O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

BBK  28.073ya73
ISBN   9 7 8 -9 9 4 3 -3 1 9 -3 6 -3
©  “O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyrili,  2007.
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Fiziologiya predm eti va o ‘rganish usullari
Fiziologiya predm eti. Fiziologiya tirik organizm , undagi a ’zolar, to ‘qimalar, 
hujayralar  va  hujayra  tarkibiy  elem entlarining  hayotiy  faoliyati  (funksiyasi) 
jarayonlarini, organizmningtashqi muhit bilan munosabatini o ‘rganadi.
Odam  organizmi  funksiyalarini  chuqur  o 'rganish  va  shu  tariqa  faol  ta ’sir 
ko‘rsatib, ulam i zaruriy tomonga y o ‘naltirish fiziologiyaning asosiy maqsadidir.
Fiziologiya mustaqil bo'lgan va bir-biri bilan bog‘langan bir qancha fanlarga 
b o ‘linadi.  Fiziologiyani  avvalo  umumiy  va  xususiy  solishtirma  va  evolutsion, 
shuningdek, ixtisoslashgan (yoki amaliy) va odam  fiziologiyalariga boMish mumkin.
Um um iy fiziologiya -m u h it ta’siriga tirik organizm javob berishining umumiy 
qonunlarini, har bir organizmga xos bo ‘igan hayotiy jarayonlam i o ‘rganadi.
Xususiy  fiziologiya -  to‘qim alar (m uskul,  nerv va b . ), a ’zolar (miya, yurak, 
buyrak va b . ) va tizimlar (hazm, qon aylanish, nafas va b . ) ftinksiyasini o ‘rganadi.
Solishtirm a fiziologiya -  har xil turlarga mansub bo‘lgan organizm lar va indi­
vidual  rivojlanishning  turli  bosqichlarida  turgan  bir turga  mansub  organizm lar 
funksiyasining o ‘ziga xosligini o‘rganadi.
E v o lu ts io n   fizio lo g iy a  -   fu n k s iy a la rn i  tu r  va  in d iv id d a   riv o jla n is h  
qonunivatlarini o'rganadi.
Ix tis o s la s h g a n   (y o k i  a m a liy )  fiz io lo g iy a   -   b ajaray o tg an   ish ig a   yoki 
yashayotgan muhitiga qarab organizm funksiyalarining o‘zgarish qonuniyatlarini 
o ‘rganadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlari fiziologiyasi va ba’zan odam fiziologiyasining 
ayrim  qismlari  (aviatsion,  kosmik,  suv  osti  fiziologiyalari  va b.  )  ixtisoslashgan 
fiziologiyaga misol bo‘lishi mumkin.
O dam  fiziologiyasi -  amaliy tibbiyotning nazariy asosi hisoblanadi, fiziologik 
jarayonlam ing  normal  holatini  bilgandagina  kasallikni  davolashda  organizm  
faoliyatining dastlabki holatiga qaytara olishi mumkin.
Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasL Fiziologiya o‘ztadqiqotlarida fizika 
va  kim yo  q o nunlariga  tayanadi  va  u la m in g   tekshirish  u su llarid an   unum li 
foydalanadi. Organizmdagi barcha faoliyat m odda va energiya almashinuvi, y a ’ni 
kimyoviy va fizikaviy jarayonlarining am alga oshishi bunga sabab bo‘ ladi. Bu ikki 
yo‘na!ish yordamida juda ko‘p ma’lumotlar to‘plandi, organizmda fizik va kimyoviy 
jarayonlar o ‘tishining o‘ziga xos qonuniyatlari aniqlandi, bu jarayonlam i o‘rganish 
uchun maxsus texnikaviy usullar ishlab chiqildi va natijada mustaqil biologik fizik 
va biokimyo fanlari vujudgakeldi.
F iz io lo g iy a d a g i  b io fiz ik   y o ‘n a lis h n in g   m uhim   ta rm o q la rid a n   b iri  -  
elektroflziologiya sanalib, bu soha hayvonlar organizmida nerv, muskul  to‘qimalari 
qo‘zg‘alganda ro ‘y beruvchi elektr hodisalarini o ‘rganadi.
F izio lo g iy a  m orfologik  fa n la r  -   a n ato m iy a,  g is to lo g iy a ,  sito lo g iy a g a  
chambarchas (uzviy) bog‘liq. Organizm va qismlarining shakli, tuzilishi va ulaming 
funksiyasi o ‘zaro bog‘ liq, ulaming m akroskopik, mikroskopik va subm ikroskopik 
tuzilishini va muayyan funksiya yuzaga chiqayotgan paytda bu tuzilish o ‘zgarishini 
bilmay turib organizm funksiyalarini chuqur o ‘rganib bo'lm aydi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fiziologiya umumiy biologiyaga, evolutsionta’limotga va embriologiyaga ham 
tayanadi, chunki har qanday organizm  faoliyatini o ‘rganish uchun uning taraqqiyot 
tarixi -  filogenezi va ontogenezini bilish lozim.
Fiziologiya barcha tibbiyot fanlariga uzviy bog‘liq. SogMom organizmda ro‘y 
beruvchi flziologik jarayonlar bilib olingandagina turli kasalliklarda organizmdagi 
funksiyalaming buzilganligini tushunish, kasalliklami davolashning to‘g ‘ri yollarini 
belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin. Masalan, qon guruhlarining kashf 
qilinishi, qon quyish kabi tibbiyot uchun muhim tadbirlarga fiziologiya fani asos 
bo‘ldi.
Tibbiyot ham  o ‘z navbatiaa fiziologiyaga g‘oyat ko‘p imkoniyatlami yaratib 
berdi. Odamning turli kasalliklarini o ‘rganish ko'pgina normal fiziologikjarayonlar 
mexanizmini tushunishga va b a’zi a ’zolar funksiyasini aniqlashgayordam  beradi. 
Tibbiyot amaliyoti  flziologik  eksperiment  oldiga yangi  vazifalar qo‘yadi  va shu 
bilan birgayangi flziologik dalillam ingboy manbayi bo‘la oladi.
Fiziologiya psixologiya vapedagogikaga ham bog‘liq. I.P. Pavlovningyaratgan 
oliy nerv  faoliyati haqidagi ta ’limoti psixologiya va pedagogikaning tabiiy-ilmiy 
asosidir.
Fiziologik tekshirish u sullari. Fiziologiya eksperimental fan. Fiziologiya hayot 
hodisalarini  kuzatib  va o ‘rganib,  ularga sifatli  va miqdoriy baho  berishga,  ya’ni 
(u la m i)  aniq  ta sv ir  q ilish   va  o ‘lchashga,  shuningdek,  kuzatish  natijalarini 
hujjatlashga intiladi.
OMchash uchun ham, asoslash uchun ham tekshirish usuliga mos maxsus asbob 
va anjom lar kerak. Chunki k o ‘pgina jarayonlar shu qadar oz bo‘lib, shunchalik tez 
o ‘tib  ketadiki,  ulami  o ‘lchash  uchun  maxsus  moslamalar  zarurdir.  Zamonaviy 
fiziologiya yuksak darajadagi sezgir apparatlardan foydalanayotganligi organizmni 
o'rganish imkoniyatlarini g‘oyat kengaytiradi.
Mutaxassis fiziologiyajarayonlarini kuzatibgina qolmasdan, balki nima uchun 
bu ja ra y o n  sodir boMayotganligin» ham bilishi zarur. Buning uchun fiziolog maxsus, 
o ‘zgarib turadigan sharoitdatajriba, eksperiment o‘tkazishi zarur.
Fiziologlar  organizmdagi  har  qanday jarayonlam i  tajribada tekshirilayotgan 
paytda  mazkur jarayonni  qanday  sharoitda  vujudga  keltirish,  kuchaytirish  yoki 
susaytirish mumkinligini aniqlashga intiladilar.
Fiziologik tajriba shakli tekshirish vazifasiga ham b o gliq. Masalan, tashqi muhit 
ta ’siri aniqlanayotganda tekshiriluvchi havoninggaz tarkibi yoki harorati, namligi, 
yorugMigi  o ‘zgartirilgan  xonaga joylashtiriladi.  Bunda tahlil  aniq  bo‘lishi  uchun 
tekshirilayotganda  faqat  b ir  omil  o ‘zgartiriladi,  faqat  bir  ta ’sir  ko'rsatiladi  va 
eksperim entning  tekshirilayotgan  bir  shartidan  boshqa  hamma  shartlari  turg‘un 
turgan sharoitda o ‘tkaziladi.
Organizmdagi biror a ’zoning flinksiyasi yoki ahamiyatini bilish uchun fiziologlar 
shu a ’zoni yoki uning biror qismini olib tashlashadi (olib tashtash yoki ekstirpatsiya 
usuli) yoki organizmning yangi jo y ig a ko‘chirib o'tkazishadi (k o ‘chirib o ‘tkazish 
y oki tra n sp la n ta tsiy a  usuli) va bu muolajadan so‘ng, qanday oqibatlar bo‘lishini 
kuzatishadi. A ’zo faoliyati nerv tizimi ta ’siriga bog‘liq ekanligini bilish uchun shu
4
www.ziyouz.com kutubxonasi


a ’zoga boradigan  nerv tolalari  qirqiladi  (d e n e rv a tsiy a   usuli).  A ’zolaming qon- 
tomir  tizimi  bilan  aloqasini  uzish  uchun  turli  qon-tom irlar  bog‘lab  tashlanadi 
(lig atu ra  solish  usuli)  yoki  bir  tom im ing  m arkaziy  qismi  ikkinchi  tom im ing 
periferik  qism iga  ulanadi  (tom irlar  anostom ozi  usuli).  Gavdaning  ichkarisida 
joylashgan vashuning uchun bevosita kuzatib b o ‘lmaydigan ba’zi a’zolar faoliyatini 
o ‘rganish  uchun  fistu la   q o 'y ish   usuli  qoMlaniladi.  Yurak,  qon-tomirlari,  b ez 
yo* llanda  o ‘tkaziladigan  bir  qator  tekshirishlarda  ularga  ingichka  naychalar  — 
kateterlar suqiladi, a ’zolar faoliyatini yozib olish uchun bu kateterlar turli m axsus 
asboblarga  ulanadi  yoki  muayyan  m oddalar  shu  kateterlar  orqali  yuboriladi 
(kateterizatsiya  usuli).  A’zolar  faoliyatini  su n ’iy  q o ‘zg‘atish  uchun  flziologlar 
elektr, mexanik, kimyoviy yoki boshqa biror y o ‘ I bilan ta ’sir ko‘rsatishadi.
Yuqorida aytib o ‘tilgan usullar o ‘tkir va surunkali  tajribalarda tatbiq etiladi. 
0 ‘tk ir ta jrib a la r (yoki viviseksiya) hayvonga narkoz berib yoki uni boshqa usulda 
harakatsizqilib, a ’zolamingfaoliyati o ‘rganiladi. S u ru n k a li tajrib alard a fiziologlar 
hayvonni har xil usulda operatsiya qilib, u tuzalgandan so‘ng, tekshira boshlashadi. 
Bunday hayvonda oylab vayillab tajriba o'tkazish mumkin.
A’zolar funksiyasi organizmidagina emas, balki organizmdan ajratilgan sharoitda 
ham o‘rgani!adi. Qirqib olingan (ajratib olingan) a ’zo tomirlaridan maxsus eritmalar 
o ‘tkaziladi, bu eritm alar tarkibini eksperim entator tartibga solib turadi (perfuziya 
usuli) va tirik to ‘qim a uchun zarur tashqi muhit m uhayyo qilinadi.
Hozirgi  paytda odam  organizmiga  hech  qanday  shikast yetkazmasdan  uning 
ko‘pgina fiinksiyalarini  o ‘rganish imkoniyatlari  paydo  bo‘ldi.  Masalan,  badanga 
elektrodlar  q o ‘y ib   elek tr  o ‘lchash  ap p aratlarin i  tatb iq   etib,  a ’zolarda  so d ir 
boMayotgan elektr hodisalari o ‘rganilmoqda.
Fiziologiyaning rivojlanish tarix i h a q id a  q is q a c h a  m a ’lum otlar. Odam va 
hayvon organizmining hayotiy faoliyatini bilishga sivilizatsiya rivojlana bosh lagan 
vaqtdayoq urinib ko‘rilgan. Qadimiy Xitoy, Hindiston, Yunon, Rim faylasuflari va 
shifokorlarining  bizning  davrimizgacha yetib  kelgan  asarlarida  ba’zi  anatom ik- 
fiziologik tasavvurlar uchraydi. Ulardan ayrim to ‘g ‘ri fikrlar bilan bir qatorda ju d a  
ko‘p xayoliy muhokama vayangiliklar ham bor.
Tibbiyot fanining asoschilaridan b in  Gippokrat (eram izdan 460-377-y. a w a l)  
organizm tizim  va fiinksiyalarini bir butun sifatida tushunish kerak, degan  flkrga 
asos solgan. Xuddi shunday nuqtayi nazami qadimgi Rim anatomi Galen (eramizdan 
2 0 !-1 3 l-y .  a w a l) ham  ta ’kidlagan.  Qadimgi  X itoy,  Hindiston,  Yaqin  Sharq  va 
Yevropa vrachlari orasidauzoq vaqtdavom idagum oral nazariya va farazlar ustun 
turgan.
Tashqi muhitni davriy o ‘zgarishi va zamon omillarining ahamiyati katta ekanligini 
Aristotel (eramizdan 384-322-y. a w a l) ko‘rsatib o ‘tgan.  Abu Ali Ibn Sino (9 8 0 - 
1037-y.) «Tib qonunlari» asarida odam organizmining faoliyatiga tashqi muhit kuchli 
ta ’sir ko'rsatishiga katta ahamiyat bergan. Faqat fasllamingalmashinishigina em as, 
balki  kunning  tunga  ulanishi  ham  organizmda  o ‘zgarish  keltirib  chiqarishligini 
ta  kidlagan.  Ibn  Sino bosh  miya va  ichki  a ’zolar faoliyati  haqida tasavvurga ega 
bo‘lgan.  Uning  nafas  olish  mexanikasi,  o ‘pkaning  nafas  olib,  nafas  chiqarishda
5
www.ziyouz.com kutubxonasi


sust  ishtirok  etishi  to ‘g ‘risidagi,  nafas  olganda  o 'pkaning  kengayishi  k o ‘krak 
qafasining kengayishiga  bogMiq,  degan  fikrlari  hozirgi  zamon tushunchalaridan 
farq qilmaydi.
Fiziologiyaning keyingi rivojlanishi anatomiyaning yutuqlariga tayangan holda 
bordi. A. Vezaliyning «Odam tanasining tuziiishi haqidawgi izlanishlari fiziologiya 
fanisohasidayangiliklar kashfqilinishi uchun asosbo'ldi. Hayvonlar to‘qimasining 
tuzilishini bilish,  shu to 'q im a tarkibiy qismining funksiyasini o'rganishga undadi.
Rene Dekart (1 5 9 6 -1 650-y.) harakatlanish, berilgan ta’siming aks etishi -  refleks 
natijasidir, degan g ‘oyani ilgari surdi. Vilyam Garvey (1578-1657-y.) 1628-yili nashr 
qildirgan «Hayvonlarda y u ra k - qon harakatini anatomik tekshirish» nomli mashhur 
asarida  kolp  kuzatishlarga  va tajribalarga  asoslanib,  qon  aylanishining  katta  va 
kichik doiralari haqida, yurak organizmda qonni harakatga keltiruvchi a’zo ekanligi 
haqida to‘g ‘ri  tasavvur berdi.  Qon aylanishining kashf etilishi  fiziologiya faniga 
asos  solingan  sana  hisoblanadi.  V.  Garvey  viviseksiya  -   o ‘tkir  tajribani  ilmiy 
tekshirish amaliyotiga kiritdi.
M. Malpigi (1628-1694-y.) 1661 -yili mikroskop yordamida arteriya va vena qon- 
tomirlari m aydatom irlar-kapillarlar yordamida tutashgan ekanligini kashf qildi. Bu 
kapillarlar tufayli organizmda yopiq qon-tomirlartizimi hosil boMishi ma’lum bo‘ldi.
F. 
Majandi (1 7 8 5 -1 855-y.) 1922-yili sezuvchi-afferent (markazga intiluvchi) va 
harakatlantiruvchi-efferent (markazdan qochuvchi) tolalar mavjud ekanligini isbot 
qildi.
A.P.  V alter  (1 8 1 7 -1 8 8 9 -y .)  1842-yili  nerv  tizimini  organizmning  «ichki» 
jarayonlariga ta’sirini aniqladi. Xuddi shu yili V. A. Basov (1812-1879-y.) me’daga 
fastula qo‘yish usulini k a sh f qildi va surunkali tajriba o'tkazishga asos soldi.
Moskva universiteti  professori  A.  M.  Filamofitskiy  (1802-1849-y.)  Rossiya 
eksperimental fiziologiyasiga asos soldi. N afas fiziologiyasi, qon quyish, narkozni 
qoMlash kabi m asalalar bilan shug‘ullandi.
I.M. S ech en o v n in g (l 8 2 9-1905-y.) ishlari rus va dunyo fiziologiyasi uchun 
juda  katta  aham iyatga  ega.  Uni  «Rus  fiziologiyasining  otasi»  deb  atashadi. 
U ning  d astlab k i  ilm iy  ish lari  qonda  gazlarn in g   tashilishi  va  gipoksiyaga 
bag'ishlangan.
I.M.  Sechenov  eritrotsitlar gemoglobini  faqatgina kislorodni  tashimay,  balki 
karbonat angidridni  ham  tashishini  aniqladi.  Charchash jarayonini  o ‘rganib  faol 
dam olish ahamiyatini ko‘rsatib berdi.  1862-yili markaziy nerv tizimida tormozlanish 
jarayonini ochgan,  1863-yili «Bosh miya reflekslari» degan mashhur asarini nashr 
qildi.  I.M.  Sechenov  ushbu  asarida  bosh  miyada ro ‘y  beradigan jarayonlam ing, 
shu jum ladan, odam ning  fikrlashi kabi murakkab jarayonlam i  reflektor tabiatiga 
xos  ekanligini  k o ‘rsatdi.  I.M.  Sechenov  shu  bilan  birga  oliy  nerv  faoliyati 
fiziologiyasiga  asos  soldi,  fiziologiyaning  bu  sohasini  keyinchalik  I.P.  Pavlov 
rivojlantirdi.
I.P. Pavlov (1849-1936-y.) miyaning reflektor faoliyati haqidagi bilimni odam va 
hayvon oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotni yaratish orqali yangi darajaga ko‘tardi.
I.P. Pavlov ilmiy faoliyatini uchyo‘nalishda olib bordi: «Qonaylanish fiziologiyasi»
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


(1874-1889-y.), «Hazm fiziologiyasi (1889-1901 -y.), «Oliy nerv faoliyati» (1901 — 
1936-y.).U  1904-yili Nobel mukofotiga sazovor b o idi.H ayotiningoxirgiyillarida 
(1935-y.) xalqaro fiziologiya kongressida l.P. Pavlov «Dunyo fiziologlari oqsoqoli» 
degan  unvonga sazovor  bo‘ldi.
Ch.S. Sherington (1 8 5 6 -1 952-y.) miyaning o ‘zaro muvoflqlashtirish tarzlarini 
ishlab chiqdi. Uning ishlari E. D. Edrianning (1889-1977-y.) elektrofiziologiya ishlari 
bilan birgalikda 1932- yil Nobel mukofotiga sazovor b o ‘ldi.
D. Ekkls, E. Xaksli va A. Xodchkinlarneyronlar qo‘zg‘alishining ion mexanizmini 
kashfqilganliklari tufayli  1963-yil Nobel mukofotini q o ‘lga kiritdilar.
O ‘zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishi  1926-yilda Toshkentda tashkil 
qilingan  Turkiston  universiteti  bilan  bogMiq.  0 ‘zb ek isto n d a  ilk  fiziologik 
tadqiqotlarga  T urkiston  universitetining  p ro fesso rlari  E.F.  Polyakov  va  l.P . 
M ixaylovskiylar  rahbarlik  qilishdilar.  K eyinchalik  T urkiston  ( 0 ‘rta  O siyo) 
universitetining  professorlari  A.I.  Izrail  va  A.S.  S hatalinalar  hamda  Toshkent 
Tibbiyot instituti «Normal fiziologiya» kafedrasiga m udirlik qilgan professor N. V. 
Danilovlar rahbarlik qildilar. Ulaming rahbarligida respublikamizda bir necha olimlar 
yetishib chiqdilar.  0 ‘zbekiston  Fanlar Akademiyasi  akadem igi,  professor A. Yu. 
Yunusov, Respublikada xizmat ko'rsatgan fan arboblari, professor A.X. Hoshimov 
va professor A.S. Sodlqovlar shular jumlasidandir.
O ‘zbekistonda  XX  asm ing  50-60-yillarida  yuqori  haroratning  me’da-ichak 
faoliyatiga  ta’sirini  o ‘rganish  ishlari  boshlandi.  A.Y u.  Yunusov,  A.S.  Sodiqov, 
G.F. Korotko, Yu.A. Sherbakov, K.R. Rahimov singarl olimlar o ‘z ilmiy izlanishlarlni 
issiq harorat me’daning shira ajratishi va harakatlanishiga, m e’da osti bezi ingichka 
ichak shira ajratish faoliyatiga ta ’sir qilish holatlariga bag ‘ishladilar.
G.F. Korotko rahbarligida Andijon Tibbiyot institutida «Fiziologlaming ilmiy 
maktabi» yaratildi, ulam ing ilmiy tadqiqotlari  ferm entlar gomeostazi  va qondagi 
gidrolitik fermentlar turg‘unligini ta’minlash qonuniyatlariga bag‘ishlandi.
K.R. Rahimov kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ilk bor membrana hazmini o‘rgandi. 
Shuningdek, K.R. Rahimov va E.S. Mahmudovlar o ‘z ilmiy izlanishlarini, shuningdek, 
faoliyat ontogeneziga ham bag‘ishladilar.
U.Z. Qodirov hazm a’zolariningo‘zaro munosabatlarini o ‘rganib, o‘n ikki barmoqli 
ichakka o‘t-safro chiqishi buzilganda ingichka ichakning sekretor, so‘rish va harakat 
faoliyatlari, me’da osti bezining sekretor faoliyati keskin o ‘zgarishini ko‘rsatdi.
Z.T.  Tursunov  miya  yarim  sharlarining  p o ‘stlo g ‘ i  suv-tuz  alm ashinuvida 
ahamiyati kattaekanligini, hayvonlami po‘stloqsiz!antirish yuqori harorat ta’sirida 
kuzatiladigan suv-tuz almashinuvldagi o‘zgarishlam i kuchaytirishini ko'rsatdi.
M.G. Mirzakarimova hazm tizim a’zolari suv-tuz zaxirasi vazifasini bajarishi va 
yuqori  harorat  sharoitida  organizm  suv  tanqisligini  yengishda  shu  zaxiradan 
foydalanishi mumkinligini isbotladi.
V.A.  Hojimatov  gipotalam o-gipofizar  tizim ning  suv-tuz  alm ashinuvldagi 
ahamiyatini yana bir bor isbotlab, bu almashinuvning endokrin bezlar tom onidan 
boshqarilishidagi yoshga aloqador xususiyatlariga aniqlik kiritdi.
R.A.  Ahmedov  yuqori  haroratda  tana  harorati  tu rg ‘unllgini  saqlash  faqat
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


fizikaviy haroratni boshqarishga (issiqlik yo‘qotishga) emas, balki kimyoviy harorat 
boshqarilishiga (issiqlik hosil qilishga) ham bog‘liqIigini isbot qildi.
Т.К.  G ‘ulom ov  regional  (yurak  va  buyrak)  qon  aylanishiga  yuqori  harorat 
sharoitida ichki a'zo larn in g  refleks ta’sirlarini o‘rgangan.
B.Z.  Zaripov  o v q at  hazm   qilish  fiziologiyasi  sohasida  ovqat  moddalarini 
ichaklardan so'rilishi jarayonlarini o‘rgangan.
Respublikamiz  fiziologiyasining tarixi ju d a  qisqa  bo‘lsa-da, shu davr  ichida 
ko'zga ko‘rinarli, samarali yutuqlarga erishildi va bu sohada bir qatoryirik mutaxassis 
olimlaryetishib chiqdilar.
8
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish