O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

pnevmatoksik  markaz  m iqtasi 
aniqlangan. Bu markazniyemirish nafas olish va chiqarish jarayonini uzayishiga, 
ta ’sirlash esa nafas sikllarini aw algidek sodir b o ‘ lishiga olib keladi.
Varoliyev  k o 'p rig i  markaziari  adashgan  nervni  ikki  tomonlama kesish  bilan 
birgalikda  shikastlansa,  hayvonlarda  nafasni  nafas  olish  bosqichida  to‘xtashiga 
olib keladi yoki bu inspirator 
apneyzis
 deb ataladi.  Inspirator apneyzis kam, qisqa 
vaqtli va tez takrorlanuvchi nafas chiqarish bilan alm ashib turadi.
Uzunchoq miyadagi nafas markazining neyronlariga ritmik 
avtomatiya
 xos. N afas 
m arkaziga  kelu v ch i  afferent  im pulslar  t o ‘x ta tib   q o ‘yilgandan  keyin  h a m  
biopotensiallaming ritmik o'zgarishlari ro‘y berishi ulam i elektr asboblar bilan qayd 
qilish mumkinligi nafas markazida avtomatiya borligini ko‘rsatadi.
Nafas  markazining  o ‘zidagi  modda  alm ashinuv jarayonlari  va  uni  karbonat 
angidridga  nisbatan  yuksak  sezgirligi  nafas  m arkazining  avtomatik  ravishda 
qo‘zg‘alishiga sabab bo‘Iadi. 0 ‘pka retseptorlari, tom irlam ing refleksogen sohalari, 
nafas muskullari,  skelet  muskullarining retseptorlari.  shuningdek,  markaziy  nerv 
sistemasining yuqoriroqdagi  qismlaridan  keladigan  impulslari,  nihoyat  gum oral 
ta ’sirlar nafas markazining avtomatiyasini boshqarib turadi.
259
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nafas markazining avtomatiyasi yurak muskullari avtomatiyasidan farq qiladi. 
Birinchidan,  nafas  m arkazi  boshqa  m arkazlar  b ilan  aloqada  boMishi  shart. 
Ikkinchidan, bu m arkazga retseptorlardan, ayniqsa xemoretseptorlardan  afferent
impulslar kelib turishi kerak.
Nafasning reflektor boshqarilishi.
  Nafas markazi neyronlari nafas yo‘li, o ‘pka 
alveolasi  va  q o n -to m ir  refleksogen  sohalaridagi  m exanoretseptoriar  bilan 
bogManganligi  tufayli  reflektor  boshqarilish  amalga oshiriladi.  Odam  o'pkasida 
quyidagi m exanoretseptoriar mavjud:  I. 
Irritant
 yoki  nafas yo*li shilliq qavatida 
joylashgan tez moslashuvchi retseptorlar; 2. O 'pka 
cho ‘zilganda qo 'zg ‘aladigan 
retseptorlar; 3. J
-retseptorlar.
Irritant  retseptorlar
  nafas  yoMlarining  epitelial  va  subepitelial  qavatlarida 
joylashadi va bir vaqtning o ‘zida ham mexano-, ham xemoretseptor vazifasini o‘taydi. 
Irritant retseptorlarining qo‘zg‘alish bo‘sag‘as¡ cho'zilish retseptorlariga nisbatan 
yuqoriroq. O lpka hajmi o'zgarganda irritant retseptorlarda qisqa muddatli impulslar 
p a y d o   b o 'l a d i .  S h u n in g   uchun  ham   bu  r e ts e p to r   te z   m o slash u v ch i 
mexanoretseptoriar nomtni oigan. Shuningdek, irritant retseptorlar nafas yo‘ lidagi 
chang, har xil moddalar bug‘i (ammaik, efir, tamaki tutuni) hamda nafas yoMi devorida 
hosil b o lu v ch i biologik faol modda -  gistamin bilan ham ta ’sirlanadi.
Irritant retseptorlami qitiqlasho'pkaningcho'ziluvchanligini kamaytiradi. Har 
xil kasalliklarda (bronxial astma, o'pka shishi, inermotoraks, kichik qon aylanish 
doirasida qonning dim lanib qolishi)  irritant retseptorlar kuchli qo  zg aladilar va 
natijada xansirash yuzaga keladi.
Traxeyadagi irritant retseptorlarining qitiqlanishi yo‘talga sabab bo‘ladi.
O 'pka cho ‘zilishinisezuvchi retseptorlar.
  Bu retseptorlar o'pka hajmi ortganda 
qo‘zg‘aladi. Nafas olganda bu retseptorlardan borayotgan impulslar ortadi va nafas 
c h iq a rg a n d a   e s a   k a m a y a d i.  Bu  re ts e p to r  s e k ín   m o sla sh u v i  va  h a r  xil 
qo‘zg‘aluvchanl¡kka ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
J-retseptorlar.
  Bu retseptorlar kichik qon aylanish doirasi kapillarlari yaqinida 
alveolaning interstitsial to ‘qim asida joylashgan.
Ular kichik qon aylanish doirasiga yuborilgan biologik faol moddalarga (M ., 
fenilgidiguanid) ta ’sirida q o ‘zg‘aladilar. Bu retseptorlam ing asosiy ta’sirlovchisi 
o ‘pka  to ‘qimasi  ¡nterstitsial  suyuqligining  ortishidir.  J-retseptorlarning  turg  un 
qo‘zg‘alishi pnevmoniya, o'p k a  shishi, o'pkaningm ayda qon-tomirlari emboliyasi, 
kichik qon aylanishida dimlanish kabi hollardakuzatiladi.
J -re ts e p to rla r¡  q itiq la n g a n d a   tez   va  yu zak i  n a fa s  olish  va  re fle k to r
bronxoqonstruksiya kuzatiladi.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish