O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

manifestini 
o`qib eshittirdi. 
Manifestda odil sudlov hamda xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning 
barqaror asoslarini yaratish haqida so`z borgan. Sanoat va savdoni rivojlantirishga e’tibor 
qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etganlik uchun qandaydir 
qo`shimcha muzd olish taqiqlangan holda davlat tomonidan qafiy belgilab qo`yilgan 
maosh ta’sis etildi. 
"Biz tomonimizdan, — deyiladi manifestda, — inchunin, shariat amri bilan 
mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va rag`batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar 
ko`riladi". Amir, shuningdek, o`z xazinasidan alohida bo`lgan davlat xazinasi ta’sis etishga 
va davlat ehtiyojlariga kirimlar va chiqimlar aniq hisoblab boriluvchi budjet belgilashga 
ham va’da bergandi. Manifestda bosmaxona ochish, zindonlardan mahbuslarni ozod qilish 
va’dasi berilgan va hatto davlatda o`zini-o`zi boshqarish haqida so`z yuritilgan edi. Ana 
shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi "tiniq fikrli va oqil" odamlardan "assambleya" 
(majlis) tuzuvchi "niillafni saylash ham mo`ljallangan edi. 
Manifest quruq va’dalarsiz hammabop jumlalar bilan tuzilgan bo`lsa-da, jadidlar 


256 
safiga katta g`ulg`ula soldi. Yoshbuxoroliklar rahnamolari (manifestni amalga oshirish 
maqsadida tuzilgan qo`mita yoshbuxoroliklar qo`mitasi deb atalgan) keyingi harakatlar 
borasidagi fikr-mulohazalarda so`zni bir joyga qo’ya olmadilar. Boshqalar, ancha radikal 
hisoblangan Fayzulla Xo`jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xo`jalar yanada chuqur 
islohotlar talab qilib, zudlik bilan namoyish o`tkazishga da’vat etdilar. 
1917-yil 8-aprelda jadidlar Kerki va Buxoroda namoyishlar o`tkazishdi. Buxoroda 
namoyishga to`plangan 150 kishiga Fayzulla Xo`jayev va Abdurauf Fitrat rahbarlik 
qilishgan. Shiorlarda "Yashasin, Amir!" qatorida "Hurriyat, Adolat, Musawat!" qabilidagi 
boshqa daVatlar ham bor edi. 
Ammo namoyishga chiqqanlar arKkacha yetib kelishganida ularni amir 
namoyishchilarga qarshi yo`llagan 200 piyoda va 300 otliq sarboz kutib olgan. Shu bilan 
birga ark ostonasi islohotlarga qarshi chiqqan ancha uyushqoq mullalar tomonidan egallab 
olingan edi. Mullalar 7 mingdan ziyod bo`lib, ark tevaragidagi maydon ularning 
sallalaridan oqarib ko`rinar edi. Mullalar arkka yaqin kelishga botingan har qanday kishini 
o`ldirishga va’da berdilar. Namoyishchilarga toshlar yog`dirilib, ularni do`pposlay va 
haqoratlay boshladilar. 30 dan ziyod namoyishchi hibsga olindi, ko`plariga tan jarohati 
yetkazildi, qolganlari boshqa shaharlarga qochib qutulishdi. 
Buxorodagi voqealar jadidlar uchun sergaklantiruvchi saboqqa aylandi. Ma’rifatli 
hukmdor sifatida tasawur etilgan Sayid Olimxonga e’tiqod abadiy ko`mib tashlandi. 
Rasmiy islohotlar boshlanmasdan oldin to`xtatildi. 
Bu safar amir hukmronligi saqlab qolindi, biroq uning uzil-kesil tugatilishi ikki yilga 
uzaytirildi, xolos. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish