viloyatlarga
bo‘lingan bo‘lsa,
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlaridan boshlab davlatdagi asosiy ma’muriy
hududlar
beklik
deb atalgan. Manbalarga ko‘ra, bu davrda xonlikda 16ta beklik va 2ta noiblik
mavjud edi. Ular Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Kuhna Urganch, Qo‘shko‘prik, Pitnak, Qiyot,
Shobboz (Shohabboz), Shovot, Toshhovuz, Ambarmanak, Urganch, Xo‘jayli, Shumanay va
Qo‘ng‘irot bekliklari hamda Beshariq va Qiyot-Qo‘ng‘irot noibliklaridir. Ularni xon
tomonidan tayinlangan
beklar
va
noiblar
boshqarganlar. Xiva shahri boshqaruvi xon va bosh
vazir ixtiyorida bo‘lgan. Xonlikning poytaxti turli davrlarda Vazir, Kat, Ko‘hna Urganch,
Xiva shaharlari bo‘lgan.
Muhammadxon Rahimxon I (1806-1825 yy.) xonlikning ma’muriy boshqaruv tizimini
tubdan o‘zgartirdi. Bekliklarning markaziy hokimiyatga bo‘ysunmasligini hisobga olib,
Muhammadxon Rahimxon I xonlik hududida kentlarga ajralishni bekor qildi va manbalarga
ko‘ra, xonlikda avval 15ta hamda keyinroq yana 11ta
hokimlik
tashkil etdi. Bular quyidagilar
edi: Xazorasp, Ostona, Urganch, Kat, Toshhovuz, Qo‘shko‘prik, Oqdarband, Gurlan, Ko‘k
qashqa, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch, Ilonli, Taxta, Xonqa, Shobboz, Manoq, G‘oziobod,
Shayx, Mang‘it, Xo‘jayli, Shumanay, To‘rchi, Oqtepa, Qorag‘on, Xitoy. Hokimliklar o‘z
navbatida
masjid-qavmlarga
bo‘lingan. Manbalar xonlikda jami 1537ta masjid-qavmlar
bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Viloyat hokimlari xon tomonidan, masjid-qavmlarning
qozi va oqsoqollari esa viloyat hokimlari tomonidan tayinlangan.
Shunday qilib, Xiva xonligi ma’muriy jihatdan hozirgi Xorazm viloyati,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalarining bir qismini
o‘z ichiga olgan davlat edi.
Xiva xonligining o‘troq dehqonchilik vohalarida asosan o‘zbeklar yashab, ular
davlatdagi aholining katta ko‘pchiligini tashkil etganlar. Xonlikda shuningdek, turkmanlar,
qozoqlar, qoraqalpoqlar, kam miqdorda tojiklar, yahudiylar, hindlar, eroniylar, ruslar,
armanlar, nemislar ham yashaganlar. Xiva xonligidagi aholining umumiy soni haqida
Mavzu bayoni
166
ma’lumotlar deyarli yo‘q. Arxiv hujjatlari va rus sayyohlarining ma’lumotlari bu masalaga
qisman aniqlik kiritadi. Xususan, XIX asrning birinchi choragiga oid ma’lumotlarda xonlik
aholisi 300 ming, shu asrning 40-yillariga oid ma’lumotlarda 300 mingga yaqin, so‘nggi
choragiga oid manbalarda 700 mingga yaqin deb berilsa, arxiv manbalarini chuqur o‘rgangan
olim M. Yo‘ldoshev XIX asr o‘rtalarida xonlikda 800 mingga yaqin odam istoqomat
qilganligi qilganligi haqida ma’lumot beradi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib xonlikda shahar hayotining rivojlanishi natijasida shahar
aholisining soni ko‘payib bordi. Xiva, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna
Urganch kabi shaharlarda rus sayyohlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2 mingdan 5 minggacha
xonadon yashagan. Xonlik poytaxti Xiva shahrida 21 mingdan ortiq aholi yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |