Shpinel – MgAl2O4. Tarkibida MgO – 28,2, Al2O3 – 71,8 %ni tashkil etadi. Shpinel – kub singoniyali. Odatda jinslar oralarida oktaedrik shakllarda uchratish mumkin. Uning kristallari uncha katta bo‘lmaydi; ba’zan yirik 25 sm.lik donalari uchraydi. Shpinel rangsiz, shaffof; har xil rangli – qizil, pushti, yashil, ko‘k ranglilari mavjud. U shisha kabi yaltiraydi, qattiqligi – 8, solishtirma og‘irligi – 3,8. Kislotalar ta’sir etmaydi.
Shpinellar kontakt-metasomatik jarayonlar mahsuli bo‘lib, granatlar, piroksenlar bilan birga paragenetik uyushmalarda uchraydi. U ba’zan pegmatitlarda yuzaga keladi. Shpinelning mutlaqo shaffof va darzi yo‘q yirik kristallari qimmatbaho bezak toshlar sifatida ishlatib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |