37
bo‘lganda ham
XIV asrning 70-yillar boshlariga
kelib mamlakat siyosiy yaxlitligiga asosan
erishib bo‘lingandi.
Amir Temurning Movaraunnahrdagi birlashtirish siyosati boshlangan edi. U Amudaryo
va Sirdaryo oralig’ida turgan yerlarni o’ziga bo’ysundirib, o’ziga itoat ettirdi. Farg’ona, Shosh
viloyatlarini o’z tasarrufiga kiritish unga qiyin bo’ladi. Sirdaryoning quyi oqimidagi Oltin
O’rdaga qarashli yerlarni egallashda u bu yerlardagi ichki sulolaviy urushlardan foydalandi.
Amir Temur Xorazmni ham qaytadan Movaraunnahrga kiritishga intildi. 1372-yilda
Husayn Sufi Amir Temurga boj to’lamasdan, buning ustiga Sohibqiron tomonidan yuborilgan
elchiga shunday javob berdi: "Men mamlakatni qilich bilan fath etganman, shuning uchun
ham uni faqat qilich bilan olish mumkin". O’sha yili Amir Temur Xorazmga qo’shin tortib
keladi. Urganchga borish uchun Qiyot shahri orqali o’tish kerak edi, bu shahar bir oz qarshilik
ko’rsatgandan keyin Temur qo’shini tomonidan ishg’ol qilinadi. Qiyotning qo’ldan
ketishi
Xusayn Sufiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. U Amir Temur bilan yarashishga, uni talablarini
bajarishga rozi boladi. Lekin ayrim hokimlar Amir Temurning tez baland martabaga
erishishini ko’rolmay Husaynni unga qarshi gij-gijlay boshladilar. Husayn- ularning
yordamiga ishonib Amir Temurga qarshi chiqadi, ammo uning tomonidan tor-mor etiladi.
Shundan so’ng Husayn Urganch qal’asiga berkinadi va tezda vafot etadi. Uning o’rniga akasi
Yusuf So’fi (1372) hokimiyatga keladi va Amir Temur bilan yarash shartnomasi tuzadi. Lekin
u yarash shartlarini xiyonatkorona buzib, Amir Temur qaytib ketgandan keyin Qiyot shahrini
bosib oladi va unga qarshi ochiqdan-ochiq dushmanlik harakatlariga o’tadi. Shundan so’ng
Amir Temur Xorazmga ikkinchi marotaba yurish qilishga majbur bo’ladi. (1373-1374-y.).
Ammo bu harbiy to’qnashuvgacha bormaydi, chunki Yusuf Amir Temurga tavba qilib yarash
shartlarini so’zsiz bajarishga va’da beradi. Bu ikkinchi yurish natijasidan Janubiy Xorazm
Amir Temur davlati tarkibiga kiradi.
1374-yildan keyin Amir Temur Xorazmga uch marotaba yurish qildi. Buning sababi
Oltin O’rda xoni To’xtamishning Xorazmga da’vosi tufayli edi.
1387-1388-yillarda To’xtamish, Amir Temurning Movaraunnahrda yo’qligidan
foydalanib, Xorazmga hujum qildi. Xorazm hokimi bo’lgan Sulaymon So’fini Amir Temurga
qarshi qo’zg’olon ko’tarishga undadi. Sulaymon So’fi bunga rozi bo’ldi.
Bu voqealar Amir
Temurni 1388-yili Xorazmga yana yurishga majbur etdi. Temur Urganchni ishg’ol qildi va
sufiylar sulolasini tugatdi.
Shu vaqtdan buyon Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga, keyin esa Temuriylar davlati
tarkibiga kirgan. Shunday qilib, Yettisuvdagi va Sirdaryo etaklaridagi yerlardan tashqari,
Turkiston yerlarining hammasi Amir Temur qo’liga o’tdi.
Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda "uch yillik" (1386-1388) "besh yillik" (1392-
1396) "etti yillik" (1399-1405) urushlar deb nom olgan. Temur 1381 yilda Hirotga yurish
qiladi. Bu davrda Hirotni kurdlar sulolasi boshqarar edi. Ularning hukmdori G’iyosiddin Pir
Ali Temurga qattiq qarshilik ko’rsatmadi. Lekin 1383 yilda Hirotda qo’zg’olon ko’tarildi.
Qo’zg’olon bostirildi va kurdlar sulolasi qulashi bilan sarbadorlarning so’nggi hokimi bo’lgan
Ali Muayyod Ixtiyoriy suratda o’z yerlari va hokimiyatini Temurga topshirdi. XIV asrning
80-yillar o’rtasiga ketib butun Xuroson Amir Temur ixtiyoriga o’tdi. "Uch yillik" urush
davrida Amir Temur Ozarbayjon, Tabriz,
Mozandaron, G’ilonni bo’ysundiradi. Shundan
keyin u Kavkazga yurish boshlab. Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi. Shunday qulay
payt kelganidan, ya’ni Amir Temurning Erondaligidan foydalangan To’xtamish
Movaraunnahrga Qamariddin etakchiligida qo’shin yubordi.
1388-yil yanvarida Amir Temurning qaytishini kutgan dushman orqaga qayta boshladi.
Amir Temur amirlari Husayn, Shayx Ali Bahodir va boshqalarga dushmanni daf qilishni
topshirdi. Ular Sirdaryo bo’yidagi Sarisuv degan joyda dushmanni quvib yetib unga katta
talofat yetkazdilar. To’xtamish 1388-yil oxirida Amir Temurga qarshi qayta hujum boshladi.
Amir Temur esa urushga tayyorlanish uchun Sagoron (Kattaqo’rg’on)da qarorgohini tikib,
qo’shinlarini jangovar holatga keltirdi. Amir Temur dushmanning orqa tarafidan hujum qilish
uchun Qo’ng’i o’g’lon, Temur Qutlug’ o’g’lon, Shayx Ali Bahodir qo’mondonligidagi
qo’shinlarni yuboradi. Hujum muvaffaqiyatli bo’ldi.
Dushman tor-mor etilib, To’xtamish
zo’rg’a qochib qutuldi.
38
1393-1394-yili Amir Temur Sheki (Ozarbayjonning shimoliy qismi)da turgan paytda
To’xtamish Kavkazorti viloyatlariga hujum qildi. Amir Temur Shekidan chiqib Qura daryosi
bo’ylab yurdi. Oltin O’rdaliklar Amir Temur qo’shinlari kelayotganini eshitib chekinishga
majbur bo’ldilar. 1395-yil aprelida Amir Temur va To’xtamish o’rtasida urush harakatlari
yana boshlanib ketdi. Jangning asosiy qismi o’ng qanotda bo’ldi. Ushbu qanotda mushkul
vaziyat paydo bo’lgan. Amir Temur zahira qo’shin bilan jangga kirdi va dushmanni
chekinishga majbur qildi. To’xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajratdi.
To’xtamish qo’shinining Terek daryosi bo’yida tor-mor etilishi va 1395 yilda Saroy
Berkaning xaroba qilinishi Oltin O’rdaga juda kuchli zarba bo’ldi. Shundan keyin u o’zini
o’nglay olmadi.
Amir Temurning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan
yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush voqealari ko’rsatib turadi. Amir Temur
Ozarbayjonga bir necha marotaba hujum qilib bordi va 1387-yilda uni bo’ysundirishga
muyassar bo’ldi. Armaniston va Gruziyani Amir Temur 1392 yilda bo’ysundiradi. Temurning
uzoq Hindistonga yurishi 1398-yilda tamomlandi.
Sohibqiron Amir Temurning
harbiy mahorati shunda ediki, u o’z dushmanlarini erkin
nafas olishga qo’ymagan. 1400-yilda Amir Temur qo’shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr
sultoni Faraj bilan kurash olib bordilar. 1402-yilda Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan
ikkinchi marta to’qnashdi va uni tor-mor etdi.
Amir Temur o’z qo’shinlari bilan 1404-yilning oxirida Xitoyga qarab yo’lga chiqqandi.
O’sha yili qish O’rta Osiyo tarixida eng qahraton qish bo’lgan. Sirdaryoning suvi 1 metrga
muzlagan, askarlardan ko’pini quloq-burunlarini, qo’l-oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir
Temurning o’zi - ham ko’p o’tmay shamollab qoladi. 1405-yil yanvar oyining o’rtalarida
O’trorda to’xtashga qaror qilishadi va bu erda 18-fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir
Temur vafot etdi.
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar natijasida u buyuk
davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga Movaraunnahr, Xorazm, Kaspiy atrofidagi
viloyatlar, hozirgi Afg’oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq,
janubiy Rossiya, Kavkaz va
G’arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir Temurning muvaffaqiyatiga avvalo
uning nodir harbiy iste’dodi sabab bo’ldi. Amir Temur qo’shinida qat’iy tartib va intizom
o’rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo’l-yo’riqlarni o’zi ishlab
chiqardi. Uning harbiy iste’dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda ayniqsa
yorqin namoyon bo’ldi. Armiyaning yuragini va qo’mondonlik o’zagini barlos urug’i vakillari
tashkil etardi. Shu davr voqealarining shohidi bo’lganlarning guvohlik berishicha barloslar
harbiy qo’nimsizlikka nihoyatda chidamli, yoydan o’q uzishga juda usta, o’z hukmdorlariga
sodiq va sabr-toqatli bo’lganlar.
Mustaqillik sharofati hamda Respublikamizning birinchi Prezidenti I.Karimov
tashabbusi bilan sovetlar davrida unut bo’lgan buyuk Sohibqironning pok nomi qayta tiklandi.
Tarixiy adolat qaror topib, 1996 yili Sohibqironning 660 yillik tavallud
yoshi butun jahonda
keng miqyosda nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: