O. X. Xamidov universitet rektori, rais


AN‘ANAVIY TUSH RAMZLARINING POETIK MATNDA BERILISHI



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

AN‘ANAVIY TUSH RAMZLARINING POETIK MATNDA BERILISHI 
Istamova Sh.,M. (PhD) BuxDU 
Tushda ko‘pincha kelajakda yuz beradigan voqelik haqida ramzlar orqali xabar beriladi. Tushlarga 
xos shu muhim xususiyat ulardan badiiy asarlarda ifoda vositasi sifatida foydalanishga keng yo‘l 
ochgan.
Tush hodisasi va ramziylik bir-biri bilan bog‘liq ekanligini hozirgi zamon psixoanaliz 
ta‘limotining yirik mutaxasislaridan biri Erix Fromm ham ilmiy isbotlab bergan edi: ―Turli kishilar 
turlicha afsona yaratishlari turgan gap‖, xuddi shunga o‘xshab turli odamlar turlicha tushlar ko‘radi. 
Biroq shunaqangi rang-barang bo‘lishlariga qaramay, barcha afsona va tushlarda bitta umumiylik bor: 
ularning hammasi bitta umumiy tilda yozilgan‖.
17
Tabiiyki, olim bunda ―bitta umumiy til‖ deganda, 
ramziylikni nazarda tutmoqda. 
Badiiy asarlarda ko‘pincha ramziy mohiyatga ega tushlar qo‘llanadi va tushda kechgan voqelikning 
hayot voqeligi bilan mutanosib kelishi vositasida yuksak ta‘sirchanlikka erishiladi. Tush ta‘birlarida 
ramziylik kuchli bo‘lgani sabab, ular badiiy vosita sifatida qo‘llanganda asarning estetik 
ta‘sirchanligini kuchaytirib, badiiyatini oshirishga xizmat qiladi. 
Rus ta‘birnomalarida tushga ayiq kirishi xosiyatli sanaladi. Chunki ruslarda ayiq totem sifatida 
ardoqlanadi. Shunga ko‘ra mashhur rus shoiri A.S.Pushkin ―Yevgeniy Onegin‖ she‘riy romanida 
Tatyananing tushini keltirar ekan, qizning tushiga kirgan ayiq timsolida general – martabali qayliq 
siymosini gavdalantirishni ko‘zlaydi. Buni shu haqda fikr yuritgan A.M.Veyn ham, A.A.Potebnya 
ham e‘tirof etishadi.
18
Jumladan, A.A.Potebnya shunday yozadi: ―Pushkinning Tatyanasi – haqiqiy rus 
qalbining egasi, shuning uchun u ruslarga xos tush ko‘rdi. Bu tush o‘zi xohlamaganiga bo‘lsa-da, 
turmushga chiqishdan darak berardi.
19
Haqiqatan ham, rus ta‘birnomalarida bildirilishicha, tushda ayiq 
17
Фромм Э. Унутилган тил // Миллий тикланиш, 1996, 20 февраль. 
18
Вейн А.М. Три трети жизни. – М.: Знание, 1991, с.136-137; Потебня А. Слово и миф. – М., 1989. 
С.564. 
19
Потебня А. Слово и миф. – М., 1989. С.564. 


197 
ko‘rish uylanish yoki turmushga chiqishdan darakdir.
20
Biroq musulmon ta‘birnomalarida tushga ayiq 
kirishi xosiyatsiz sanaladi. Binobarin, Muhammad Tiflisiyning ―Mukammal tush ta‘birlari‖ asarida 
―Ibn Sirin rahmatullohi alayh aytadi: ―Tushdagi ayiq pastkash va axmoq dushman bo‘ladi. Tushda 
ayiq ko‘rmoq barcha holatda ham yaxshi bo‘lmaydur‖, – deb ma‘lumot beriladi.
21
A.S.Pushkin Tatyana tushi bayonini romanning beshinchi faslidagi XI-XXIV qismlarda bergan. 
Yu.M.Lotmanning fikricha, Pushkin romanining XI-XXI qismlarida keltirilgan Tatyananing tushi ikki 
tomonlama ma‘noga ega. Birinchidan, u roman qahramoniga psixologik tavsif berib, uning rus qalbi 
sohibasi ekanini ko‘rsatish uchun xizmat qilsa, ikkinchidan, kompozistion vazifa bajarib, roman 
qismlaridagi voqealarni mazmunan o‘zaro bog‘lashda muhim rol o‘ynamoqda. Yana, Tatyananing 
tushi chuqur realizm bilan ham sug‘orilgan‖.
22
Bundan oldin esa u shoir Jukovskiyning quyidagi misralarini faslga epigraf qilib keltirgan:
Bu mudhish tushlarni bilma sen hargiz, O, mening Svetlanam! 
Asarda shoir Tatyanani o‘quvchilarga tanishtirar ekan, uning turfa tushlarga, Oy so‘ylagan 
karomatlaru qarta bilan fol ochishlarga qiziqishi-yu ishonuvchanligini alohida ta‘kidlab o‘tadi.
23
Shundan so‘ng qizning tushi beriladi.
E‘tiborli tomoni shundaki, ramziy tush ko‘rgan har bir qahramon albatta, bu tushning siriga 
yetolmaydi, uning ramziy ekanligini anglaydi, ammo uning ta‘birini o‘zi topolmaydi, unga kimdir 
yordam beradi. O‘z ma‘nosida ko‘riladigan tushlar esa qahramon tomonidan ham o‘z ma‘nosida 
anglanadi. Qahramon uning ramziy ekanligini xayoliga ham keltirmaydi va hayotda, albatta, shu 
voqea ro‘y berajagiga ishonadi. 
Badiiy asarda tush ramzlari ko‘pincha hayotiy haqiqat bilan mutanosib kelishi kuzatiladi. Biz 
hayotda rang-barang tushlar ko‘ramiz. Hatto bir kechaning o‘zida o‘nlab tushlar ko‘rish mumkin. 
―Tushlarning ko‘pchiligida bitta umumiy xususiyat bor, – deb yozadi Erix Fromm. – Ular o‘ngimizda 
ongimiz bo‘ysunadigan mantiq qonuniyatlariga bo‘ysunmaydilar. Vaqt va muvozanat qonuniyatlari 
o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. O‘lgan kimsalarni tirik holatda ko‘ramiz; qachonlardir bo‘lib o‘tgan 
voqealarga guvoh bo‘lamiz; bir vaqtning o‘zida tushda sodir bo‘layotgan ikki hodisa, balki o‘ngimizda 
bitta vaqtda sodir bo‘lolmasdi. Qolaversa, biz muvozanat qonuniyatlariga ahamiyat bermay qo‘yamiz. 
Hech bir qiyinchiliksiz olis masofani bir soniyada bosib o‘tamiz yoki bir vaqtning o‘zida ikki joyda 
paydo bo‘lamiz. Tushda ikkita alohida odam bitta qiyofaga birikishi yoki bitta odam boshqasiga 
aylanib qolishi mumkin. O‘ngimizda faoliyatlarimizni belgilaydigan vaqt va muvozanatning 
cheklovchi kuchi yo‘qolib, tushimizda bir chinakam olam yaratamiz‖.
24
Ushbu parchada odamzod tushida ro‘y beradigan barcha tabiiy va g‘ayritabiiy hodisalar o‘zining 
ixcham va umumiy tavsifini topgan. Demak, tushda kishi o‘ngida hech qachon sodir bo‘lmaydigan 
ajoyibotlar to‘lib yotibdi. Ammo qizig‘i shundaki, odam o‘nlab tushlar ko‘rishiga qaramay, ularning 
aksariyati yo ro‘yobga chiqmaydi yoki tez unutiladi, hatto uyg‘onguncha ularni eslolmasligimiz ham 
ko‘p kuzatiladigan hodisa. Ammo badiiy asarlarda uchraydigan tush ko‘rinishlarining hayotiy haqiqat 
bilan bog‘liq birichi xususiyati shuki, ular, albatta, amalga oshadi. Zero, asar voqealari bilan 
bog‘lanmagan, shunchaki tushlarni asarga kiritishning hojati ham yo‘q. Mana shuning o‘ziyoq, 
tushning badiiy asarlarda, umuman, bir badiiy vosita ekanligining dalilidir. Muallif shunchaki asarni 
qiziqarli qilish uchun, tinglovchilarning diqqatini jalb qilish uchun yoki hajmni ko‘paytirish uchun 
emas, balki aniq poetik maqsad bilan tush ko‘rinishlarini bayon qiladiki, albatta, bu tush voqealarning 
kechishiga, poetik g‘oyaning amalga oshuviga muayyan darajada ta‘sir qiladi. Kundalik hayotimizda 
duch keladigan ro‘yobga chiqmaydigan yoki xotiramizdan tez ko‘tariladigan ahamiyatsiz tushlar asar 
syujetlaridan hech qachon o‘rin olmaydi. Xoh aniq biror kishi tushi bo‘lsin, xoh to‘qima voqea (tush) 
bo‘lsin, syujet asosini tashkil qiluvchi voqealarga taalluqli bo‘lmagan tushlar ortiqchadir. Bu fikrni 
badiiy asarlarda uchraydigan barcha tush epizodlari misolida isbotlash mumkin.
Tush va hayotiy haqiqat mutanosibligi bilan bog‘liq ikkinchi holat shuki, badiiy asarlarda 
uchraydigan tush epizodlari yo aynan ko‘rinishda, yo ramziy timsollar yordamida bo‘lajak yoki 
20
Балов А. Сон и сновидения в народных верованиях (Из этнографических материалов, собранных 
в Ярославской губернии) // Живая старина. 1891. Вып. IY. С.210. 
21
Муhаммад Тифлисий. Мукаммал туш таъбирлари. // ―Qалб кўзи‖ газетаси, 1997 йил, февраль. 
22
Лотман Ю.М. Пушкин. Биография писателя. Статьи и заметки. «Евгений Онегин». 
Комментарий. – С.-Петербург: Искусство – СПБ, 1995. – 847 с. 
23
Пушкин А.С. Евгений Онегин, 113-бет. 
24
Фромм Э. Унутилган тил. // ―Миллий тикланиш‖ газетаси, 1996 йил, 20 февраль. 


198 
bo‘lgan voqealarni aks ettiradi. Odamzod hayotiy tajribalaridan ma‘lumki, o‘z ko‘rinishida kechadigan 
tushlar kamdan-kam uchraydi yoki deyarli uchramaydi. 
Badiiy asarlarda qo‘llanadigan tush motivlari turlicha bo‘lib, o‘ziga xos sifatlashli birikmalar 
bilan atab kelinadi. Ular lirik, nasriy va dramatik asarlar syujetida muayyan o‘rin egallab, yo tafsilotli, 
yo tafsilotsiz keltiriladi. Ba‘zi tushlarda kulgili, yumoristik holatlar ifodasi ham uchraydi. 
Tushda ko‘pincha kelajakda yuz beradigan voqelik haqida ramzlar orqali xabar beriladi. 
Tushlarga xos shu muhim xususiyat ulardan badiiy asarlarda ifoda vositasi sifatida foydalanishga keng 
yo‘l ochgan. Tushdagi har bir tasvir, narsa va hodisa, xatti-harakat va holat o‘zining ma‘nosiga, 
ta‘biriga, ya‘ni ramziy mohiyatiga egadir.
Badiiy adabiyotda ko‘proq ijodkorlar to‘qima tushlardan foydalanishadi. Shuning uchun ularda 
ramziylik kuchli bo‘lishiga, shu ramziylikning hayot voqeligi bilan muvoziy kelishiga katta ahamiyat 
beriladi. Buning uchun, avvalo, an‘anaviy tush ta‘birlariga xos belgilarga murojaat qilinadi.
Yozma adabiyot durdonalarida tush vositasida ko‘proq yuz berishi kutilgan ijtimoiy turmush 
voqeliklari haqidagi bashorat ifoda etiladi. Asar sujeti tushda bayon etilgan voqelikka muvofiq 
rivojlantiriladi. Tushdagi ramzlarning mohiyati asardagi voqealar rivoji davomida asta-sekin ochib 
boriladi.
G‘arb tillaridan tarjima qilingan asarlarda qo‘llangan tush ramzlari g‘arbliklarning tush bilan 
bog‘liq e‘tiqodlariga mos holda anglashiladi. 
Tushdagi ramzlar har bir tushda o‘zgacha ma‘no aks etib kelishi mumkin. Negaki, badiiy asarlarda 
tushdagi ramzlar qahramonning mavjud ruhiy holatidan kelib chiqib tahlil qilinadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish