O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Feruz (1844-1910
) Sayid Muhammad Rahimxon Soniy-Xiva xoni Xorazm xalqining 
adolatparvar va ma`rifatparvar shoiri va farzandidir. 
O`zbek adabiyoti, san`ati va tarixida muhim o`rin tutgan sermahsul ijodkor va 
madaniyat homiysidir. O`z saroyida qirqqa yaqin shoir, sozanda, tarixchi: hattot va 
tarjimonlarni to`plagan.1 Hasan Murod Qori Muhammadamin o`g`li Laffasiy esa «Xiva 
shoirlari vaadabiyotchilarining tarjimai hollari» tazkirasida Feruz saroyida 54 ta shoir faoliyat 
ko`rsatganini yozadi.
2
Feruz o`zidan so`ng «Devoni Feruz», «G’azaliyoti Feruz» majmuasini 
qoldirgan. Shuningdek shoirning she`rlari Ahmadjon Tabibiy, Muhammad Yusuf Xarratov-
Chokar, Komiljon Ismoilov-Devoniy, Bobojon Tarroh Azizov-Xodim va boshqa xodimlar 
tomonidan ko`chirilgan bayozlarda va toshbosma manba`larda uchraydi. Shoir Feruz o`zining 
yozgan g`azallarida Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiy, Komil kabi so`z san`atining ulug` 
namoyondalari an`analarini davom ettirib, ishq-muhabbat mavzusini bosh mezon sifatida 
qabul qiladi. U ishq-muhabbatni madh etish orqali ijtimoiy hayot voqealariga o`z 
munosabatini, dunyo qarashlarini bildiradi, bular: sevgidan zavqlanish, oliyjanob insoniy 
1
Rahim Davlatyor, Matrasul, Shixnazar, Feruz-shoh va shoir qismati 1991, 6-бет.
2
«Yosh leninchi», 1991 yil 23 avgust.


244 
g`urur, jo`shqinlik ruhiy g`alayon, e`tiqod, imon, kamtarlik ilm, kamolotga intilish, odamlarga 
yaxshilik qilishdir. 
Shoir lirik g`azallarining bosh qahramoni Feruzning o`zidir. Bu qahramon o`zida 
oliyjanob fazilatlarini mujassamlashtirgan, jamiyat va xalqni o`ylovchi shahsdir. Bosh 
qahramonning fojeasi shundaki, oliyjanob shoir bilan qo`pol va noinsoniy odatlar, 
tushunchalar, aqidalar o`zaro konfliktlarga kiradilar. 
Ey falak netdim seni, dushmanlig` izhor aylading` 
Notavon ko`nglim tuganmas g`amga duchor aylading` 
debxonish qiladi shoir. 
Xullas Feruz o`zining hayotbahsh she`rlarida oliyjanob insoniy his-tuyg`ularni 
kechinmalarni mahorat bilan qalamga olgan. O`z uyida oddiy eski kiyimda o`tiradigan Feruz 
hayotdagi eng ulug` va mo``tabar insonlardan bo`lgan. Manba`larning guvohlik berishicha 
uning oilasidan chiqqan yigirmadan ortiq kishi turli mansab va vazifalarni egallagandan 
tashqari badiiy ijod bilan ham shug`ullanganlar. Bu ijodkorlar so`z san`atining rango-rang 
turlarida qalam tebratib, qator tarixiy asarlar yaratdilar, hattotlik va tarjimonlik bilan 
shug`ullandilar, badiiy nasr va nazm mulkini boyitdilar. Komyob, Oqil, Sodiq, Murodiy kabi 
yetuk qalam sohiblari ana shular jumlasidandir. Xivalik adabiyot bilimdoni Muhammadali 
Laffasiy qiziq bir dalil to`g`risida fikr yuritadi: «Feruzning nabira, avlodlari she`rga havaskor 
bo`lib, alar ham Feruzga qo`shimcha har hil g`azal, muhammaslarni yozib turadilar». Xodim, 
Chokar, Nodimlar bilan birgalikda Feruz saroyida devon bo`lib ishlagan Komil Devoniy 
Feruzning ustodlari Munis, Kiromiy, Hofiz, Nizomiy, Jomiy, Ravnaq, Fuzuliy, Bedil, Fazliy, 
Lutfiy, Ogahiylar ijodidan bahramand bo`lganligi, o`ziga hamnafas zamondosh shoirlar 
ijodining muhim qirralaridan bahramand bo`lganligini bir she`rida quyidagicha tasvirlaydi: 
Feruzning avlod-ajdodlaridan yigirmadan ziyodi ijodkorlar bo`lganligini yuqorida 
ta`kidladik. Shu munosabat bilan qiziq bir tarixiy voqeani qayd etmoqchimiz. Shoh Feruzning 
inisi Murodiy (asli ismi To`ramurod to`ra 1854 yilda tug`ilgan) ruslar Xivani qamal qilganda 
Otajon To`ra vaAmir to`ralarga qo`shilib mamlakatga o`zlari xon bo`lib, davlatni idora etish 
niyati bilan Kaufman huzuriga borgan va rus generali bu taklifni qabul qilmagan. Qilgan 
ishida tazarru yeb puchaymon bo`lgan Murodiy akasi Feruzdan kechirim so`rab «Devoni 
Murodiy»da quyidagi satrlarni bitadi: 
Qulliqingni qilmadim nodonlik aylab oshkor, 
Kibra targ`ib aylagan shayton ekandur, bilmadim. 
Vasli Jomiydin Murodiydek bo`lib sarhush mudom, 
Mehnatu xijron bilan bejon ekandur, bilmadim. 
Vuslati vasling bila jandonu shod erdim, vale 
Furqat ichra tushkan el nolon ekandur, bilmadim. 
Feruz Xiva xonligida fan va madaniyatni rivojlantirishga katta e`tibor bergan bo`lsada, 
bu Feruz yaqinq-yaqinga qadar etirof etilmas edi.Jumladan, V. Mirzaevni “Avaz O’tar 
kitobida
«XIX asrning o`rtalariga kelib, Xorazm madaniy hayotida alohida taraqqiyot yuz berdi. Ilgari 
vayron bo`lib ketgan binolar qaytadan tiklanadi. Yangidan sug`orish inshootlari, 
karvonsaroylar va 60 ga yaqin masjid, madrasalar barpo etiladi. Xiva xonligi hududida 1847 
yili Xiva shahrida birinchi marta litografiya tashkil etildi. Unda 1880 yilda bosilgan birinchi 
kitob Alisher Navoiyning «Xamsa»si edi»
1
deyiladi. 
«Xorazmda bayozchilikning keng taraqqiy etishi natijasida «Bayozi musaddasot», 
«Bayozi majmuai ash`or», «Bayozi muhammasot» va «Bayozi ash`or» kabi bayozning yangi 
turlari vujudga keladi. Ular ichida Xorazmlik shoirlar tomonidan tuzilgan qo`lyozma bayozlar 
o`zining kompozitsiyasi, she`rlarining g`oyaviy mazmuni, kitobat uslubi hamda savodli 
yozilgan go`zal xati bilan alohida ajralib turadi. Bu ishlarga bevosita Muhammad Rahimxon 
homiylik qiladi. Bayozchilik maktabi ustida tadqiqot ishlari olib borgan M.Hamidovaning 
Feruz faoliyatining bir qator qirralarini ochib berishga harakat qilgan. 
1
V.Mirzayev. “Avaz O’tar”. T., “Fan”, 1961 yil.


245 
Feruz rahbarligi ostida Tabibiyning «Majmuat-ut shuaro», Bayoniyning «Shajarai 
Xorazmshohiy» tazkiralari yaratildiki, natijada biz juda ko`plab ijodkorlar nomlari bilan 
tanishish baxtiga ega bo`ldik. 
Muhammad Rahimxon saxovatli, fuqaroparvar inson edi. Bu fikrimizni quyidagi 
dalillar bilan isbotlashimiz mumkin. Saroy shoirlari orasida Doiy o`zining dovyurakligi, 
betgachoparligi bilan ajralib turgan. U hech gap tortmasdan kishining aybini shartta 
betigaaytar ekan. Yuqori lavozimli a`yonlardan ham hayiqmasdan, ularni bemalol kinoyali 
so`zlar bilan masxara qilar ekan. Bu haqda Laffasiy shunday ma`lumot keltiradi: «Doiy Yusuf 
Xoji nomi bilan mashhur bo`lib, hammavaqtlar Xiva ulamo va sipohilarini mazammat etib 
haqoratlar qilib yurur erdi. Feruz Doiyni yaxshi hurmatlar bilan in`omlar berib turar erdi. 
Muhammad Rahimxon Doiyni shu tariqa sipohi ulamolarni haqoratlar qilibmahammat 
qilg`onini bilib oni Xivadagi masjidi Kalonga voizlik mansabig`a ta`inlaydur». 
Feruz musiqa sohasida ham barakali ijod qildi. Feruz «. . .musiqa ishlariga ham 
havaskor bo`lib doim xizmatidaatoqli go`yandalar tanbur, g`ijjaq bo`lomonlar chertib o`ltirur 
erdilar. 
Feruzning o`zi Shoshmaqomga o`n uchta kuy bastalagan vashunga ko`ra u o`zi yashagan 
davrning bastakori ham edi.
Xulosa shulki, Feruz vatanimiz tarixida faqat insonparvar, adolatparvar va 
ma`rifatparvar hukmdorgina emas, ayni zamonda katta ijodkor g`azalnavis shoir va musiqa 
ijodkori sifatida ham munosib o`ringa egadir. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish