143
bo‘lishni ta’minlagan. Xonlikda XVIII asrga qadar yerlarni sug‘orish uchun soylar va
jilg‘alarning suvlaridan ham unumli foydalanilgan.
Xonlikdagi taxt uchun o‘zaro kurashlar hamda siyosiy tarqoqlik davom etayotgan
bo‘lishiga qaramay XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab ayrim tumanlarning sug‘orish
tarmoqlari ta’mirlangan va yangilari qazilgan. Chunki, xonlikda
ip va gazlama ishlab
chiqarish hajmining ortib borishi, bu mahsulotlarni Rossiya va u orqali Sharqiy Yevropa
mamlakatlari bozorlarida ko‘plab sotila boshlashi, ularga bo‘lgan talabning tobora kuchayib
borishi sug‘orma dehqonchilik yerlarini kengaytirish hamda yangi yerlarni o‘zlashtirishni
taqozo qilar edi.
Shuning uchun ham XIX asr Qo‘qon xonligida, xususan, Farg‘ona
vodiysining
sug‘orilishi tarixida yangi davrni boshlab berdiki, aynan shu davrdan boshlab, vodiyda yirik
sug‘orish inshootlari, ariqlar, kanallar, to‘g‘onlar qurila boshlangan. Masalan,
Sirdaryoning
asosiy irmoqlaridan bo‘lgan Norin va Qoradaryolardan suv oladigan Shahrixonsoy kanali,
Namangan Yangi arig‘i, Chinobod arig‘i, Ulug‘nahr, Andijonsoy kanali, Oltiariq, Mutagan
arig‘i va boshqa sug‘orish tarmoqlarining ko‘payishi, sug‘oriladigan
dalalarning sezilarli
darajada kengayishi hamda dehqonchilik va bog‘dorchilikning rivojlanishiga olib kelgan.
Qo‘qon xonligida sug‘orish inshootlarini barpo etishning ma’lum tartib – qoidalari
mavjud bo‘lgan. Chunonchi, sug‘orish tarmoqlari va ularni barpo etish ishlari ikki guruhga
ajratilgan. Birinchi guruhga hajm jihatdan kichik sug‘orish inshootlaridan
foydalanuvchi
qishloq aholisi ishtirok etgan. Ularga mahalliy mutasaddi kishilar, mirobboshilar boshchilik
qilgan. Ikkinchi guruh sug‘orish inshootlariga hajm jihatdan katta va yirik kanallar kiritilib,
ularni bunyod qilish ishlariga xonlikning turli viloyatlaridan qazuvchi –
hasharchilar jalb
etilgan. Bunday inshootlar qurilishiga bevosita xon yoki joylardan uning vakili boshchilik
qilgan.
Xonlikda dehqonchilik ekinlarining aksariyati O‘rta Osiyo xonliklariga xos bo‘lib,
g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish hamda ipakchilik
yaxshi rivojlangan. Donli ekinlardan makkajo‘xori yetishtirish keng tarqalgan bo‘lib, u shahar
va qishloqlarda kambag‘allarning asosiy iste’mol mahsuloti hisoblangan. Shuningdek, XIX
asrga kelib xonlikda paxtachilik sohasiga katta e’tibor berila boshlangan.
Xonlik g‘arbiy qismining tabiiy sharoitida bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish
uchun juda qo‘lay bo‘lgan. Janubi-g‘arbiy Xo‘jand,
Konibodom, Isfara, So‘x, Chimyon,
Rishton hududlari asosan o‘rik yetishtirishga to‘la ixtisoslashgan. Bu davrda butun Farg‘ona
vodiysida tut daraxti keng tarqalib, u tog‘ oldi va qadimgi dehqonchilik vohalaridan
hisoblangan So‘x, Isfara, Namangan, Ashtda ipakchilik uchun qadimdan o‘stirib kelinan.
Xonlikda yer va suv hukmron tabaqalariniki hisoblanib, yerga egalik qilishning to‘rtta
turi mavjud bo‘lib ular quyidagilar edi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: