O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Sherali (1842-1844)
xon qilib ko`tariladi, Ibrohim Dodhoh Xo`jandga qochib ketadi. 
Xonlikning taxtiga Sherali o`tirgan bo`lsa-da, lekin amalda barcha davlat ishlarini Mingboshi 
etib tayinlangan qipchoq qabilalarining boshlig`i Musulmonqul olib borardi. Qo`shin ham 
uning ixtiyorida edi. Chunki qo`shin garnizoni asosan qipchoqlardan tuzilgandi. Eng 
mas`uliyatli lavozimlarga qipchoq beklari tayinlangan edilar. Amir Nasurlloxon o`z mavqeini 
tiklash maqsadida 1842 yilda Qo`qonga yana qo`shin tortib keladi va shaharni 40 kun qamal 
qiladi. Biroq Xiva xoni Olloqulixon Buxoroga hujum qilganligi to`g`risida xabar yetib 
kekgach, Nasrulloxon qaytib ketishga majbur bo`ladi. Xo`jand va Toshkent yana Qo`qon 
xonligiga o`tadi. Qo`qon xonligi o`zining Umarxon davridagi chegaralarini tiklashga 
muvaffaq bo`ladi. 
Sheralixon davrida xalqni ezish kuchayadi, buning ustiga qipchoqlar muhim 
lavozimlarni egallab olib o`zbek qirg`iz, tojiklar ustidan o`z hukmronligini o`tkazmoqchi 
bo`ladilar. Shu sabab xonlikningda qipchoqlarga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Buni 
Sheralixon ham tushunadi va Musulmonquldan qutilish yo`lini izlay boshlaydi. Bundan 
xabardor bo`lgan Musulmonqul nayrang ishlatishni rejalashtiradi. U qipchoq boshliqlarini 
maxfiy yig`inga chaqirib, Sheralixon o`rniga yangi xon qo`yishni taklif etadi. Shu bilan bir 
qatorda qipchoqlarga va shaxsan Musulmonqulga qarshi bo`lganlarni ham yo`q qilishni 
rejalashtirishadi. Buni amalga oshirish uchun juda qulay vaziyat mavjud edi.
Soliqlar xaddan tashqari oshib ketishidan norozi bo`lgan o`shliklar qo`zg`olon 
ko`taradilar. Bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo`lgan Musulmonqul Qo`qondagi mavjud 
qo`shin bilan O`shga borib qo`zg`olonni bostirmoqchi bo`ladi. Uning yo`qlik vaqtida Isfara 
hokimi Samarqandga borib mahrum Qo`qon xoni Olimxonning o`g`li Murodxonni Qo`qonga 


131 
olib kelib taxtga o`tkazishlari lozim edi. Yangi xon taxtga o`tirgandan so`ng qipchoqlarga 
qarshi bo`lganlar shubhasiz Murodxonni qo`llab quvvatlashlari lozim edi. Musulmonqul esa 
qo`shinlar bilan kelib Qo`qonni «ozod» qilib, «fitnachi»larni jazolashi lozim edi. 
Rejaga muvofiq Musulmonqul Qo`qon qo`shinlari bilan qo`zg`olonni bostirgani 
O`shga ketadi. Isfara hokimi Sotiboldibek esa Samarqandga jo`naydi. Ammo, 
Musulmonqulning rejasini bilmagan Shaxrixon hokimi o`zining qo`shinlari bilan O`shga 
borib qo`zg`olonni bostiradi. Musulmonqul, bu xabarni olgach, orqaga qaytmaydi va O`shga 
kelib yana ko`plab odamlarni qiradi. Shu payt Murodxon Qo`qonga keladi. Sheralixon 
vaziyatni tushunib Murodxonni o`zi taxtga o`tkazdiradi va uni ko`pshilik oldida tabriklaydi. 
Ko`plab zodagonlar yangi xonni tabriklash uchun salomga keladi. Murodxonning buyrug`i 
bilan kechasi Sheralixon o`ldiriladi. So`ngra Musulmonqul o`z lavozimida qolganligi haqida 
farmon chiqarilib O`shga yuboriladi. Musulmonqul "mamnunlik" bilan farmonni qabul qiladi 
va Qo`qon tomonga qarab salom beradi. Qo`shinlari bilan Namanganga kelib o`zining 12 
yashar qizini Sheralixonning o`g`li Xudoyorga nikox qilib beradi. So`ngra Qo`qonga kelib 
Murodxonni va unga salom bergani kelganlarni fitnachilar sifatida qatl etadi. Shunday qilib 
Musulmonqul Sheralixondan va o`zining raqiblarining ko`pchiligidan qutiladi. Yosh 
Xudoyorni Qo`qon xoni deb e`lon qiladi. Xon yosh bo`lganligi tufayli xonlikningni 
boshqarishni o`z qo`liga oladi. Xonlikningda qipchoqlar hukmronlik davri boshlanadi. 
Qipchoqlarga, ayniqsa Musulmonqulga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Vaziyatni 
yumshatish uchun qipchoqlarning boshliqlari Musulmonqulni mingboshilik lavozimidan 
bo`shatadilar. 
Shu davrda Rossiya qo`shinlari Qo`qon xonligining shimolida joylashgan Oq-Machit 
qal`asini bosib olgan edilar. Musulmonqul rus qo`mondonining rasmiy vakili 
V.V.Velyaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashadi. Musulmonqulning raqiblari 
bundan xabardor bo`lib, u fitna uyushtirishga tayyorgarlik ko`rishda gumonsiralib, ulg`ayib 
qolgan Xudoyorxon bilan kelishilgan holda 1853 yili qipchoqlar qirg`inini uyushtirishadi. 
Natijada 20 ming qipchoq qirib yuboriladi, Musulmonqul dorga osiladi.
Ana shu davrdan e`tiboran Xudoyorxon o`zi mustaqil davlatni boshqara boshladi. 
Uning davrida zulm-zo`ravonliq kuchayadi. Xudoyorxon Qo`qon taxtiga oraliq tanaffus bilan 
uch marta o`tiradi. Birinchi marta 1845 yildan 1858 yilgacha bo`lib, 1853 yilgacha taxtni 
asosan Musulmonqul boshqaradi, Xudoyorxon esa uning qo`lida qo`g`irchoq edi. Biroq 
Xudoyorxon ham Qo`qon taxtida uzoq qolaolmadi. Xalq ommasining noroziligidan 
foydalangan Xudoyorxonning akasi Mallaxon ukasiga qarshi isyon ko`taradi va 1858 yilda 
Qo`qon taxtini egallaydi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ketadi. Mallaxonni qipchoqlar, 
qirg`izlar qo`llab-quvvatladilar va yana hokimiyat tepasiga keladilar. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish