Anbar otin Farmonqul qizi (1870-Qo`qon-1906
)-o`zbek demokrat shoirasi.
Kambag`al kosib oilasida tug`ilgan. Otasi Farmonqul asli marg`ilonlik bo`lib, shoira
Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi qo`qonlik bir kosibning qizi bo`lgan. Anbar Otin yetti
yoshidan o`z mahallasidagi Dilshod otinning maktabida ta`lim oladi. Dilshod otin o`z
davrining bilimdon, shoirtabiat, dono ayollaridan bo`lib, «Barno» taxallusi bilan she`rlar ham
yozgan. U Anbarning she`riyatga qiziqishini ko`rib, uni mumtoz adabiyot namunalari bilan
tanishtirgan. Dastlab kichik she`rlar yoza boshlagan Anbar ijodda ko`proq Uvaysiyga
ergashadi, uning g`azallarini diqqat bilan o`rganadi, muhammaslar bog`laydi. Ayniqsa
Navoiyni birinchi ustoz hisoblaydi.
Anbar otinning turmush o`rtog`i Zohidxo`ja ham adabiyotga ixlosmand kishi bo`lib,
Muqimiy, Furqat, Zavqiylar anjumanida qatnashgan. Anbar otin ham bu suhbat va
mushoiralarda ishtirok etgan. Uning «Mushoira» nomli risola yozganligi haqida og`zaki
ma`lumotlar uchraydi. Anbar otin xaq go`y va oqilligi bilan mahallaayollari o`rtasida obro`
qozonib, otin, otincha nomini olgan. U boyvachchalarga qarshi hajviy she`rlar yozgan.
Bundan g`azablangan boyvachchalar shoirani bir yig`inda rahmsizlarcha kaltaklab, keyin
baland zinadan itarib yuboradilar. Natijada shoiraning ikki oyog`i sinadi. Shundan so`ng
uning sog`lig`i yomonlashib, o`pka kasaliga duchor bo`ladi. Biroq u umidsizlikka tuchmaydi.
She`r shoiraning butun umri davomidaajralmas do`sti, hamdardi bo`ladi. 1905 yildaAnbar
otin devon tuzib, unga 41 g`azal, 4 muhammas, bir qit`a, bir mustahzod va she`riy tarjimai
holini kiritgan. Anbar otin haqiqatni aytishdan cho`chimaydi. U xalqni jaholatda tutuvchi
reaktsion din ahlini, riyokor shayxlarni qattiq tanqid qiladi:
Tariqcha ilmi yo`q «qozi» kalonman-muftiman» deydur,
Abu Sino, Ulug`bekdin ko`z yumg`onlarg`a o`t tushsun.
Anbar otinning boshqa g`azallarida ham xalqparvarlik, ma`rifatpavarlik, yuksak
insoniylik g`oyalari targ`ib etilgan. U zamonasidagi turmush lavhalarini tasvirlabgina qolmay,
ularga ijtimoiy ta`na ham beradi, mash`um zamonani o`zgartirish xalqning harakatiga bog`liq
degan xulosaga keladi. Anbar otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o`zida
mujassamlashtirgan asari-«Qoralar falsafasi»dir. Asar kirish va to`rt fasl (qism)dan iborat.
Har bir qismda shoira ijtimoiy hayotdagi biror muhim masalaga o`z qarashlarini va
mushohadalarini bildiradi. U kambag`al xalq hayotiga achinadi, zamonasidagi irqiy
kamsitishlarga o`z noroziligini ifoda etadi. Shuningdek ayollar taqdiri haqida gapirib, ularning
jamiyatdagi qonuniy o`rni va xuquqlarini talab qilib chiqadi. Har bir mushohadaning oxirida
bir she`r keltirilib, qissadan hissa chiqariladi. Asarda insoniy fazilatlar ulug`lanadi: «Assar
Janub vasharq xalqlari monandi Arab, Afg`on, Selon, Hind va Kashmir xalqlari qorayuz,
oqko`ngil xaloyiq erurlar. U xaloyiq ham aslzoda, oq tanlar kabi odam, a`zoyi badan, qo`l-
oyoq, til, ko`z vaaql-xush, g`ayrat, quvvat va tafakkurga molikdurlar
Anbar Otin onaning insoniyat oldidagi xizmatlarini sanar ekan, har qanday insonning
onasi har qanday donishmandning enagasidir deydi: «Ona shunday mohir donodurki, Aflotun
vaArastuni, Abu Sino va Ulug`bekni, Jomiyni, Sa`diyni, Firdavsiyni va Hayyomni, Nodira va
Uvaysiyni.. . olamni ko`rishga. . .davru mohir qilibdur». Anabr otin ozod va baxtli hayot
1
O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi.1-jild. 710-711-betlar.
247
kelishiga umid bildiradi, bunga qattiq ishonadi ham. U kelajakka umidvor boqadi, ayollarni
o`z haq-huquqi uchun kurashishga chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |