O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

H arakat potensiali  vujudga  k e lish in in g   ion  m exanizm i.  Q o ‘z g ‘aluvchan 
membranalarda harakat potensiali vujudga kelishining sababi shuki, membrananing 
ion o ‘tkazuvchanligi o‘zgaradi.
Yuqorida ko‘rib o ‘tganimizdek, harakat potensiali kattaligining ortib borishi va 
m em brana  zaryad  belgisining  o ‘zg arish i,  hujayra  ichiga  natriy   kirishi  bilan 
bogliqligmi birinchi bo‘lib,  1952-yilda A. Xodchkin, B. 
Kats va 
A Xakslilaro‘zlarining 
harakat potensiali kelib chiqishini natriy nazariyasida k o lrsatib berdilar.  Hujayra 
ta ’sirlanganda membrana Na+ ionlari uchun o'tkazuvchanligi K* ionlariga nisbatan 
taxminan 20 baravarortadi. Shu sababli tashqi eritmadan protoplazm aga oladigan 
musbat zaryadli Na+ ionlarining oqim i tashqariga chiqayotgan K*  ionlari oqimiga 
nisbatan ancha ortib ketadi. Buning natijasida, membrana qayta zaryadlanadi: tashqi
17
www.ziyouz.com kutubxonasi


yuzasi ichki yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli bo‘lib qoladi. H ozir aytilgan ionlar 
harakatidagi o‘zgarishIarharakat potensialiningegri chizigMda ko‘tariluvchi larmoq 
s h a k lid a   q a y d   q ilin ad i  (d e p o ly a riz a ts iy a ).  M em brananing  N a +  ionlariga 
o ‘tkazuvchanligi ju d a  qisqa vaqt davom   etadi.  Shundan keyin,  hujayra tiklanish 
jarayoni ro ‘y beradi, natijada membrana Na*ionlarini yanayomon o ‘tkaza boshlaydi, 
aksincha K* ionlarini yaxshiroq o ‘tkaza boshlaydi.
M em brananing N a+ ionlarini  kam roq  o ‘tkazishiga  olib  keladigan jarayonlar 
inaktivatsiya deb ataladi.  Na+  ionlari  aynan  inaktivatsiya tufayli,  Na*  oqimining 
protoplazmaga kîrishi keskin kamayib ketadi, bu holat o ‘z navbatida musbat zaryadli 
K* ionlari oqim ini kuchaytiribyuboradi. Bu ikkijarayonnatijasida membrana yana 
qayta qutblanadi, tashqi yuzasi ichki yuzasiga nisbatan yana musbat zaryadli bo‘lib, 
qoladi.  Bu  o ‘zgarishlar harakat  potensialining  egri  chizig‘iga tushuvchi  tarmoq 
tarzida qayd qilinadi (repolyarizatsiya).
Iz  p o te n s ia lla rin in g   yu zag a  c h iq is h id a   N a * v a   K*  io n la rig a   nisbatan 
m em brananing oz yoki ko‘p o ‘tkazuvchanligi bilan bogMiqdir.  Masalan, harakat 
potensiali tam om  boMgach, birmuncha vaqt boshlang‘ich miqdordan ko‘ra kolproq 
K* ionlarini membrana orqali o ‘tkazib turishi sababli, musbat izli potensiali yuzaga 
keladi. Protoplazmadan chiquvchi K+ ionlar oqimining kuchayishi esa membrananing 
iz giperpolyarizatsiyasiga olib keladi. Harakat potensiali tamom bo  Igach, birmuncha 
vaqt  boshlang‘ich  miqdordan  ham  k o ‘proq  Na+  ionlarini  membrana  orqali  o ‘tib 
turishi sababli manfiy izli potensiali kelib chiqadi, degan taxminlarmavjud.
M olyuska  kalm am ing  gigant  nerv  tolalari  ustida  sun’iy  tuz  eritmalari  bilan 
perfuziya  qilingan  tajribalar  harakat  potensiali  kelib  chiqishi  natriy  nazariyasi 
to‘g ‘riligini  batamom  tasdiqladi.  A ksoplazm a  kaliy  ionlariga  boy  eritma  bilan 
alm ashtirilganda,  tola  membranasi  tin ch lik   potensialini  normal  saqlash  bilan 
chegaralanib qolmay, normal am plitudali yuzm inglab harakat potensiallarini ham 
uzoq vaqt vujudga keltirib turishi aniqlandi.
H ujayra ichidagi eritmada K* ionlari qisman Na* ionlari bilan almashtirilsa va 
hujayra  ichi  va  sirti  o ‘rtasida Na*  ionlarining  konsentratsiyalari  farqi  shu  tariqa 
kamaytirilsa, harakat potensiali kamayadi. Agar hujayra ichidagi K+ ionlari butunlay 
Na* ionlari bilan almashtirilsa, tola harakat potensiali hosil bo‘!ishi imkoniyatidan 
butunlay  m ahrum   b o 'lad i.  Y ana  b o sh q a   tajribalar  ham  yuqoridagi  fikrlarni 
tasdiqlaydi.  A gar  hujayra  tashqarisidagi  eritmadan  Na"  ionlari  konsentratsiyasi 
kam aytirilsa, u holda harakat potensiali yuzaga chiqmaydi, yana analogik holat yuz 
berad i,  h u ja y ra   tashqarisidagi  eritm a g a  natriy  kanallarining  blokatori-TTX  
(tetradotoksin)  eritmasi  perfuziyalansa,  harakat  potensiali  yuzaga  chiqmaydi. 
Yuqoridagi tajribalardan ko‘rinib turibdiki, tinchlik holatida ham, qo  zg alish paytida 
ham potensiallar farqi hujayra m em branasida ro‘y berishigahech shubha qolmaydi. 
M em brana ichi va sirtidagi Na* va K*  ionlari konsentratsiyasining farqi tinchlik va 
harakat potensiallari vujudga keltiradigan harakatlantiruvchi kuch ekanligi ma  lum 
bo'ldi.
T a ’s ir etish qonunlari. Hujayra membranasidan Na* ionlarining o‘tishini amalga 
oshiradigan  har  qanday  ta’sir  q o 'z g ‘aluvchan  to ‘qimani  ta  sirlovchisi  bo  lib
¡8
www.ziyouz.com kutubxonasi


hisoblanadi. Mexanik ta’sirlar(chimchilash, urish, qirqish), elektrtoki, qattiq sovitish 
yoki  isitish,  kislotalar,  ishqorlar,  konsentrlangan tuz eritm alari  va boshqalar har 
qanday qo‘zg‘aluvchan to‘qima uchun ta ’sirlovchi bo‘la oladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hamma ta ’sirlovchilar ichida elektrtoki alohida o ‘rm tutadi, 
chunki, birinchidan uning kuchi, davomiyligi va ortib borish tirikligini oson va aniq 
dozalash  mumkin,  ikkinchidan,  u  tirik  to ‘qimaga  deyarli  ziyon  yetkazmaydi. 
Laboratoriya sharoitida va ba’zi  klinik  tadqiqotlami  o ‘tkazishida turli  shakldagi 
stimullar: to‘g‘ri burchakli, sinusoidal, chiziqli, induksion zarbi va shunga o ‘xshash 
elektr  stimullar  qo‘l!aniladi.  B archa  elektr  stimullaming  to ‘qim aga  ta’sir  etish 
mexanizmi aytarli birxil. Ta’sirlovchi qo ‘zg‘alishni vujudgakeltirilishi uchun uning 
kuchi, davomiyligi va ortib borish tikligi yetarli bo‘lishi kerak. Shu parametrlami 
harbirini ko‘rib chiqamiz.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish