O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

burib teskari oqizuvchi sistema 
prinsipini tatbiq etishadi.
Ikkinchi tartibdagi burama kanalchalarda natriy, kaliy,  ionlari, suv va boshqa 
moddalar hamon  so‘rilaveradi.  Birinchi  tartibdagi  buram a kanalchalar va Genie 
qovuzlog‘i  protsesslarga  qaram a-qarshi  o ‘laroq  ikkinchi  tartibdagi  burama 
kanalchalarda natriy va kaliy ionlarining reabsorbsiyalanadigan miqdori 
(majburiy 
reabsorbsiya)
  doimiy  bo‘lmay  o ‘zgaruvchandir 
(fakultativ  reabsorbsiya).
  Bu 
m iqdor qondagi natriy va kaliy ionlarining miqdoriga b o g iiq  bo‘lib, organizmda 
shu ionlar konsentratsiyasini doim  bir darajada saqlab turuvchi muhim regulyator 
mexanizm hisoblanadi.
Yig'uvchi naylar funksiyasi.
  Buyrak  kanalchalaridan  y ig ‘uvchi  naylarga  bir 
talay suyuq siydik kelib, bu yerda konsentrlanadi va shunday qilib, buyrak jomlariga 
bir kecha-kunduzda  1-1,5  1 siydik o ‘tadi. Yig‘uvchi naylarga keladigan gipotonik 
siydik asosan  suv  so‘rilishi tufayli  konsentrlanadi.
Y ig‘uvchi  naylaming devorlari  suvni  o ‘tkazishi  mumkin; buyrakning m ag'iz 
qavatidagi  to ‘qima  suyuqligining  osmotik  bosimi  yuqori,  yig‘uvchi  naylar  shu 
qavatdan  o ‘tadi,  shunga  ko‘ra  suv  yig'uvchi  naylar  b o ‘shlig‘idan  interstitsial 
suyuqlikka  o ‘tadi;  suv  reabsorbsiyasi  esa  shunga  bog‘liq.
Buyraklarning qon ion tarkibini boshqarishdagi ishtiroki.
  Ionlar gomeostazini 
bir xil  ushlab turishda buyraklarning ahamiyati ju d a  katta.  Buyrak kanalchalarida 
turli ionlar reabsorbsiyasi va sekretsiyasi boshqarilib turadi va ulam ing miqdorini 
bir xil ushlab turadi.
Natriy
  reabsorbsiyasi  buyrak  usti  bezi  p o ‘stloq  m oddasining  aldesteron 
gorm oni  ta ’sirida  nefronning  distal  kanallari  oxiri  va  y ig ‘uvchi  naychalarda 
kuchayadi.  Aldesteron  sekretsiyasi  qon  hajmi  kam ayganda  va  plazmada  natriy 
ionlari miqdori kamayganda kuchayadi. Yurak bo‘lmachalaridan ajralib chiqadigan 
natriyuretik  gorm on  natriy  reabsorbsiyasini  torm ozlab,  uni  chiqib  ketishini
317
www.ziyouz.com kutubxonasi


kuchaytiradi.  Bu  gorm on  ishlab  chiqarilishi,  aylanib  yurgan  qon  miqdori  va 
hujayralararo  b o ‘shliq suyuqligi ortganda kuchayadi.
Aldesteron  gorm oni  nefronning  distal  kanalchalarida  va  yig‘uvchi  naylarda 
kaliy sekretsiyasini kuchaytiradi. Insulin gormoni esa kaliy chiqishini kamaytiradi. 
Qon faol reaksiyasi ishqoriy tomonga siljiganda (alkaloz) siydik bilan kaliy chiqishi 
kuchayadi, kislotali tomonga siljiganda (atsidoz) esa ozayadi.
Qalqonsim on oldi bezi gormoni buyrak kanalchalarida kalsiy reabsorbsiyasini 
tezlashtiradi,  suyaklardan uning ajralishini kuchaytiradi, oqibatda qonni miqdori 
ortadi.
Q alqonsim on  bez  gormoni  tirokaisionin  buyraklar  orqali  kalsiy  chiqishini 
kuchaytirib, uni  suyaklarga o ‘tishini kuchaytiradi va natijada katsiyning miqdori 
qonda kamayadi.  Buyrakning yukstaglomerual kompleksida vitamin  D ning faol 
formasi ishlab chiqarilib, u kalsiy almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.
Aldesteron  gorm oni  qon  plazmasida  xloridlar  almashinuvini  boshqarishida 
ishtirok  etad i.  N atriy   reabsorbsiyasi  kuchayganda  xlor  reabsorbsiyasi  ham 
kuchayadi. X lom ing ajralib chiqishi natriygabog‘liq boMmasligi ham mumkin.
Buyraklarning  kislota-asos  muvozanatini  saqlashdagi  ishtiroki.
  Buyraklar 
moddalar alm ashinuvi natijasida hosil bo‘lgan kislotali mahsulotlarini tashqariga 
chiqarish  orqali  qonda  vadorod  ionlari  muvozanatini  saqlashda  ishtirok  etadi. 
Siydikning PH muhiti ju d a  keng ko‘lamda o ‘zgarishi mumkin. Ayrim hollarda 4,5 
gacha  tushib,  8,0  gacha  ko‘tarilishi  mumkin.  Shu  yo‘l  bilan  qon  plazmasi  faol 
reaksiyasini 7,36 da ushlab turishda ishtirok etadi.
Kanalchalar b o 'sh lig ‘ida natriy bikarbonat bo‘ladi. Kanalchalar hujayralarida 
esa karboangidraza fermenti bo‘Iib, C 0 2 va suvdan ko‘mir kislotasi hosil b o ‘ladi.
S
o
2+ N 20 !   k a rb o a n g id r a z a   H 2C 0 3  H ++ H C O - j  k a rb o n a t  k is lo ta s i 
dissotsiatsiyalanib,  vodorod  (H+)  ioni  va  anion  (HCO"})  hosil  bo‘ladi.  N +ioni 
hujayralardan sekretsiyalanib kanalcha bo‘shlig‘igao‘tadi vabikarbonatdan natriy 
siqib chiqarib yuboriladi, karbonat kislotasi hosil qiladi, so‘ngra suv va karbonat 
a n g id rid ig a   p a r c h a la n a d i.  H u ja y ra   ic h id a   H C O }  a n io n ik   filtra td a n  
reabsorbsiyalangan N a+ bilan birikadi.
Karbonat angidridi membrana orqali konsentratsiyalar farqi  hisobiga hujayra 
ichiga kiradi.  H ujayra ichida moddalar almashinuvi natijasida hosil b o ‘igan CO, 
bilan birgalikda karbonat kislotasini hosil qiladi.
Kanalchalar  b o ‘shlig‘iga  sekretsiya y o ‘li  bilan  birikib,  undan  natriyni  siqib 
chiqarib, bir asosli fosfat (Ma H2Po4) ga aylanadi.
Buyraklarda aminokislotalaming dezaminlanishi natijasida ammiak hosil bolib, 
u kanalcha bo‘shlig‘iga o ‘tadi. Vodorod ionlari ammiak bilan birikadi NH
j
+H+®NH4* 
va ammoniy ion hosil qiladi. Shuyo‘l bilan ammiak zararsizlanib ammiak tuzi shaklida 
siydik bilan chiqarib yuboriladi.
B u y ra k la rn in g  in k re to r faoliyati. Buyraklar qonga fiziologik faol moddalar 
sintezlab chiqaradi.  Bu moddalar boshqa a ’zolarga ta’sir etadi yoki  buyraklarda 
qon aylanishining boshqarish va buyraklar metabalizmida ishtirok etish kabi mahaliiy 
ta ’sir ko‘rsatadi.
318
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yukstaglomerulyar  aparatning  donador hujayralarida  hosil  bo'tuvchi  renin, 
proteolitik  ferment  b o ‘lib,  qon  plazmasidagi  D2-globuIin-angiotenzinogenni 
parchalaydi va angiotenzinogen  I  hosil bo'ladi. Angiotenzin  110 ta aminokislota 
qoldig‘idan iborat peptid. Ferment ta’sirida undan ikkita aminokislota qoldig‘i ajralib 
chiqadi.  Natijada  qon  tom irlarini  toraytiruvchi  angiotenzin  II  hosil  bo‘ladi. 
A ngiotenzin  II  tom irlam i  to ra y tirib ,  arterial  b o sim n i  oshiradi.  Aldesteron 
sekretsiyasini kuchaytiradi, natriy reabsorbsiyasini oshiradi, chanqoq hosil bo‘lib, 
suyuqlik  ichishga ehtiyoj  ortadi.
Angiotenzin  II  aldesteron  va  renin  bilan  birg atik d a  organizmdagi  asosiy 
boshqaruvchi sistemalaridan b in  renin-angiotenzin sistemasini hosil qiladi. Bu tizim 
buyrak qon aylanishini, aylanib yurgan qon hajmini, suv-tuz balansini boshqarishda 
qatnashadi. Agar buyraklami koptokchalarida olib keluvchi arteriolalarida bosim 
ortsa  renin  ishlab  chiqarilishi  kamayadi  va  aksini  N aS l  ning  miqdori  distal 
kanalchalarda ko‘p bo‘!sa renin sekretsiyasi torm ozlanadi.  Donador hujayralarda 
ß-adrenoretseptorlarqo‘zg‘alsa, renin sekretsiyasi kuchayadi, a-adrenoretseptorlar 
qo‘zg‘alsa tormozlanadi. Araxidon kislotasi va PGI -  2  tipidagi prostoglandinlar 
renin sekretsiyasini kuchaytiradi.
Eritropoetin ishlab chiqarilib, suyak ko‘migidaeritropoezni kuchaytiradi. Buyraklar 
qonning fabrinolitik aktivligida ishtirok etadi. Plazminogen aktivatori-urokinoza sintez 
qiladi.  Buyraklar mag‘iz moddasi prostoglandinlar sintezlanadi.  Ular buyraklar va 
umumiy  qon  aylanishini  boshqarishda  qatnashadi.  Siydik  bilan  natriy  chiqishini 
kuchaytirib, kanalchalar hujayralarini ADG ga sezgirligini kamaytiradi.
Buyraklarda  kininlar  sintezlanadi.  Ulardan  brodikinin  qon  tomirini  kuchli 
kengaytirib, buyraklarda qon oqishini va natriy ajralishini boshqarib turadi.
B uyraklarning m etabolitik funksiyasi. Buyraklam ing metabolitik funksiyasi 
organizm  ichki  muhiti  metobolitlar miqdorini  bir  xilda  ushlab  turishda  ishtirok 
etishdan iborat. Buyraklar metabolizm natijasida hosil bo'lgan moddalami chiqarib 
yuboribgina  qolm ay,  uning  o 'z id a   m etabolizm   ja ra y o n la rid a   sodir  bo 'lg an  
moddalami ham  chiqarib yuboradi.  Buyraklar kanalchalari  filtrlanib  o‘tgan  past 
molekular og‘irlikka ega bo'lgan peptidlar va denaturatsiyaga uchragan oqsillami 
parchalaydi. Aminokislotalami qonga qaytarib. bu peptidlar va gormonlami qondagi 
miqdorini ushlab turadi.
Buyrak  to ‘qimalari  glukoneogenezda  ishtirok  etadi.  A gar  a ’zo  og‘irligiga 
nisbatan olinsa, buyraklarda bu xususiyat jigarga nisbatan yuqori.  Uzoq vaqt och 
qolganda  qonga  tushayotgan  glukozaning  yarm i  b u yraklarda  hosil  b o ia d i. 
Buyraklar inozitolni oksidlanuvchi katabolizmida ishtirok etuvchi asosiy a’zolardan 
biri  hisoblanadi.  Bu yerda qonga tushgan hujayra  mem branasining asosiy qismi 
bo‘lish  fosfatidilinozitol,  glyukuron  kislota,  triatsiIglitserinlar  va  fosfolipidlar 
sintezlanadi.
Buyraklar yog‘laralmashinuvida ham ishtirok etadi. Erkin yog4 kislotalari uning 
hujayralarida triatsilglitserinlar va fosfolipidlar tarkibiga q o ‘shilib, qonga tushadi.
Buyraklar faoliyatining boshqarilishi

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish