Xrizoberill – BeA12O4. Uning zumrad kabi yashil turi «aleksandrit» deyiladi. Xrizoberill tarkibi quyidagicha: BeO – 19,8 %, Al2O3 – 80,2 %, aralashma sifatida Fe2O3 – 3,5–6 %, ba’zan TiO2 – 3 %gacha va Cr2O3 – 0,4 % ishtirok etadi.
Aleksandritning zumrad kabi yashil rangi xrom aralashmasiga bog‘liq. Xrizoberill rombik singoniyali bo‘lib, kristallari qalin taxtasimon, ba’zan qisqa va uzun ustunsimon prizmatik bo‘ladi. Xrizoberill odatda sariq rangli, yashilroq, goho rangsiz bo‘ladi. Uning qattiqligi – 8,5; solishtirma og‘irligi 3,8; ulanish tekisligi ba’zi tomonlari bo‘yicha mukammal. U kislotalarda erimaydi, ancha barqaror mineral.
Xrizoberillning mineral uyumlari pegmatitlarda, kontaktmetasomatik jarayonlarda yuzaga keladi. U slanetslar oralarida ham paydo bo‘ladi va zumrad, dala shpatlari bilan birga uchraydi. Xrizoberillning shaffof, go‘zal rangli xillari qimmatbaho bezak tosh sifatida ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |