolalar bog`chalarida bolalarga rus tilini 
o`qitishda pedagog ularning so`z boyligini doimo oshirib borishga harakat qiladi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarni ruscha og`zaki nutqqa o`rgatishning asosiy vazifalaridan biri ularning rus tilida bazaviy lug`atga 
ega bo`lishlarini ta‘minlashdan iborat. Boshqa millat vakillariga rus tilini o`qitishda, birinchi navbatda, 
shunday so`zlarni o`qitish kerakki, toki ularsiz muloqot uchun gap qurish va tushunish mumkin 
bo`lmasin. 
Talaffuzi qiyin bo`lgan, lekin muloqot uchun juda muhim va zarur hisoblangan so`zlarni 
(zdrastvuyte, dosvidaniya, vstante va sh.k) birinchi mashg`ulotlardan boshlaboq bolalar nutqiga qo`shish 
kerak. 
Ta‘lim jarayonida bolalarni asosan so`zlar mazmuni bilan tanishtirish lozim. Bolalar tomonidan 
og`zaki nutqda, o`qishda tushuniladigan, to`g`ri talaffuz etiladigan va o`z nutqlarida qo`llaniladigan 
so`zlar ularning faol lug‘at zahirasini tashkil etadi. Faol zahiradagi so‘zlar bilan turli xil ishlar, xususan, 
bolalarni ushbu so‘zlarni aytishga mashq qildirish, ular ishtirokida gaplar tuzish kabi ishlar olib borilishi 
zarur. Ba‘zan bolalarga rus tilidagi nutqda qo‘llash uchun yaqin orada talab etilmaydigan so‘zlarni 
eshitishga to‘g‘ri keladi. Bu so‘zlar bolalarning passiv lug‘at zahirasini tashkil etadi. Tarbiyachi pedagog 
bolalarning faol lug‘at zahirasi bilan bir qatorda passiv lug‘at zahirasini ham kengaytirib borish yuzasidan 
tegishli ishlar olib borishi lozim. Passiv lug‘at bilan olib boriladigan ishlar ularning mazmunini 
tushuntirib berish bilan cheklanadi. 
So‘zlarni mavzu asosida tanlab olish ularning beixtiyor ravishda eslab qolinishini ta‘minlaydi. Har 
bir mavzuga nafaqat buyumlar nomlari, balki ular bilan bog‘liq bo‘lgan harakat nomlari, sifati, belgilari, 
shuningdek, gap tuzish uchun zarur bo‘lgan so‘zlar ham kiradi. 
Yangi so‘zlar ustida ishlashni tashkil etish jarayonida shunga intilish lozimki, toki bolalar bu 
so‘zlarni eslab qolsinlar va ularni turli vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganib olsinlar.
Faol o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan so‘zlarni asta-sekin o‘rgatib borish kerak. Dastlab yangi so‘z 
beriladi, keyin esa uning boshqa so‘zlar bilan birikmasi o‘rgatiladi. Bu bolaga bir vaqtning o‘zida rus 
tilining lug‘at tarkibini va grammatik qurilishini o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi, o‘z navbatida, 
o‘rganilgan materialdan muloqot maqsadida foydalanish imkonini beradi. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, nutqda yangi so‘zlarni faol qo‘llash ko‘p jihatdan bolalarning bu 
so‘zlar ma‘nosini qanchalik to‘g‘ri tushunishlariga bog‘liq.
Yangi so‘zlar ma‘nosini tushuntirish uchun: 
1.Yangi so‘zlar ma‘nosini ko‘rgazmaviylik asosida tushuntirish. Bunda o‘rganilayotgan so‘z bilan 
ifodalanadigan buyum, harakatni ko‘rsatish hamda buyum yoki harakatni aks ettirgan suratlarni ko‘rsatish 
mumkin. 
2.Yangi so‘zni ona tiliga tarjima qilish. 
Real buyumlar, suratlar milliy bolalar bog‘chalarida bolalarga ruscha so‘zlashuv nutqini 
o‘rgatishdagi eng yaxshi ko‘rgazmali qurollar hisoblanadi. Leksik material mazmuni buyumlardan tabiiy 
holda foydalanish imkonini beradi. Bu – guruh xonasi, o‘yinchoqlar, kiyimlar, oziq-ovqat mahsulotlari va 
ko‘plab narsalar. Bularning hammasini qo‘l ostimizda mavjud bo‘lgani bois osongina ko‘rsatish mumkin. 
tarbiyachi buyumni ko‘rsatar ekan, uning nomini aniq-tiniq qilib bir necha marta aytadi keyin esa 


196 
bolalardan uning ortidan yangi so‘zni takrorlashni so‘raydi. Bola nafaqat yangi so‘zni eshitadi va 
tarbiyachi ketidan takrorlaydi, balki u shu so‘z bilan ifodalanadigan buyumni ham ko‘radi. Bola 
xotirasida so‘z va buyum o‘rtasida mustahkam aloqa hosil bo‘ladi. 
Yangi so‘zlar o‘tilganidan so‘ng so‘zlarni yaxshi eslab qolishga, leksikani rivojlantirishga va bolalarning 
rus tilidagi nutqiy mahoratlarini rivojlantirishga yordam beruvchi o‘yinlarni o‘tkazish (E.I.Negnevistkaya 
va A.M.Shaxnorovichning ―Yazыk i deti‖ kitobida tavsiya etilgan. ( M.: ―Nauka‖, 1981) maqsadga 
muvofiq: 
1. Tanib olish. Tarbiyachi bolalar bilan ularga tanishtirilgan buyumlarni tanib olish o‘yinini o‘tkazadi. 
Bu o‘yinlarda bolalar faqat tarbiyachi nutqidan u yoki bu buyum nomini tanib oladilar. Masalan, 
pedagog ko‘zini yumib, navbati bilan u yoki bu buyum (o‘yinchoq va sh.k), suratni ko‘rsatadi va 
uning nomini aytadi. Agar u buyumning nomini to‘g‘ri aytsa, bolalar ―ha‖ deb tasdiqlaydilar, agar 
noto‘g‘ri aytsa ―yo‘q‖ deydilar. 
2. Takrorlash. Bu o‘yinlarda bola tarbiyachi ortidan buyumlardan birining nomini takrorlashi kerak. 
Pedagog bolaga o‘zi yoqtirgan o‘yinchoqni tanlab olishni va uning ortidan tanlab olinga o‘yinchoq 
nomini takrorlashni taklif qiladi. ―O‘zing yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqni nomini ayt‖ va shu kabi 
savollar bilan murojaat etish tavsiya etiladi. 
3. Nomlash. Bunda bola tarbiyachi yordamisiz buyumning nomini aytishi kerak. ―Top-chi‖, ―Bu 
nima?‖, ―Mo‘jiza qop‖ kabi o‘yinlar tashkil etilishi nazarda tutiladi. 
Yangi so‘zlarni bolalar lug‘atiga kiritgandan so‘ng bosqichli o‘yinlarni o‘tkazish so‘zlarga 
―ichkariga kirish‖ imkoniyatini beradi, bolaga esa uni nutqiy faoliyatni amalga oshirish vositasi sifatida 
egallab olish imkonini yaratadi. Har bir yangi so‘zlar guruhini kiritishda o‘yinlarning ana shunday 
tartibiga rioya qilish lozim. Bu o‘zini oqlaydi. Bu tartibda lug‘at ustida olib borilgan ishlar yaxshi natija 
beradi, chunki bunda bolalar so‘zlarni tez va mustahkam o‘zlashtirib oladilar. Bunday o‘yinlar barcha 
bolalarni o‘ziga jalb qiladi, barcha o‘ynaydi.
Nutqiy faoliyat o‘rgatish borasida bu o‘yinlar juda yaxshi, chunki bu holda haqiqiy nutqiy 
harakatlar bajariladi. Bolalarning bu o‘yinlari tengdoshlari, oila a‘zolari bilan bo‘ladigan mustaqil 
faoliyatda ijobiy natija beradi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish