O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

n F  
[ K i]
En -   muvozanatlashgan potensiali;
R - g a z  doimiyligi;
T  -  absolyut harorat;
n -  ion valentligi;
F -  Faradey doimiyligi;
Ktva Ki -  hujayra sirti va ichida K* ionlarining konsentratsiyasi.
K+ ionlari  konsentratsiyasining  farqi  nerv  tolasidagi  tinchlik  potensialining 
miqdorini belgilab beruvchi asosiy omil ekanligini, A. Xodchkin (1962-y.) va uning 
ham fikrlari kalmar degan m olyuskaning gigant nerv hujayralari protoplazmasini, 
tuz eritm alari bilan almashtirish usuli asosidagi tajribalarida isbotlashdi. Diametri 
qariyb  1  mm  bo‘lgan toladan protoplazm a sekin-asta siqib chiqarildi va tolaning 
puchayib qolganqobig‘igasun’iy tuzeritm asi to‘ldirildi. Bueritmadagi kaliy ionlari 
konsentratsiyasi  hujayra  ichidagi  K*  ionlari  konsentratsiyasiga  yaqin  b o ‘lgan 
taqdirda membrananing ichki va tashqi tomoni o‘rtasidagi potensiallar farqi normal 
tolaning tinchlik potensialiga taxminan  (50-80 md) baravar boMib  chiqdi.  Ichki 
eritmaning K+ ionlari konsentratsiyasining kamayishi natijasida tinchlik potensiali 
kamaydi va hatto o ‘zgarib ketdi.
Tinchlik potensialining kelib chiqishida  K*  ionlari  bilan birga Na" ionlari  harn 
ishtiroketadi. Hujayra sirtidagi suyuqlikdaNa* ionlari konsentratsiyasi ortiqroq boMib, 
undan protoplazmaga difiliziyalanib o‘tadi. Tinchlik holatida membrana natriy ionlarini 
juda kam o ‘tkazganligidan Na* ionlarining diffuziyasijudaham qiyinlashgan bo‘ladi. 
Shunga qaramay, Na* ionlari membrana orqali protoplazma ichidadiffuziyalanar ekan, 
musbat  zaryadlami  olib  kiradi,  natijada  K*  ionlarining  hujayradan  diffuziyalanib 
chiqishi  tufayli  vujudga  keladigan  tinchlik  potensialining  miqdori  birmuncha 
kamayadi. Aksari nerv hujayralari  va tolalaridagi tinchlik potensiali  90 mv bo‘lish 
o ‘miga 60-70 mv boMishi ham shu holat bilan izohlanadi. Tinchlik potensialini faqat 
K* ionlari vujudga keltirganida edi, bu miqdor 90 mv bo‘lishi kerak edi.
Shunday qilib, nerv tolalari va hujayralaridagi tinchlik potensialining miqdori 
vaqt birligida hujayradan tashqariga diffuziyalanib chiquvchi musbat zaryadli  K* 
ionlari  soni bilan tashqaridan  membrana orqali hujayraga diffuziyalanib kiruvchi 
m usbat zaryadli Na* ionlari soni o ‘rtasidagi nisbat bilan belgilanar ekan. Bu nisbat 
qancha yuqori bo‘lsa, tinchlik potensialining miqdori ham shuncha katta bo‘ladi.
M embrana tinch turgan  vaqtda faqatgina kaliyni yaxshi o ‘tkazibgina qolmay, 
balki muskul tolalarida xlor ionlarini ham yaxshi o ‘tkazadi.  Xlor ionlarini yaxshi 
o ‘tkazadigan hujayralarda m em brana potensialining yuzaga chiqishida ikkala ion 
(xlor va kaliy) birday ishtirok etadi.
Hujayra ichida natriy ionlarining past konsentratsiyasini, kaliy ionlarining esa 
yuqori  konsentratsiyasini  ushlab  turuvchi  muhim  mexanizm  -   bu  natriy-kaliy
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


nasosidir(2-rasm). M a’lumki, hujayra membranasida tashuvchi tizim mavjud b o 'lib , 
ular hujayra sitoplazmasida Na* ionlarining uchtasini hujayra sirtiga olib chiqsa, 
hujayra sirtida joylashgan K+ ionlarining ikkitasini biriktirib, hujayra sitoplazmasiga 
olib kiradi. Tashuvchi lami energiya hilan A T F ta ’minlaydi. Natriy-kaUy nasosining 
bunday faoliyati quyidagi natijalarga olib keladi:
1. 
Hujayra ichida K* ionlarining yuqori konsentratsiyasi ushlanib turiladi, bu 
o ‘znavbatida membrana potensiali kattaligini ta ’minlaydi.
2   Hujayra  ichida Na*  ionlarini  past konsentratsiyasi  ushlanib turilsa,  bu  b ir 
tomondan,  harakat  potensiali  generatsiyasini  t a ’m inlasa,  ikkinchi  tom ondan 
hujayraning normal osmolyarligi vahajmini ham ta ’minlaydi.
3. 
Na* ioni konsentratsion gradiyenti doim iyligini ushlab turishi bilan natriy- 
kaliy nasosi hujayra membranasi orqali am inokislota va qandning tashilishini ham 
ta’minlaydi.
Shunday qilib,  hujayra membranasidagi  tinchlik  potensialining miqdori  vaqt 
birligi  ichida hujayradan tashqariga diffuziyalanib  chiquvchi musbat zaryadli  K* 
ionlari soni bilan tashqaridan membrana orqali hujayraga diffuziyalanib kiruvchi 
musbat  zaryadli  N a 'io n la ri  soni  o ‘rtasidag¡  nisbat  bilan  belgilanadi.  Bu  nisbat
15
www.ziyouz.com kutubxonasi


qancha yuqori bo‘lsa, tinchlik potensialining kattaligi ham  shuncha katta boMadi 
va  aksincha.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish