O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

Qizilo'ngach  (sekin  ixtiyorsiz)  davrida
  qizilo'ngachning  peristaltik  harakati 
tufayli ovqat luqmasi me’da tomon siljiydi. Yutinish harakati ta’sirida qizilo‘ngachda 
hosil  b o ‘lgan  peristaltik  harakatning  birlam chi  to 'lq in i  m e’dagacha  boradi. 
Qizilo'ngachning aorta ravog‘i bilan kesishgan sohasida birlamchi to ‘lqin ta’sirida 
ikkilamchi  to'lqin  hosil  bo‘iadi.  Bu to 'lq in   ham  m e’daning  kardial  sohasigacha 
boradi.  M e’daning  kardial  sfinkteri  luqm a  yaqinlashganda  ochiladi  va  ovqat 
m e’daga tushadi.
M e’dadagi hazm. Me’dada oziq m odda kimyoviy va mexanik ishlovdan o'tadi. 
Bundan  tashqari  me’da  «ovqat deposi»  vazifasini  ham  o ‘taydi.  M exanik  ishlov 
me’daning harakati va kimyoviy ishlov uning shirasi tarkibidagi fermentlari ta’sirida 
amalga oshiriladi.
M e’da quyidagi funksiyalami bajaradi: 
shira ajratish, motor (harakat), so ‘rish, 
ekskretor
 (mochevina, siydikkislotasi, kreatinin, og'irm etallartuzlari, yod, dorivor 
moddalami chiqarish), 
gomeostatik
 (PH ni boshqarish), 
gemopoezda ishtirok etishi 
(Kasl ichki omilini ishlab chiqarish).
Me 'darting shira ajratish faoliyati.
  Shira  ajratish  faoliyati  m e’daning shilliq 
qavatidajoylashgan bezlartomonidan am alga oshiriladi. Bunda uch xil bezlar o ‘z 
xususiyatiga ko‘ratafovutqilinadi: 
kardial,fiundal
 (me’daning hususiy bezlari) va 
pilorik
 (m e’dani o ‘n ikki barmoqli  ichakka o ‘tadigan sohasidagi bezlar).  Bezlar- 
bosh,  pariyetal (qoplama),  qo ‘shimcha
  hujayralardan  va 
mukotsitlardan
  iborat. 
Bosh  hujayralar -  pepsinogen,  pariyetal  hujayralar -xlorid  kislota,  q o ‘shimcha 
hujayra va mukotsitlar-mukoid shira ishlab chiqaradi. Fundal sohada har uchchala 
hujayralar mavjud. Shuning uchun ham fundal soha shirasi ferm entlarga boy, ko ‘p 
miqdorda HC1 saqlaydi va me’da hazm ida ahamiyati katta.
M e’da shirasi tarkibi vaxossalari.
  K atta yoshli odamlarda bir sutka davomida 
2-2,51 miqdorda me’da shirasi ajraladi. M e ’da shirasi kislotali muhitga (PH 1,5-1,8) 
ega. Uning tarkibi 99% suv va 1 %  quruq organik va anorganik moddalardan iborat.
M e’da shirasining asosiy organik qism ini erkin va proteinlar bilan bog‘langan 
holda yuruvchi 
xloridkislotalar
 tashkil qiladi. Xlorid kislota quyidagi vazifalam i 
bajaradi:  I) m e’dadagi  oqsillami  denaturatsiya qilish  va bo'ktirish orqali  pepsin 
ta ’sirida parchalanishni osonlashtiradi; 2) pepsinogenni faollashtiradi va pepsinga 
aylantiradi; 3) m e’da shirasi ta’sirq ilish i uchun optimal kislotali muhitni yaratadi; 
4) me’da shirasi antibakterial ta’sirini ta ’minlaydi; 5) oziq moddani m e’dadan o ‘n 
ikki  barmoqli  ichakka  evakuatsiyasi  (o ‘tishini)  m e’yorda  ushlab  turadi;  m e’da 
tomondan ta ’sir qilib pilorik sfinkter ochilishini va o ‘n ikki barmoqli ichak tomondan 
ta’sir qilib uning yopilishini ta’minlaydi; 6 ) pankreatik shira ajralishini kuchaytiradi.
M e’da shirasining tarkibiga quyidagi anorganik moddalar ham kiradi: xloridlar, 
bikarbonatlar, suliàtlar, fosfatlar, natriy, kaliy, kalsiy, magniy va boshqalar. Shiraning 
organik  tarkibiga  proteolitik  ferm entlar  kiradi,  ulaming  ichida  asosiy  vazifani 
bajaruvchi ferment 
pepsindir.
 Pepsinlar nofaol (sust) 
pepsinogen
 holatida ajraladi
281
www.ziyouz.com kutubxonasi


va xlorid kislota ta ’sirida faollashadi.  PH   1,5-2,0 boMganda ulam ing proteolitik 
faolligi  optim al  boMadi,  oqsillam i  album oz  va  pentonlargacha  parchalaydilar. 
Gastriksin
  PH  3 ,2 -3 ,5ga teng  boMganda  oqsillami  gidrolizga  uchratadi. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish