O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Amir Olimxon islohotlari 
1910-yilda amir Abdulahadxon vafot etganidan so`ng taxtni hukmdorning o`g`li 
Sayid Olimxon 
egalladi. Sayid Olimxon 13 yil davomida Buxoro madrasalaridan birida 
islom ilohiyotshunosligi ilmini o`rgandi. 1893-yili otasi uni Peterburgga o`qishga jo`natdi, 
bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish asoslarini o`rgandi.’Amirlik 
taxtiga o`tirgan Sayid Olimxon Buxoroda davlat asoslari va diniy tizimni o`zgartirish 
taraddudida bo`lmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va amirlikning o`zidagi muxolifatchi 
kuchlar uni chora-tadbirlar ko`rishga va jadidlarning mamlakatni demokratlashtirish va 
jslohotlar o`tkazish to`g`risidagi talablariga yon berishga majbur qildi. 
Buxoro amirligi va Xiva xonligida YOsh buxoroliklar va YOsh xivaliklar harakati 
aslida bu xududlarda vujudga kelgan jadidchilik harakatiga bog‘lanadi. Bu harakat 
Turkistondagi kabi XIX asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan bu hududlardagi kabi 
tarixiy sharoit, undagi jadidchilik harakatiga ham o‘ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. 
Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon hukmronligini cheklash, mavjud tuzum 
sharoitida islohotlar o‘tqazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishni 
maqsad qilib qo‘ygan edilar, keyinchalik xon va amir yakka hukmronligini (cheklash, 
mavjud) har qanday taraqqiyotga to‘siq ekanligini tushunib etdilar. 
Chunki 1917 yilda podshoh Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh 
Xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning ta’qiqlanishi va Rashidxon 
davridagi yosh Xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi: Buxoro amiri Said Olimxonning o‘zi 
qabul qilgan islohatlar o‘tkazishi haqidagi farmonini bekor qilish va 1918-1919 yillarda 
Yosh buxoroliklarning quvg‘inga uchrashi shunga olib keldi. Buxoro va Xorazm halq 
respublikalarida jadidlar birgalikda ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni 
saqlab qolishga intildilar. Biroq sovet rejimi avval, Buxoro va Xorazm davlatlariga chek 
qo‘ygan bo‘lsa, keyinchalik barcha jamiyat namoyondalarini jismonan mahv qildi.
Jadidchilik harakatidan o‘sib chiqqan Yosh buxoroliklar partiyasiga to‘xtaladigan 
bo‘lsak, avvalo amirlik ilg‘or ziyolilarning ijtimoiy-siyosiy qarashlariga 1905 yildagi rus 
inqilobi, 1905-1911 yillardagi Erondagi inqilob va 1908 yildagi Yosh turklar inqiloblari 
katta ta’sir ko‘rsatgan. Mazkur hududlar ilg‘or kuchlarining faoliyati ham amirlik 
ziyolilarning liberal qarashlari va demokratik kayfiyatlari o‘sishiga turtki berdi.
Ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo‘lgan YOsh buxoroliklar partiyasi 1910 
yilda Buxoro jadidlarining so‘l oqimidan tashkil topadi. Taraqqiyparvar ziyolilar, 
savdogarlar va shaharlik quyi qatlam vakillaridan tuzilib, dastlab mavjud amirlik tuzumi 
doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsion monarxiya o‘rnatish orqali 
amirning mutloq hokimiyatini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lgan. Abdurauf Fitrat, Fayzullo 
Xo‘jaev, Sadriddin Ayniy, Abdulvohid Burhonov, Usmon Xo‘jalar Yosh buxoroliklarning 
dastlabki tashkilotchilari edi.
1917 yil fevral va oktyabrda Rossiyada yuz bergan voqealar natijasida, 
Turkiston, Buxoro va Xiva xonligi xududida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu bir 
tomondan, jadidlardek ilg‘or kuchlar faoliyatining siyosiy tus olishiga olib keldi, boshqa 


255 
tomondan bu davlatlar xalqlari uchun ayanchli oqibatlar va fojealarga olib keldi. 
Rossiyada mutlaq hokim – samoderjaviening ag‘darib tashlanganligi haqidagi xabarni 
ayniqsa, Buxoro va Xiva jadidlari katta umid bilan qarshi oldilar. 1917 yil fevral inqilobi 
Yosh buxoroliklar orasida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi. Asta-sekin 
islohatchilik tarafdorlari bo‘lgan jadidlarga Abdulvohid Burxonov va S. Ayniy, islohat 
sohasidagi faol harakatlarni qo‘llovchi, nisbatan oz sonli Yosh buxoroliklarga A. Fitrat va 
F. Xo‘jaev etakchilik qildi. 
Yosh buxoroliklar amir hokimiyatiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish 
maqsadida 150 ta partiya yacheykasi tuzib, har bir yacheykada 12 kishidan iborat kichik-
kichik guruhlar tashkil qilganlar. Faqat Buxoro shahrining o‘zida 50 ta yacheyka paydo 
bo‘ldi. Ular Chorjo‘y, Karki, SHahrisabz va boshqa shahaarlarda ham tuzildi. 
Shu erda ta’kidlash lozimki, Petrograddagi Muvaqqat hukumat rahbarlari orasida 
Buxorodagi islohatlarga nisbatan turlicha qarashlar mavjud bo‘lgan. Masalan, Rossiya 
Tashqi ishlar vaziri P. Milyukov amirlikda islohatlar o‘tkazish tarafdori bo‘lsa, keyinchalik 
bosh vazir bo‘lgan A. Kerenskiy esa Buxoro davlatini Rossiya tarkibiga qo‘shib olishni 
qattiq turib yoqlagan. 
Yosh buxoroliklar murojaatidan so‘ng, rezident Miller amir va qo‘shbegi tomnidan 
e’lon qilinadigan farmon (manifest)ni yana bir bor tahrir qilib, 20 mart kuni Muvaqqat 
hukumatning tashqi ishlar vaziriga yuboradi. “Yosh buxoroliklar”ning qat’iy talablari 
asosida Buxoro amiri Sayyid Olimxon 1917 yil 7 aprelda mamlakatda islohotlar o‘tkazish 
to‘g‘risida farmon e’lon qilinadi. Amir manifestida – nufuzli kishilardan iborat Majlis 
tuzish, davlat xazinasini ta’sis etiish va mamlakat byudjetini belgilash, poytaxtda 
bosmaxona ochish, sanoat va savdoni rivojlantirish, soliqlarni tartibga solish, amaldorlar 
ustidan nazorat o‘rnatish va ularga moyana to‘lash kabilar tilga olingan edi. Demak 
farmonga binoan, buxoro tarixida ilk bor ba’zi demokratik islohatlarni amalga oshirish 
belgilangan.
YOsh buxoroliklarning Fitrat, F. Xo‘jaev, Usmon Xo‘ja boshchiligida so‘l qanoati 
farmon e’lon qilingan kunning ertasiga – 1917 yil 8 aprelida Buxoro shahrida katta 
namoyish uyushtiradi va Registonda miting o‘tkazadi. Biroq Amir Olimxon 
namoyishchilarni kuch bilan tarqatib yuboradi, ularning rahbaralarini zindonga tashlaydi.
Oktyabr inqilobidan so‘ng sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi 
munosabatlar keskinlashib ketdi. Turkiston Respublikasining bolsheviklardan iborat 
rahbariyati Buxoro amirligining mustaqilligini rasman tan olishiga qaramay, amalda uning 
ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi. 1917 yil 2 dekabrda amirlikning rus 
posyolkalari vakillarining 1-Oblast s’ezdida Rossiya va Turkiston hukumatining Buxoro 
ishlari bo‘yicha hay’ati saylanadi. Oradan ko‘p vayt o‘tmay Yosh buxoroliklar partiyasi 
F.Xo‘jaev boshchiligidagi delegatsiyani keskin va qat’iy chora ko‘rish uchun Toshkentga 
jo‘natishadi. 
1917-yil 7-aprelda, boshqozi hukmdor qabulxonasida Rossiya rezidenti ishtirokida 
mamlakatda islohotlar o`tkazishga va’da bergan, arrtmo amirning mavjud tuzum asoslariga 
daxl qilmaydigan va xalqning ahvolini o`nglamaydigan 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish