Shohmurod o`tiradi
. Bu hodisa Qo`qon
xonligida va uning tashqarisida ziddiyatli vaziyatning kuchayishiga sabab bo`ladi. Toshkent
hokimi Qanoatshoh Mallaxonning qotili hisoblab Shohmurodga qarshi chiqadi va
Xudoyorxonni taxtga taklif qiladi. Qo`qon xonligining dushmanlaridan biri, Sangzor qal`asini
egallab turgan sobiq O`ratyepa hokimi Abdulg`afforbek Buxoro amirligi nomidan Yom,
Zomin, O`ratepani egallaydi. Bu voqealardan ustalik bilan foydalangan Xudoyorxon tez
oradaamir Muzaffar yordamida deyarlik jangsiz dastlab Xo`jandni, so`ngra Qo`qonni
egallaydi va 1862-1863 yillarda xonlik qiladi. Ammo Farg`ona vodiysining sharqiy
hududlarida o`zining to`la hukmronligini o`rnataolmadi. Mullo Alimqul boshchiligida
qipchoqlar 1863 yilda Xudoyorxon vaamir Muzaffar qo`shinlarini Qo`qonni qoldirib
Buxoroga ketishga majbur qiladilar. 1863 yil iyuldan 1865 yil iyulgacha taxt vorisligini
Mallaxonning o`g`li Sulton Saidxon suradi. Bu davrda hokimiyatni amalda MullaAlimqul
boshqaradi. Buning natijasida Qo`qon xonligida qipchoqlarning ta`sir kuchi tag`in ham ortadi.
Yuqori martabali lavozimlardan o`zbeklar chetlashtirilib, ularning o`rniga qipchoq va
qirg`izlar qo`yiladi.
1865 yilda Toshkent uchun Rossiya qo`shinlari bilan bo`lgan jangda MullaAlimqul
qahramonlarsha halok bo`ladi. Sarkardasiz qolgan Qo`qon qo`shini chekinishga majbur
bo`ladi, bir qismi esa Toshkent shahriga kirib berkinadi. Rus qo`shinlari qattiq janglardan
so`ng Toshkentni bosib olishga erishadi. Amir Muzaffar yordamida Xudoyorxon uchinchi
marta hokimiyat tepasiga keladi va u 1865-1875 yillarda, to ruslar Qo`qon xonligini batamom
bosib olgunga qadar hukmronlik qiladi.
Shunday qilib
«Tarixi jahonnomai»
muallifining yozganlariga ko`ra, Qo`qon
xonligida so`nggi 27 yil mobaynida bo`lgan voqealar amirlar, xonlar, sultonlar, beklar va
hokimlar o`rtasidagi o`zaro mantiqsiz urushlar va kurashlar xalqni xonavayron qiladi,
xonlikningning inqiroz va uzlat uzra yuz tutishiga sabab bo`ldi. Bundan dushmanlar, Rossiya
bosqinchilari foydalandilar va Qo`qon xonligini o`z mustamlakalarigaaylantirib, xalq ommasi
boshi uzra istibdod va zulmni kuchaytiradilar.
Atoqli o`zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o`zining «O`tgan kunlar» romanida Qo`qon
xonligining so`nggi yillaridagi ijtimoiy-siyosiy voqealarini badiiy ravishda quyidagicha
tasvirlaydi:»-Maqsadlari juda ochiq!»-deydi xoji. Bittasi mingboshi bo`lmoqchi, ikkinchisi
Normuhammadning o`rniga minmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o`ziga qaram
qilmoqchi...Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg`iz o`z manfaati shaxsiyati yo`lida, bir-birini
yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuxratparas muttahamlar Turkiston tuprog`idan
yo`qolmay turib, bizning odam bo`lishimizgaaqlim yetmay qoldi...Biz shu holda ketadigan,
bir-birimizning tagimizga suv quyadigan bo`lsak yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni
egallar va biz bo`lsak o`z qo`limiz bilan kelgusimizni rus qo`liga qoldirgan bo`larmiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |